6. Yig’ish-payvandlashda himoya gazlari muhitida yoyli payvandlash va gazli payvandlashni qo’llash imkoniyatlari
Himoya gazlari muhitida yoyli payvandlash kuzovsozlikda faqatgina kontaktli payvandlashning iloji bo’lmagan yoki u maqsadga muvofiq bo’lmagan sharoitdagina qo’llaniladi. Masalan, tutash (стык) birikmalarni hosil qilishda. Yoyli usulda payvandlanadigan detallar metallining qizishi va erishi payvandlash yoyining yonishi hisobiga yuzaga keladi, bu yoy gaz muhitida tok razryadi ko’rinishida detal va elektrod orasida hosil bo’ladi. Himoya gazi sifatida ko’pincha, karbonat angidridi qo’llaniladi. Payvandlash joyini gaz muhiti yordamida himoya qilish payvand birikma sifatining ortishiga va qizigan metallning havodagi kislorod bilan ta’sirlashuvini kamaytirishga yoki bartaraf etishga xizmat qiladi. Eriyotgan elektrod sifatida turlicha diametrdagi payvandlash simi ishlatiladi va u uzluksiz tarzda payvandlash zonasiga yetkazib beriladi. Himoya gazlari muhitida yoyli payvandlash yupqa listdan tayyorlangan detallarni sifatli biriktirishni ta’minlaydi va qoniqarli samaradorlikka ega bo’ladi.
Gazli payvandlash kislorod bilan yonuvchi gazlar aralashmasining yonishidan hosil bo’luvchi alanga yordamida payvandlanadigan detallarni qizdirishga asoslanadi. Yonuvchi gaz sifatida ko’pincha, atsetilen qo’llaniladi. Gazli payvandlashning asosiy kamchiliklariga kuzov detallarining qiyshayishini (коробление) va past samaradorligini kiritish mumkin. Bugungi kunda ushbu payvandlash turi himoya gazlari muhitida yoyli payvandlash usuli tomonidan kuzovsozlikdan deyarli siqib chiqarilgan.
7-MA’RUZA
Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqish
Reja:
Kuzovni yig’ish-payvandlash jarayonlarini yengillashtirish masalalari.
Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonining tarkibi.
Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini tuzish talablari.
Dostları ilə paylaş: |