4-mavzu. Biologik xavfsizlik va genetik xavf
Reja:
1.Biologik xavfsizlik nazorati.
2.Genetik xavf.
3.O’simlik hujayralariga transformatsiya usullari.
4.Transgenli o’simliklar olish.
Ma`ruza mavzusi bayoni
Tabiiy texnologik va boshqa omillar inson va uni o’rab turgan muhitga doimiy ravishda ta’sir ko’rsatib turadi. Bunday ta’sir foydali yoki zararli bo’lishi mumkin. Fan, jamiyat, davlat, inson va atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan himoya qilishni har tomonlama asoslangan tizimini ishlab chiqishi va undan unumli foydalanmog’i lozim. Inson, jamiyat va davlat borligi hamda ularning faoliyati har qanday ichki va tashqi ta’sirlardan muhofaza qilinmog’i kerak. Har qanday jamiyat va davlatni oldida turgan asosiy vazifalardan biri ana shundan iboratdir. Mana shu umumiy holatlardan inson, jamiyat va davlat xavfsizligining asosiy tushunchasi va undan har bir inson, jamiyat va davlat qiziqishlarini tashqi va ichki xavfdan himoya qilish zarurligining asl ma’nosi kelib chiqadi.
Xavfsizlikning bosh mezoni bu - insondir.
Inson xavfsizligini, uning hayot faoliyati, inson yashab turgan jamiyat xavfsizligini, atrof-muhitni himoya qilmasdan turib, to’laqonli ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirib bo’lmaydi.
Xavfsizlikning asosiy prinsiplaridan biri - inson, jamiyat va davlat o’rtasidagi o’zaro javobgarlikdir.
Xavfsizlikka erishish - bu hayotiy zarur qiziqishlarni ichki va tashqi xavfdan mustahkam muhofaza qilishga qodir bo’lgan tizimni ishga solishdir.
Xavfsizlik - inson, jamiyat, davlat va butun borliqqa tegishli biologik, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy, oziq-ovqat, harbiy va boshqa omillar bo’lishi mumkin.
Xavfsizlikni har xil turlari va ularni biotexnologiyaga ta’sirini T.Ye.Popova tomonidan yaratilgan quyidagi jadvalda ko’rish mumkin (1-jadval).
1-jadval.
Biotexnologiyaning harbiy bo’lmagan xavfsizlik aspektlariga ijobiy ta’siri
Sog’likni
saqlash
|
dori-darmonlar, vaksinalar, diagnostika preparatlari
|
inson reproduksiyasidan foydalanish (sun’iy urug’lantirish), irsiy kasalliklarni oldindan diagnostika qilish va boshqalar
|
gen orqali davolash
|
Ksenotransplantologiya
|
Oziq-ovqat
|
Ozuqa mahsulotlarining sifatini yaxshilash, parhyez va ozuqa preparatlari ishlab chiqish (qandsimon moddalar, aminokislotalar, vitaminlar va h.k.
|
Oziq-ovqat sanoatida (non, pishloq, vino, pivo, ta’m va hid beruvchi moddalar va h.k) foydalanish
|
Qishloq xo’jaligi
|
o’simliklar va hayvonlarni himoya qilish vositalari, biologik o’g’itlar
|
oldindan xususiyatlari belgilangan, transgen o’simliklar va hayvonlar yaratish
|
yem xashak sifatini yaxshilovchi mahsulotlar ishlab chiqarish
|
hayvonlarni sun’iy urchitish va emrionlarni ajratish
|
elita o’simliklarni tezlatib o’stirish, virussiz o’simlik ko’chatlarini yetishtirish
|
qishloq xo’jalik, sanoat va maishiy xizmat chiqindilarini qayta ishlash
|
Ekologiya
|
sekin parchalanadigan, ifloslantiruchi mahsulotlar (neft, pestisidlar, polimerlar va h.k) dan tozalash
|
atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar o’rnini bosadiganlarini (biopestisidlar, plastmassalar va h.k.), tez parchalanuvchi mahsulotlar yaratish
|
har xil sohalarda o’rinbosar (alternativ) texnologiyalar yaratish
|
yopiq zanjirli chiqindisiz texnologiyalar yaratish
|
biologik xilma-xillikni, noyob o’simliklar va hayvonlarni asrash, populyasiyalarini qayta tiklash
|
Tabiiy
resurslarni
qazib olish
muammolari
|
qazilma boyliklardan foydalanish, shuningdek, tashlandiq materiallar va chiqindilar (biometallurgiya, neft quduqlarini tiklash va h.k).
