Mavzu boʻyicha asosiy tushuncha va iboralar: oksireduktazalar, trasferazalar, immobilizatsiya, affinli, gel filtiratsiya, gidrolazalar, izomerazalar, ligaza, faollik birligi, alfa-amilaza, betta-amilaza, glyuko-amilaza, pepsin, nordon, neytral va ishqoriy fosfatazalar. Fanning har xil tarmoqlari rivojlanib borishi bilan, inson salomatligi va u oziqlanayotgan mahsulotlar orasida uzviy bogʻliqlik borligi tobora yorqinroq oʻz aksini topib bormoqda. Hozirgi davrga kelib, oziqa mahsulotlari yoki ularning tarkibiga kiruvchi alohida komponentlari koʻplab xastaliklarga sabab boʻlishi aniqlangan.
Oziqa mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan yangi texnologik jarayonlar yoki yangi ishlanmalar sogʻlom, yuqori sifatli oziqa tayyorlash imkoniyatlarini yaratadi. Sogʻlomlik bilan oziqa mahsulotlari orasida mavjud boʻlgan oʻzaro aloqa oziqa tayyorlashning butunlay yangi yoʻnalishi – «Funksional oziqa» tayyorlash va uni ishlab chiqarish uchun turtki boʻldi. Sogʻlom oziqa iste’mol qilish gʻoyasi yangi boʻlmasdan, u oʻtgan asrning 50-yillarida oziqa mahsulotlarini tarkibini qayta koʻrib chiqish zarurligi haqidagi fikrlarning paydo boʻlishiga olib kelgan edi. Oradan koʻp oʻtmay, 1960- yillarda «tabiatga qaytish» degan i shiorlar paydo boʻlgan edi. Shundan keyin oziqa mahsulotlari tarkibiga kiruvchi: - xolesterin, yogʻlar, shakar va tuzlarning miqdorini kamaytirish zarurligi isbotlab berildi. Bu esa oziqa mahsulotlarini kalloriya miqdorini pasayishiga olib kelgan hamda oziqa mahsulotlarini tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlar mana shu koʻrsatmalarga rioya qilishga majbur boʻlgan edilar.
Qishloq xoʻjaligi bilan iste’molchilar orasidagi bogʻliqlik odatda oziq-ovqat sanoati orqali amalga oshiriladi. Oziq-ovqat sanoatining asosiy vazifalaridan biri yuqori sifatli oziqa mahsulotlardan koʻzga yoqimli, xushboʻy hidli va ta’mli mahsulot yetishtirishdan iboratdir. Oziq-ovqat sanoati biotexnologiyasining eng muhim, asosiy vazifasi esa zamonaviy biologiya fanlari hamda biomuhandislik fani erishgan yutuqlarni oziqa mahsulotlarining an’anaviy qayta ishlash jarayonlari bilan birga bogʻlab, yangi, zamon talablariga javob beraoladigan, ekologik toza oziqa yetishtirishdan iboratdir. Bu maqsadga faqatgina oziqa mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarida biologiya va texnologiya fanlarining eng zamonaviy yutuqlarini joriy qilish orqali erishish mumkin xolos. Zamonaviy biotexnologiyani oziq-ovqat sanoatiga aralashishi uni infratuzulmalarini tubdan oʻzgartirib yubormaydi. Bunga asosiy sabab taraqqiyotni hozirgi bosqichida, iste’molchi nuqtai nazaridan oziqa mahsulotlari yetishtirishda koʻproq oziqa mahsulotlarining sifati va kimyoviy tarkibining ilmiy asoslangan koʻrinishiga nisbatan ularni an’anaviy koʻrinishda boʻlishi maqulroq koʻrinadi. Mutaxassislarni baholashlaricha (shu jumladan patentlar ham), yangi oziqa mahsulotlari tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy izlanishlar tayyor mahsulotni tan narxini 2% dan oshmaydi. Koʻpincha mahsulot katta miqdorda ishlab chiqariladi va iste’molchini qiziqishini e’tiborga olgan holda imkoniyat boricha pastroq baholanadi. Biotexnologiyaning zamonaviy usullari oziqa tarkibiga kiruvchi alohida komponentlarni katta hajmda va koʻplab ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.. Kam miqdorda ishlab chiqariladigan, qimmatbaho mahsulotlar sirasiga, yuqori tozalikga ega boʻlgan oqsil moddalar, shakar oʻrnini bosadigan moddalar kiradilar. