6-ma’ruza:GMO va ulardan olinadigan maxsulotlarni biologik xavfsizlikka ta’siri Reja: 1. Genetik modifikatsiya qilingan organizmlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari.
2.Genetik modifikasiya qilingan organizmlardan olingan mahsulotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblari.
3.Tibbiy-biologik, klinika sinovlaridan o‘tkazish uslublari.
Hozirgi vaqtda genetik jihatdan o‘zgartirilgan (modifikatsiyalangan) mikroorganizmlardan (GMM) keng foydalanish bir qator hal etilmagan ilmiy muammolar va paydo bo‘layotgan muammolarni oldini olishga yordam bermoqda.
Lekin, GMMlarni atrof-muhitga kiritish tabiiy ekotizimlarda uzoq vaqt birgalikda yashamaganligi va cheksiz ko‘payish qobilyatiga ega bo‘lganligi mahalliy mikroorganizmlarning ko‘chishiga olib kelishi xavfli bo‘lishi mumkindek ko‘rinadi, bu esa o‘z navbatida ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Biologik xilma-xillikda begona genlarning tabiiy organizmlarga nazoratsiz o‘tkazilishi, ilgari noma’lum bo‘lgan o‘simlik va hayvonlar uchun xavfli xususiyatlarni kodlaydigan genlar bo‘lishi mumkin.
GMM lardan foydalanishni bunday taxmin qilinayotgan salbiy oqibatlarini baholash muammosi hozirgi kuntda GMM lardan amaliy foydalanishning salbiy oqibatlarini ko‘rsatadigan ilmiy tadqiqotlar mavjud emasligi bilan tushuntirish mumkin.
GMM ning kutilayotgan patensial salbiy ta’siri keng qamrovli xavfsizlik tadqiqotlarini talab qiladi. Shuning uchun ishlab chiqarishda genetik modifikatsiyalangan mikroorganizmlar, o‘simliklar yoki hayvonlardan oziq-ovqat va yem-xashak mahsulotlari sifatida ishlatish xavfsizligini har tomonlama o‘rganish zarurligini belgilaydi.
Yevropa biotexnologiya federatsiyasi va Yevropa Ittifoqi (EI) mutaxassislari GMMlarni tavsiflash standartini ishlab chiqdilar, bu ularning xavfsizligini har tomonlama baholash zarurligini belgilab beradi. Bunda standart donor va retsipient organizmlarining umumiy tavsifini, ular orasidagi o‘xshashlik darajasini, retsipient hujayrasiga kirgan genetik material to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shtammning standart mikrobiologik tavsiflarini, taksonomiyasini, GMMni aniqlash usullarini o‘z ichiga oladi. Natijada GMM ko‘pligini, shtammning ko‘payishini, o‘sishini va yashashini cheklovchi omillarni, uning patogen va fiziologik xususiyatlarini, bu xususiyatlarning barqarorligini va boshqalarni kuzatish mumkin bo‘ladi.
Rekombinant DNK molekulalarini o‘z ichiga olgan mikroorganizmlarning xavflilik darajasi to‘g‘risida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lmaganligi va bunday shtammlarni gigiyenik standartlashtirishga aniq uslubiy yondashuvlar yo‘qligi sababli, ishlab chiqarish jarayonida ushbu mikroorganizmlarning havoga chiqarilishi va atrof-muhitga tarqalishi taqiqlanadi.