1-ma’ruza: Kirish. Biotexnologiya va bioinjeneriyada bioxavfsizlik haqida tushuncha. Biotexnologiyaning rivojlanishi va uning yutuqlari Reja



Yüklə 152,75 Kb.
səhifə13/30
tarix07.04.2023
ölçüsü152,75 Kb.
#94331
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
bioxavsizlik

Garmonlar. Gormonlar vitaminlar bilan bir qatorda biologik faol organik moddalar jumlasiga kiradi. Gormonlar endokrin bezlar yoki ichki sekretsiya bezlarida ishlanib chiqiladi. Ichki sekretsiya bezlari moslashib ishlaydigan bir butun tizim - endokrin sistemani tashkil qiladi. Uni boshqarib turadigan markaz miyaning ixtisoslashgan chegarali doirasigipotalamus bo‘lib, u markaziy asab tizimidan keladigan signallami qabul qiladi va intigratsiyalashtirdi.
Garmonlar kimyoviy tabiatiga ko‘ra quyidagi sinflarga bo‘linadi.
1. Oqsil - peptid tabiadi gormonlar: folikulastimullovchi gormon (FSG), lyutennirlovchi gormon (LG), tireotrop gormon (TTG), insulin, paratireoid gormon (PTG), kortikotropin (AKTG), glyukagon, kalsitonin, vazopressin, oksitotsin va boshqalar.
2. Aminokislotalaming hosilalari: katexolaminlar, tireoid gormonlar va boshqalar.
3. Steroid birikmalar - buyrak usti bezi steroidlari (kortikosteriodlar), jinsiy gormonlar (androgenlar, estrogenlar, gistonlar va boshqalar).
4. Prostaglandinlar.
Gormonlar to‘qimalariga va hujayralar strukturalariga tanlab ta’sir etadilar. Qator gormonlar a’zo va to‘qimalarga tanlab ta’sir etadilar, masalan, jinsiy gormonlar jinsiy bezlarga, insulin jigar, diafragmaga, tiroksin gipofiz old bo‘lagi hujaralariga va muskullarga, paratgormon buyrak kanalchalariga, suyaklarga ta’sir qiladi.Bu to‘qimalar gormonlar uchun nishon deb ataladi. Nishon to‘qimalarga yetib borgan gormon hujayra metabolizmini idora qilishi uchun avvalo hujayra membranasi orqali uning ichidagi metabolik reaksiyalarni boshqaruvchi mexanizimlarga bog‘lanishi kerak.
Bir guruh gormonlar, asosan, steroidlar, hujayra membranasida tanlanib, uning lipid qavati orqali hujayra ichiga kiradilar va u yerda maxsus molekularga birikadilar. Ikkinchi guruh gormonlar, asosan, oqsil - peptid tabiatiga ega bo‘lganlari - katexolaminlar, hujayra ichiga kirmay plazmatik membranada joylashgan spetsifik retseptor bilan bog‘lanadi. Gormon bilan retseptor bog‘lanishida hosil bo‘lgan kompleks gormon hujayra ichiga kirmasa ham uning oxirgi effektlarini amalga oshirilishini ta’minlaydigan biokimyoviy reaksiyalarni boshlab beradi. Shunday qilib, gormon - retseptor aloqalari gormon ta’sir mexanizmida boshlang‘ich reaksiya, u bir guruh gormonlar uchun plazmatik membrana sathida, boshqalari uchun hujayra ichida joylashgan retseptorlarda amalga oshadi.
Gormonal dorilar orasida peptid va oqsil gormonlari, steroid birikmalari va yog‘ kislotalari hosilalari (prostaglandinlar) guruhi mavjud.
Eng muhimi, kortikosteroidlar, progestogenlar, estrogenlar va androgenlar gormonlari bo‘lib, ular tananing deyarli barcha hayotiy funksiyalarini tartibga solishda ishtirok etadilar va fiziologik ta’sirning keng spektri va selektivligi bilan ajralib turadi.
Steroidlar suvda yomon eriydi, shuning uchun ularni ishlab chiqarishda eruvchanligini oshiradigan usullar qo‘llaniladi (erituvchilar sifatida suvda eriydigan tuzlar va boshqalar).
Allergenlar bo‘lish mumkin: mikrobial, o‘simlik va hayvonlar allergenlariga. Ular patologik jarayonlarga tashxis qo‘yish uchun ishlatiladi, ularning rivojlanishida makroorganizmning sensibilizatsiyasi yotadi. Mahalliy allergenlar o‘lik bakterial hujayralarning suspenziyasi yoki eruvchan metabolik mahsulotlari hisoblanadi. Tozalangan allergenlar suyuq bakterial kulturasi filtratlarining o‘z ichiga olgan cho‘kma va muzlatilgan quritilgan termostabil oqsilli fraktsiyalaridir. Ushbu preparatlarlar ishchi xodimlarga allergen ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Yüklə 152,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin