1-ma’ruza: Kirish. Biotexnologiya va bioinjeneriyada bioxavfsizlik haqida tushuncha. Biotexnologiyaning rivojlanishi va uning yutuqlari Reja



Yüklə 152,75 Kb.
səhifə17/30
tarix07.04.2023
ölçüsü152,75 Kb.
#94331
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
bioxavsizlik

Rasm. 5.2. Sanoat shtammlari xossalarining gigienik tavsiflash sxemasi

Bundan tashqari, mikroorganizmning patogenlik darajasini aniqlashda, ularning issiq qonli hayvonlar uchun zaharli ekzotoksinlarni sintez qilish va atrof-muhitga chiqarish qobilyati (kulturaning toksigenligi), shuningdek hujayra lizisi paytida ajralib chiqariladigan endotoksinlar (kulturaning toksikligi) o‘rganiladi.


Kulturaning toksigenligini aniqlash uchun kultura suyuqligining filtrati shtammni chuqur kiritish orqali tekshiriladi. Sinovlar oq sichqonlarda o‘tkaziladi. Hayvonlarning eksperimental guruhlari qorin bo‘shlig‘iga filtrat bilan, nazorat guruhlari esa mikroorganizmlar yetishtiriladigan ozuqa muhiti steril holda yuboriladi.
Kulturaning toksikligi sichqonlarni qorin bo‘shlig‘iga qizdirish natijasida o‘ldirilgan suspenziya (80°C, 30 min) bilan in’yeksiya qilish orqali aniqlanadi. Har bir hayvonga 105-107 hujayra yoki spora dozasi to‘g‘ri keladi.
Shtammlar va ularning metobolik mahsulotlarining biologik faolligini kompleks toksiko - gigienik baholashda quyidagilar aniqlanadi:
• shtammlarning toksikligi (o‘tkir, surunkali), ya’ni tirik organizmlarga ma’lum miqdorda singdirilganda, ularning intoksikatsiyasi va o‘limiga olib kelishi qobilyati;
• kanserogen xususiyatlar - xatarli o‘smalarning paydo bo‘lishini qo‘zg‘atish qobiliyati;
• mutagen xususiyatlar - somatik va jinsiy hujayralarda mutatsiyalar keltirib chiqarish qobiliyati ;
• teratogen xususiyatlar - embrion yoki homilada strukturaviy o‘zgarishlar yoki nuqsonlarni keltirib chiqarish qobiliyati;
• gonadotoksik xususiyatlar - jinsiy hujayralarning rivojlanishi va funksional qobiliyatini buzish qobiliyati;
• embriotoksik xususiyatlar - embrion yoki homilada har qanday toksik ta’sir ko‘rsatish qobiliyati;
• allergen xususiyatlar - immunologik holatini o‘zgarishi tufayli organlar sezgirligini keltirib chiqarish qobilyati.
Patogen bo‘lmagan mikroorganizmlarning xavflilik ko‘rsatkichlari (yuqumli jarayonlarni qo‘zg‘atmaydigan) ularning toksikligi, toksigenligi, vaqtinchalik mikrotashuvchisi (makroorganizmning ichki organlarida tarqalishi), immunogenligi (immun tizimiga spetsifik ta’sir) va disbiyotik ta’sir (tananing normal mikroflorasiga spetsifik ta’sir) o‘rganiladi.



Yüklə 152,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin