1-Ma’ruza: Kirish. Yangi davrda an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari. XVI-XVIII xitoy, Hindiston, Yaponiya va Koreya. Reja



Yüklə 49,42 Kb.
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü49,42 Kb.
#195465
1   2   3   4   5
1-Ma\'ruza

Akbar va uning islohotlari.
Boburning vorislari ichida engmashhuri Akbar edi. U haqiqiy imperiyaning asoschisi, Hindistontarixida buyuk islohotchi sifatida nom qoldirgan. Boburiylarimperiyasi uning hukmronligi davrida eng yuksak gullab-yashnash-ga erishdi. Akbar otasidan meros qilib urushlar oqibatida xarobbo‘lgan bir nechta yarim mustaqil knyazliklarnigina olgan edi. Uba’zan qurol kuchi bilan, ba’zan esa kelishuvlar yo‘li bilan mam-lakat hududini bir necha marta kengaytirdi, boy viloyatlardanGujorat, Bengaliya, Markaziy Hindiston va Kashmir, shuningdek,Dekan sultonligiga qarashli Berar va Axmatnagor yerlarini o‘z dav-lati tarkibiga qo‘shib oldi. Ilgari doimiy tinchlikni buzuvchilarbo‘lgan mag‘rur va jangovar Rajput rojalarini o‘zining ishonchliittifoqchilariga aylantirdi, ularning eng obro‘lilari bilan quda-andachilikni yo‘lga qo‘ydi, rajputlarning otliq qo‘shini Akbar ar-miyasining asosiga aylandi. Akbar mustahkam, markazlashgan dav-latni va kuchli markaziy hokimiyatni barpo qilish uchun bir qatorislohotlarni amalga oshirdi. Hududiy-ma’muriy islohotlar nati-jasida imperiya aniq boshkaruv, sud va soliq tizimiga ega bo‘lgan,podshoh tayinlaydigan noiblar tomonidan boshqariladigan hududlarga ajratildi. Butun imperiya uchun bir xil uzunlik vaog‘irlik o‘lchov birliklari tizimi, islom va hinduizmning dog-malariga emas, o‘sha davr astronomiya fanining, xususan Ulug‘bekastronomiyasining yutuqlariga asoslangan taqvim joriy qilindi.Soliq islohoti mamlakat iqtisodiyoti uchun favquloddamuhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Natural shaklda olinadigan, odatdahosilining 1/3 gacha yetadigan yer solig‘i pul shakliga o‘tkazildi.1570 yillarning oxirida podshoh bir necha asrlardan beri mavjudbo‘lgan harbiy-len tizimini bekor qilishga, harbiy xizmatlariuchun ajratiladigan yer o‘rniga pul bilan to‘lashni joriy qilishgaharakat qildi. Bunga qarshi turli joylarda isyonlar bo‘lganligisababli islohotni to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Akbar davlat xizmati-dagi feodallar uchun mansablar tizimini joriy qilish bilan che-klandi.Islohotlar ichida Akbarga eng katta shuhrat keltirgani di-niy islohot bo‘ldi. Bu islohotning maqsadi diniy mansubligidanqat’i nazar hukmron guruhlarni jipslashtirishdan iborat edi. Ak-bar o‘z tarafiga mahalliy hind aholisini ham og‘dirishga harakatqildi. Hindiston aholisining to‘rtdan uch qismini hinduizm di-niga sig‘inuvchilar tashkil qilsa-da, Alloh va uning payg‘ambariMuhammadga sig‘ingan barchaning tengligini e’lon qilgan islomdinining ayniqsa past kastalar orasida ta’siri kuchayib borayot-gan edi. Diniy munosabatlar murakkab, ba’zan esa murosasiz bo‘libqolayotgan bo‘lsa-da, islom dini boburiylar imperiyasining davlatdini, aslzodalarning aksariyati sig‘inadigan din edi. Shu sababdanham Akbar diniy murosasozlik siyosatini olib bordi. U mamla-katni boshqarishga musulmonlar bilan birga hindlarni ham jalbqildi, hindlarni har qanday ta’qib qilishlarni to‘xtatdi, musul-mon bo‘lmaganlardan olinadigan soliq – juzyani bekor qildi. Uo‘z mamlakati doirasida to‘liq diniy erkinlikni e’lon qilib, mu-sulmon bo‘lmaganlarning har qanday kamsitilishini bekor qildi.U Hindiston qishloq xo‘jaligining asosi bo‘lgan sug‘orish tizi-mini yaxshi asrash yo‘lida ko‘p ishlar qildi. Bu hind dehqonchiligiuchun katta ahamiyatga ega edi.Akbarning islohotlari musulmon feodallar va diniy mutaas-siblarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular podshohni dinsizlik-da ayblashdilar, xalqni unga qarshi ko‘tarishga harakat qildilar.Norozilar tomonda Akbarning o‘g‘li, taxt vorisi Jahongir ham bor edi. U taxtga kelishi bilan (1605 –1627) otasining ko‘plabislohotlarini yo‘qqa chiqardi.Jahongirning o‘g‘li Shoh Jahon hukmronlik qilgan yillari(1628 –1657) imperiya o‘z qudratining eng cho‘qqisiga yetdi.