|
bioenergetika (biogaz, texnik spirt, vodorod va h.k.)
|
tabiiy mahsulotlardan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish
|
Genetik modifikasiya qilingan organizmlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni biologik xavfsizlik nuqtai nazaridan baholashni eng asosiy bosqichlaridan biri - ularni sanitariya-gigiyena ekspertizasidan o’tkazishdir.Mamlakatimizda bunday markazlarga hozircha ehtiyoj sezilgani yo’q. Bunga asosiy sabab, yuqorida aytib o’tilgan maqsadlarning yo’qligidir. Rossiyada bu vazifani Rossiya tibbiyot akademiyasiga qarashli Oziq-ovqat instituti bajaradi. Bunday ixtisoslashgan markazlar barcha rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Fransiya, Kanada, Germaniya, Italiya, Xitoy va h.k.) tashkil etilgan bo’lib, ularning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
- birlamchi transgen o’simliklarni kimyoviy tarkibini o’rganish;
- genetik modifikasiya qilingan o’simliklar va ulardan olingan
mahsulotlarning biologik bahosini va organizmda so’rilish xususiyatlarini taqqoslab o’rganish;
- ularni allergik xususiyatlarini va inson immun tizimiga ta’sirini o’rganish;
- ularni zaharliligini, konserogenligini va mutagenligini o’rganish;
- ularning inson va hayvonlarni avlod qoldirish xususiyatlariga ta’sirini o’rganish.
Bundan tashqari, Rossiyada genetik modifikasiya qilingan organizmlarning biologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida, har bir yangi shtamm, tur yoki navlar Rossiya qishloq xo’jalik akademiyasiga qarashli Fitopatologiya institutida va O’simliklarni himoya qilish institutida hamda Rossiya Fanlar Akademiyasiga qarashli Biomuxandislik markazida sinovlardan o’tkaziladi. Bu ilmiy markazlarning asosiy vazifalari:
- o’simlik genomiga kiritilgan DNK ni o’rganish;
- yangi kiritilgan gen boshqa organizmlarga o’tish yoki o’tib
ketmasligini sinovlardan o’tkazish;
- mazkur xususiyatga ega bo’lgan o’simlikni keyingi avlodlarga o’tish o’tmasligini nazorat qilish;
- yangi o’simlikni kasallikka munosabati va tuproq mikroflorasiga ta’sirini o’rganishdan iboratdir.
Genetik modifikasiya qilingan organizmlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, albatta, medisina-biologiya baholash tizimidan o’tkazilishi shart. Buning uchun, eng avvalo maxsus uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqarilishi lozim. Bunday uslubiy ko’rsatmalarda gigiyena ekspertizasidan o’tkazish tartiblari va genetik modifikasiya qilingan organizmlardan olingan mahsulotni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartiblari keltirilgan bo’lishi zarur. Misol uchun, Rossiyada genetik-modifikasiya qilingan organizmlardan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini tibbiy-gigiyenik, tibbiy-biologik, klinika sinovlaridan o’tkazish uslublari yaratilgan bo’lib, mamlakat Sog’liqni Saqlash Vazirligi hamda tegishli adliya va huquq organlari tomonidan tasdiqlangan.
Rekombinat DNK hujayraga utkazishda vektorlardan foydalaniladi. Kuchirilgan genlar doimo ham ishlab ketavermaydi. U hujayra DNK siga kushilib, replikasiya bo`lish yoki mustakil ravishda replikasiyalanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |