Infeksiya bilan aloqador bo‘lgan immun sistemasini pasayib ketish xavfi. XX asrni o‘rtalariga kelib, ishlab-chiqarila boshlagan va juda keng ishlatilgan antibiotiklar ikki muammoni paydo bo‘lishiga olib keldi: a) antibiotiklar ta’siridan zarar ko‘rgan bakteriyalar o‘rnini, ulardan ko‘ra xavfliroq bo‘lgan viruslar egallab olishdi; b) XX asrni oxiriga kelib, insoniyatga keng miqyosda hujumga o‘tib olgan viruslarga har xil sabablarga ko‘ra antibiotiklar ta’siridan tirik qolgan, ularni ta’siriga o‘rganib qolgan bakteriyalarni maxsus antibiotiklarga rezistent bo‘lib qolgan shtammlari kelib qo‘shildi. Bakteriyalarning chidamliligini oshishiga odamlarni o‘zlari yordam qildilar. Chunki, ko‘pchilik insonlar antibiotiklar ishlatish zarur bo‘lmagan holatlarda ham ulardan foydalandilar, foydalanilganda ham noto‘g‘ri foydalanadigan bo‘lib qoldilar. Shu tarzda bir tomondan juda keng miqyosda (butun sayyoramiz bo‘ylab desak ham xato bo‘lmaydi) bakteriyalarni antibiotiklarga bo‘lgan shtammlarini seleksiyasi amalga oshirildi, ikkinchi tomondan esa, odam o‘z organizmini immun himoya tizimini kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi.
Oziq-ovqat katastrofasini sodir bo‘lish belgilari. Biz yashab turgan davrda sayyoramizda 1 mlrd dan ko‘proq odamlar ochlikdan, tabiat, evolyutsiya ularni ovqatlanishga o‘rgatib qo‘ygan mahsulotlarni yetishmasligidan zahmat tortmoqdalar. Agarda, sayyoramizdagi butun botqoqliklarni quritib, bugungi cho‘llarga suv chiqarib, ularni o‘zlashtirib, ekin ekib, hosil ko‘tarib, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanganda ham, yaqin 40-50 yilda bu katastrofa yana insoniyat oldida gavdalanadi.
Onkologik katastrofa. Bu muammo XX asr davomida kam harakatli faoliyat olib borish, kaloriyalik ovqatlanishni strukturasi va rejimi yo‘qligi, doimiy stress holatda hayot kechirish va boshqa ko‘plab sabablar insoniyatga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rishi natijasida paydo bo`ldi. O‘tgan asr davomida onkologik kasalliklar bilan kasallanish 9 marotabaga oshdi va shunday shiddat bilan davom etmoqdaki, biz yashab turgan asrni o‘rtalariga kelib, rak kasalliklari tufayli odamlarni boshiga qirg‘in kelish xavfi borligi bashorat qilinmoqda.