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni koʻp sonliligidan tashqari, ular muayyan sharoitdagi iste’molchini talablaridan kelib chiqqan holda har xil hajmda ishlab chiqariladi. Ular orasida minglab ishchilarni ish bilan ta’minlaydiganlaridan boshlab atigi 2-3 kishi bilan chegaralanadigan kichik sexlargacha bor. Bu korxonalar har xil texnologik jarayonlardan foydalanadilar. Masalan, mexanik operatsiyalar (maydalash, elash, kesish, ekstraksiya qilish, ezish, aralashtirish, filtrlash va h.k.), biologik jarayonlar, jumladan fermentativ reaksiyalar va mikrobiologik jarayonlar (aerob, anaerob); kimyoviy oʻzgarishlar (gidroliz, sintez va boshqalar); fizik ta’sir (choʻkmaga ajralish, harorat ta’siri, bosim, quyosh nuri bilan ishlov berish). Yaqin kelajakda oziq-ovqat sanoati, oʻsimliklarni hosildorligini oshishi, mikroorganizmlar va hayvonlarni masuldorligini koʻpayishi hisobidan yanada rivojlanib ketadi deb taxmin qilinmoqda. Bu maqsadga erishish uchun har xil usullardan, masalan, seleksiya, mutagenez, hujayra va gen muhandisligi usullaridan foydalaniladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalariga gen muhandisligini kiritish hisobidan anchagina oʻzgarishlarga erishish kutilmoqda. Serhosil, har xil kasalliklarga chidamli boʻlgan, tez rivojlanuvchi transgen mikroorganizmlar, oʻsimliklar va hayvonlardan foydalanish bu tarmoqni rivojlanishiga yangi turtki boʻlishi mumkin. Zamonaviy biotexnologiya oziq-ovqat sanoatini barcha tarmoqlari bilan, (shu jarayonda ishlatiladigan organizmlarni sifatini yaxshilashdan boshlab, oziqa mahsulotlarini sifatini tuzatishgacha) chambarchas bogʻliqdir. Biotexnologiyani achish-bijgʻish jarayonlarida yanada faolroq ishtirok etishi kutilmoqda. Oziqa mahsulotlari (non, pishloq, qatiq, kefir, yogurt), ichimliklar (vino, pivo, konyak, viski, sake, vodka), sabzavotlarni tuzlanganlari (fermentativ yoʻl bilan olinganlari), - koʻpsonli biokimyoviy reaksiyalar oqibatida yengil hazm boʻluvchi, sifatli, yoqimli mazali oziqa mahsulotlariga aylanib boradilar. Buni ustiga zamonaviy biotexnologiyani yangi imkoniyatlarini masalan, mikroorganizmlarni yirik (1000-3000m3) reaktorlarda oʻstirish, membranalar orqali filtrlash, separatsiya qilish (ajratish) hisobga olinganda oziq-ovqat mahsulotlarini yangi, sifatli, hamda ularni koʻp miqdorda ishlab chiqarishda biotexnologiyani roli beqiyos ekanligi yanada yorqin namoyon boʻladi. Oziqa mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida namoyon boʻladigan oʻzgarishlar, oʻz oʻzidan, tabiiy biologik jarayon boʻlib, ular shu mahsulotlar tarkibida boʻlgan fermentlar yordamida amalga oshadilar. Ikkinchi tomondan esa texnologik jarayonlarni jadallashtirish va ularni sifatini yaxshilash maqsadida reaksiya muhitiga tashqaridan qoʻshimcha kerakli ferment preparatlari kiritiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan fermentlar Jarayon Ferment Kraxmal gidrolizi α-amilaza, β-amilaza, glyukoamilaza Fruktoza-glyukoza sharbati ishlab chiqarish Pullulanazalar, ksilozoizomeraza, sellyulaza, ksilanaza. Sut mahsulotlarini qayta ishlash Renin, laktoza, lipaza. Pivo ishlab chiqarish α -amilaza, β - amilaza, poligalakturanaza, pektinliaza, ksilanaza. Nonvoychilik α - amilaza, proteaza, lipoksigenaza, fosfolipaza A, fosfolipaza D. Har bir haridor mahsulot sotib olar ekan, birinchi galda uning o‘z hayoti uchun xavfsiz ekanligiga e’tibor beradi. Ishlab chiqarilgan sanasini tekshirib, xafsala qilsa, tarkibini o‘qib ko‘radi. Anglaganingizdek, mahsulot sotuvining samarali yo‘lga qo‘yilishida sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarining ahamiyati katta. Ayniqsa, eksportyorlar uchun bu juda muhim masalalardan biri. Bu borada ularga XTNTN tizimi yordamga keladi. XTNTN tizimi inglizcha HASSP - Hazard Analysis and Critical Control Points so‘zlaridan olingan bo‘lib, “xatarlarni tahlil qilish va muhim nazorat nuqtalari”, degan ma’noni anglatadi. Bu AQSH milliy aerokosmik agentligi (NASA)ga asoslangan Pilsburi kompaniyasi tomonidan qat’iy ishonch ostida ishlab chiqilgan havfsizlik tizimi bo‘lib, ilk bor amerikalik kosmonavtlar uchun oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan. 1980 yilga kelib esa AQSH Fanlar akademiyasi oziq-ovqat sanoatida sifat menejmenti tizimlarini rivojlantirish uchun ishlatishni taklif qilgan paytda ishlab chiqilgan. XTNTN maxsus dastur bo‘lib, har bir korxonaga induvidual o‘rnatiladi. Unga ishlab chiqarish ob’ektidagi xodimlar, jihozlar va mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar joylanadi. Aytish kerakki, bu tizimdan foydalanish ixtiyoriy. Korxonalar ISO 22000 xalqaro (oziq-ovqat mahsulotlari havfsizlik tizimi) standartini joriy qilib, sertifikatlashtirishi yoki mazkur tizimini yaratib, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan ushbu dastur o‘rnatilgani to‘g‘risida xulosa olishi mumkin. Har yili bu ma’lumotlar yangilanib, yangidan sertifikat olinishi lozim. Mazkur tizimning vazifasi, mahsulot ishlab chiqarish va iste’molchiga etkazib berishning barcha jarayonlarida xatarli nazorat nuqtalariga e’tibor qaratish va oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli bilan bog‘liq barcha mavjud tavakkalchilik turlari hamda maqsadli nazorat yo‘nalish choralarini qo‘llash natijasida yo‘qotishlarning oldini olish yoki ularni aqlan qo‘llash darajasigacha kamaytirishdir. Bugungi kunda ko‘pchilik sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar havfsizligi va sifatini xalqaro talab darajasiga ko‘tarish, raqobatbardoshligini oshirish hamda sifatni boshqarish uchun ISO 9001 va ISO 22 000 xalqaro standartlari joriy qilina boshlandi.Agar mazkur tizim respublikadagi barcha oziq-ovqat sanoat korxonalarida joriy qilinsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi ta’minlanib, sifat jihatidan ham raqobotbardoshligi ortadi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish va iste’molchiga etkazish jarayonlari zanjirida ortiqcha yo‘qotishlar kamayadi, samaradorlik oshadi, mehnat resurslarini oziq-ovqatdan kasallanishi hamda ish vaqtini yo‘qotishiga barham beradi. Natijada esa davlat manfaat ko‘radi. Tizimning ishlab chiqarish jarayonlarini mikrobiologik, biologik, jismoniy, kimyoviy va boshqa ifloslanish xavfidan himoya qilish vazifasi ham bor. Bu orqali oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi sub’ektlar o‘z mahsulotlarini bozorga chiqarish davrida ularning iste’mol bo‘yicha xavfsizligi va savdo belgisi (brendi) himoyasini ta’minlaydi.Bilasiz, korxonalarda asosiy ishni eng so‘nggi modeldagi asbob-uskunalar bajarsa-da, inson qo‘l mehnati ham zarur bo‘ladi.Aytaylik, ish jarayonida yaroqsiz masalliqlarni saralash, tayyor mahsulotni qadoqlash, uni maxsus idishlarga joylashtirish kabi bosqichlarda ishchilar faol qatnashadi. Ana shu jarayonda mazkur tizimning ahamiyati ortadi. Korxona markaziy dasturiga o‘rnatilgan xavfsizlik tizimi sanatariya-epidimolik me’yorlariga rioya qilinishini ham nazorat qiladi.Bundan tashqari, ISO 22 000 “Oziq-ovqat mahsulotlari havfsizlik menejment talablari” xalqaro standarti asosida XTNTN printsipida tuzilgan menejment tizimi korxonalarga nafaqat Evropa Ittifoqi talablariga mos, balki EI va EOII oziq-ovqat bozorida kuchli raqobatga chidash qobiliyatiga ega mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini ham beradi. XTNTN tizimini qadr-qimmati oziq-ovqat ishlab chiqarishni barcha bosqichida davriy nazorat yordamida xatolarni oldini olish va oldindan ko‘ra bilish bilan o‘lchanadi, dedik. Qolaversa, bu iste’molchilar uchun muhim masala hisoblangan xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishini kafolatlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Xavfsizlik deganda qanday tushunchalarga egasiz?
Biologik xavflarga qanday omillar sabab boʻlishi mumkinligini izohlab bering?
Xavfsizlikning asosiy prinsiplariga izoh bering?
Biotexnologiyaning harbiy boʻlmagan xavfsizlik aspektlariga ijobiy ta’sirlardan nimalarni bilasi?