1-ma’ruza: Kirish. Biotexnologiya va bioinjeneriyada bioxavfsizlik haqida tushuncha. Biotexnologiyaning rivojlanishi va uning yutuqlari Reja


Hujayralar ishlab chiqaradigan tayyor mahsulotlar va biologik ob’yektlarning sanitariya-gigiyenik baholash



Yüklə 152,75 Kb.
səhifə15/30
tarix07.04.2023
ölçüsü152,75 Kb.
#94331
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
bioxavsizlik

5.1. Hujayralar ishlab chiqaradigan tayyor mahsulotlar va biologik ob’yektlarning sanitariya-gigiyenik baholash
Biotexnologik biologik ob’yektdan foydalanish jarayonlari ishlab chiqarish texnologiyasi, ularning sanitariya - gigeyenik jihatdan baholashning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
Biologik ob’yektlarni gigeyenik baholash xususiyati biotexnologik ishlab chiqarishda mikroorganizmlarning nafaqat patogen, balki patogen bo‘lmagan, saprofit shtammlari ham baholanadi.
Biotexnologik jarayonlarda foydalaniladigan yoki foydalanish uchun mo‘ljallangan mikroorganizmlar shtammlari gigienik tartibga solinadi.


5.1.1. Sanoat shtammlarini kompleks baholash
Produtsent shtammlarni o‘rganish ularning mikrobiologik, texnologik, sanitariya, gigeyenik va ekologik xususiyatlari o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishga joriy etish uchun istiqbolli shtammlarni sinovdan o‘tkazish sxemasi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan. 5.1.
Mikrobiologik tadqiqotlarni bosqichida (1-bosqich) shtammning taksonomik o‘rni aniqlanadi, usullari ishlab chiqiladi. Ularni sanoat jarayonida va atrof-muhitda aniqlash usullari ishlab chiqiladi va himoyalanmagan o‘stirish sharoitlarida ustunlik qilish shartlari aniqlanadi.
Shtammning texnologik xususiyatlarini o‘rganish (2-bosqich) uning sanoatda qimmatli xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.
Sanitariya - gigiyena tadqiqotlar davomida (3-bosqich) shtammning patogenligi, uning virulentligi, ish joyi havosi, atmosfera havosi suv omborlardagi tirik va faolsizlangan mikroorganizm hujayralar aerozollari PDK si aniqlanadi. Tadqiqotlar toksiklikning cheklovchi mezonini tanlash va maksimal konsentratsiya chegaralarini beldilash uchun laboratoriya hayvonlari tanasiga o‘rganilayotgan
mikroorganizmning haqiqiy mehnat faoliyati va inson yashash sharoitlariga mos keladigan tarzda kirib boorish nazarda tutadi.
Ekologik va toksikologik tadqiqotlar (4-bosqich) kiradi, ekotizimlarda ishlab chiqaruvchi hujayralarning yashash darajasini aniqlash, ularning ekotizimlar
biotsenoziga ta’sir qiymatini yani maksimal ruxsat etilgan ekologik yukni aniqlashdir.
Mikroorganizmlarni gigeyenik jihatdan tartibga solish - sanoat va atrof-muhit ob’yektlarida tayyor mahsulotlar shakllarini o‘z ichiga olgan mikrobiologik sintez mahsulotlari uchun sanitariya me’yorlari va kimyoviy moddalar uchun sanitariya standartlari asoslash sezilarli darajada farq qiladi.
Kimyoviy moddalar uchun PDK ni aniqlash konsepsiyasi kimyoviy va mikrobial ifloslanish o‘rtasidagi tubdan farq borligi tufayli mikrobial ifloslanish uchun to‘liq qo‘llanilmaydi.
Kimyoviy moddalarning PDK ni aniqlash tamoyillari chegara prinsipiga asoslanadi. Ko‘pgina biologik agentlar uchun chegara tushunchasi mavjud emas. Atrof-muhitda biologik omil mavjudligi xavfini miqdoriy jihatdan baholashda qiyinchiliklar mavjud, chunki bir nechta patogen mikroorganizmning tirik mikrobial hujayralari (masalan, shtammlarni aniqlash bo‘yicha ishlarni bajarishda yoki ular bilan bog‘liq vaksinalar olishda) qanday klinik ko‘rinishga va natijaga ega bo‘lgan kasalliklarni keltirib chiqarish uchun etarli bo‘lishi mumkin.



Yüklə 152,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin