8-MA’RUZA Yig’ish-payvandlash sexi jihozlari va ularda ishni tashkil qilish Reja: 1. Kontaktli payvandlash mashinalarining tasniflanishi. 2. Kontaktli payvandlash mashinalarining parametrlari.
Ko’p elektrodli payvandlash mashinalari.
Relyefli va chokli kontaktli payvandlash mashinalari
Kontaktli payvandlash mashinalarining ishchi qurilmalari.
Yig’ish-payvandlash qurilmasining vazifasi va uning turlari.
1. Kontaktli payvandlash mashinalarining tasniflanishi Payvandlash jihozlarini ratsional tanlash, ko’p jihatdan, yig’ish-payvandlash texnologik jarayonining mukammalligini belgilaydi va uning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Jihozni tanlash uchun mezon sifatida quyidagi ko’rsatkichlar xizmat qiladi: payvandlashning eng ratsional sikli va ma’romini, shuningdek, yuqori samaradorligini ta’minlovchi texnik imkoniyatlar; ikkilamchi konturning minimal o’lchamlari; yuqori xizmat ishonchliligi va nisbatan oddiy xizmat ko’rsatish; berilgan ishlab chiqarish uchun imkon qadar kichik qoplanish muddati.
Kuzovlarni ishlab chiqarishda, asosan, kontaktli payvandlash qo’llaniladi, shuning uchun nuqtali payvandlash mashinalari (nuqtali payvandlash uchun robotlar va ko’p elektrodli mashinalar bilan birgalikda umumiy jihozlarning 70 % ini tashkil qilvchi), relyefli va chokli payvandlash mashinalari asosiy jihozlar hisoblanadi.
Konkret detallar uchun payvandlash jihozi payvandlash usuli, shakli va material markasi, detal o’lchamlari, shakli va qalinligi, payvandlash sifatiga va samaradorlikka talablar va boshqalarga asosan tanlanadi.
Nuqtali, relyefli va chokli payvandlash mashinalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
payvandlash toki impulsi shakliga ko’ra – uzlukli va uzluksiz;
elektrodlar harakat yo’nalishiga ko’ra – ilgarilanma va radial;
siqish mexanizmlari yuritmasiga ko’ra – pnevmatik, gidravlik, mexanik;
birdaniga payvandlanadigan birikmalar soniga ko’ra – bir nuqtali, ko’p nuqtali, relyefli;
payvandlash vaqtida detallarning siljishiga ko’ra – doimiy, o’zgaruvchan;
o’rnatish usuliga ko’ra – statsionar, osma va ko’chma.
Universal payvandlash jihozi katalog bo’yicha tanlanadi, maxsus jihoz esa yig’ma birlik konstruksiyasiga moslab loyihalanadi.
Kontaktli payvandlash mashinalari uchun asosiy texnik talablar – ГОСТ 297-80 «Машины электросварочные контактные» da keltirilgan.
Jihoz tipi va bir qator ma’lumotlarni jihozning bir nechta harf va raqamlardan tarkib topgan shartli belgilanishi bo’yicha aniqlash mumkin.
Belgilanishning birinchi harfi mahsulotni xarakterladi: M – mashina, A – avtomat, П – yarim avtomat, У – qurilma.
Ikkinchi harf payvandlash turini ko’rsatadi: T – nuqtali, P – relyefli, Ш– chokli.
Belgilanishga ba’zan kiruvchi uchinchi harf qo’shimcha ma’lumot beradi: M – ko’p elektrodli, B – ikkilamchi kontur bo’yicha to’g’rilangan tok va h.k.
Belgilanishning raqamli qismidagi dastlabki ikki (ba’zan uch) raqam ikkilamchi tok maksimal kuchining kiloamperlardagi qiymatini ko’rsatadi. Keyingi ikki raqam esa ushbu tipdagi mashinaning konstruktiv shaklini bildiradi.