Takrorlash uchun savollar: Xavfsizlikning asosiy prinsiplariga izoh bering?
Biotexnologiyaning harbiy bo’lmagan xavfsizlik aspektlariga ijobiy ta’sirlardan nimalarni bilasi?
Genetik xavf haqida nimalarni bilasiz?
Rivojlangan mamlakatlarda GMO lardan foydalanish va ularni ishlab chiqarish masalalari bo’yicha qanday ma’lumotlarni bilasiz va unga sizning munosabatingiz?
Bioxavfsizlikni ta’minlash uchun nimalarga e’tibor qaratilishi va amalga oshirilishi lozim bo’lgan asosiy ishlarga nimalar kiradi?
13-ma`ruza: Biotexnologiya va biomuxandislikni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarga jahon hamjamiyatlarining qarashlari Reja: 1. Biotexnologiya va biomuhandislikni rivojlantirish bo`yicha jahonda olib borilayotgan ishlar .
2. Biomuhandislikni rivojlantirishda jahon hamjamiyatlarining qarashlari.
3. Gen muhandisligi, GMO va ulardan olinadigan maxsulotlar ustidan davlat nazorati.
Mavzu bo’yicha asosiy tushuncha va iboralar:gen muhandisligi, GMO, genetik modifikasiya, Yashil revolyutsiya, Norman Berlauk.
Ma`ruza mavzusi bayoni Yevropa iqtisodiy hamjamiyatining (YeES) bir qator mamlakatlarida, biotexnologiyaga, ayniqsa, genetik modifikasiya qilingan organizmlar yaratishga nisbatan salbiy qarashlar paydo bo’lgan. Yevroparlament va YeES hukumati genetik modifikasiya qilingan o’simliklarni yaratishni cheklab qo’yish, hatto bunday ishlarni taqiqlab qo’yish bo’yicha maxsus hujjatlar qabul qilganlar.
Shunday bir vaqtda, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bu sohani yanada tezroq rivojlantirish bo’yicha qator hujjatlar qabul qilingan va ularni hayotga tadbiq etish bo’yicha Davlat dasturlari qabul qilinib, unga katta miqdorda mablag’lar ham ajratilgan.
Rossiyada gen muxandislik faoliyatini boshqarish bo’yicha qonun va qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Gen muhandislik ishlariga qarshi turganlar orasida olimlar yo’q. Ularning ko’pchiligi muxbirlar, siyosatchilar va ishbilarmonlardir. Bunday ishlarni zararini ko’rsatib beradigan ilmiy asoslangan fikrlar ham yo’q. Transgen organizmlar muammosiga oid ilmiy asoslangan bashoratlar jamoatchilik tomonidan bu masalaga nisbatan salbiy qarashlar oxirlashib borayotganligiga guvohlik qilmoqda.
Ko’zga ko’ringan biotexnolog mutaxasisslarning fikricha bu masalaga qarshilik qiladigan mamlakatlar iqtisodiy inqirozga uchrashlari aniq, chunki dunyo bo’yicha transgen organizmlardan olinadigan mahsulotlarni miqdori yildan-yilga oshib bormoqda va oshib boraveradi ham, biotexnologiya fani rivojlanmagan mamlakatlar esa bu maxsulotlarni valyutaga sotib olishga majbur bo’lmoqdalar.
Insonlarni va xatto ba’zi-bir mamlakatlarning biotexnologiyaga, ayniqsa, transgen organizmlarga bo’lgan munosabatlari nima uchun qarama-qarshi ekanligini tushuntirib, Nobel mukofoti sovrindori “Yashil revolyusiya” ning mualliflaridan biri, Texas universiteti Xalqaro qishloq xo’jaligi kafedrasi professori Norman Berlauk shunday deydi: “Ba’zi bir mamlakatlarda noto’g’ri axborotga ega bo’lgan, atrof muhitni muhofaza qiladigan kishilar chuqur tushunmasdan turib, fan va texnologiyaga hujum qiladilar. Bunday odamlarning fikricha qishloq xo’jaligida yuqori hosildor texnologiyalar jumladan, genetik modifikasiya qilingan o’simliklardan olinadigan mahsulotlar ularni istyemol qilgan kishilarni go’yoki zaharlar emish. O’z-o’zidan savol tug’iladi, nima uchun ko’pgina bir ko’rinishda “savodxon” bo’lib ko’ringan kishilar fanga nisbatan savodsizlik ko’rsatadilar? Balki, bunday kishilarda fan, ayniqsa tez rivojlanib borayotgan fan texnika yutuqlari oldida qandaydir qo’rquv hissi paydo bo’ladi. Biz bunday boshi berk ko’chadan chiqishimiz lozim. Biz dunyoda tez orada to’planadigan 10-11 milliard odamlarni boqish yo’lini topmog’imiz kerak. Bunday insonlarning ko’pchiligi, balki, shu jumladan, biz bilan yashab turgan kishilarning ko’pchiligi kambag’alchilikdan hayotlarini boshlagandirlar. Bugungi kunda bizning avlodimiz 10 milliard insonni boqishga mo’ljallangan texnologiyani yaratganlar yoki uni yaratishga juda ham yaqin turibdilar. Bugungi kunning eng dolzarb masalasi, yaratilgan texnologiyalardan fermerlar foydalana oladimi yo’qmi degan masala”.
Bu so’zlarni xitob qilgan Norman Berlauk birinchi navbatda oziq-ovqat va qishloq xo’jalik biotexnologiyasini hisobga olgan edi.
Darhaqiqat, bugun insonlarni ko’pchiligi transgen g’o’zadan olingan paxtadan kiyim kiyib, transgen soya, bug’doy, lavlagi va boshqa qator o’simliklardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini (yog’, oqsil, uglevod va h.k.) iste’mol qilsalarda, shu tufayli kasallangan yoki zarar ko’rgan insonlarni misol qilib ko’rsata oladigan, ilmiy asoslangan ko’rsatkichlar yo’q.
Shunday ekan, fan, ayniqsa butun Sayyoramiz insonlari umid bilan qarayotgan biotexnologiya fanini, ayniqsa oziq-ovqat biotexnologiyasini rivojlantirish va uning yutuqlarini hayotga tadbiq etish yo’lida bosh qotirib, xizmat qilishimiz lozim.
Dunyoda nanotexnologiyalarni rivojlanish istiqbollariga e’tibor kuchayib bormoqda. Nanomateriallar haqidagi ilmiy ma’lumotlarni majmuasi, ularni butunlay yangi sinf mahsulotlari ekanligini ko‘rsatdi. Shuning uchun ham, nanomateriallarni xavfsizligini o‘rganish, hamda ularni toksinlik xususiyatini baholash metodologiyasini ishlab chiqish dolzarb muammoga aylangan. Nanotexnologiya sohasida faoliyat olib borayotgan mamlakatlarda, bu sohadagi me’yoriy hujjatlarga talab tobora oshib bormoqda.