8.XVI–XVIII ASRLARDA YAPONIYA
Yaponiya tarqoqlik va fuqarolar urushlari davrida Yangi zamonni Yaponiya, «jangari viloyatlar davri» nomini ol-gan tarqoqlik va fuqaro urushlari davridagi Asikaga syogunati-dan (1467–1568) meros qilib oldi. Bu davr vassallarning syogun-ga qarshi kurashlari bilan ajralib turadi. Asikaga xonadonidanbo‘lgan syogunlar poytaxt Kioto ustidan nazoratni qo‘ldan berdilar,u yerda shaharni mustaqil boshqarishning kuchli tizimi shakllandi.Yetakchilik endi viloyatlardagi hukmdorlarga – knyaz-daymiolargao‘tdi. O‘z knyazliklarida ular xo‘jalik va siyosiy hayot ustidan to‘liqnazorat o‘rnatishga harakat qildilar.Bu davrda knyazlar daromadlarining tarkibi sezilarli o‘zgardi.Agar, masalan, yirik feodal urug‘i Sandyonisilarning daromadiilk o‘rta asrlar davrida (XIII) otameros mulkdan (syozendan) 50 fo-izdan ortiqroqni tashkil etgan bo‘lsa, XVI asr boshlarida 29 fo-izga tushib ketdi. Bu holat knyazlarning hunarmandchilik, tog‘-konishlari va savdoni o‘z hududlarida hamda butun mamlakatda rivoj-lantirishdan manfaatdorligini belgilab berdi. 1549 yilda Omiviloyatidagi (hozirgi Siga prefekturasi) Isidera shahridagi Kan-nodzi budda ibodatxonasida mamlakatda birinchi «erkin bozor»paydo bo‘ldi va unga hunarmandlarni hamda savdogarlarni jalbetish maqsadida bozor solig‘i bekor qilindi. Keyinchalik bundaybozorlar boshqa joylarda ham paydo bo‘ldi.XVI asrda kulolchilik bo‘yicha uchta va spirtli ichimliklar ish-lab chiqaruvchi bitta manufaktura tipidagi korxona yuzaga keldi.Ularning mahsulotlari faqat mahalliy talablarni qondiribginaqolmay, qisman boshqa hududlarga ham tarqatilardi.Xitoy bilan tashqi savdo o‘lpon to‘lash ko‘rinishida amalgaoshirilishiga qaramasdan, katta daromad keltirardi. Uning usti-dan nazorat o‘rnatish maqsadida feodallar o‘rtasida ayovsiz kurashborardi.1543 yili Yaponiya qirg‘oqlarida portugallarning, olti yildanso‘ng esa ispanlarning ham paydo bo‘lishi mamlakatdagi keyin-gi siyosiy va iqtisodiy muhitga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Ularmamlakatga o‘q otar qurollarni olib kirdilar. Yevropaliklar olibkelgan xristianlik dini ham tarqala boshladi. Chet ellik savdogar-lardan o‘q otar qurollar xarid qilish va ichki nizolarda yevropaliklardan madad olishga umid bog‘lagan knyazlar xristianlikni qabulqildilar va o‘z vassallarini ham shunday yo‘l tutishga majbur et-dilar. Katoliklikni targ‘ib qilish, ayniqsa, Kyusyu orolida kengtarqaldi va bu yerda xristianlik maktablari hamda ibodatxonala-rini ocha boshladilar.Yevropaliklarning paydo bo‘lishi savdo kapitalining kuchay-ishiga, harbiy ishning mukammallashishiga ko‘maklashdi, o‘zarourushlarni keskinlashtirdi va faqat Yaponiyaning bo‘linib ketishxavfini emas, balki uning yevropaliklarga tobe bo‘lib qolish xav-fini ham keltirib chiqardi.O‘zaro urushlar va dehqonlarning qo‘zg‘olonlari feodallarningo‘ziga ham real xavf tug‘dirdi; savdo kapitalining to‘laqonli ishyuritishi uchun feodal to‘siqlar olib tashlanishi lozim bo‘lardi;Yaponiyaning chet elliklar tomonidan bosib olinish xavfi yetilibkelayotgandi.Xonsyu oroli markaziy qismining feodallari – Oda Nobunaga(1534 –1582), Toyotami Xideyosi (1536 –1598) va Tokugava Ieyasular(1543 –1600) birlashishning tashabbuskorlari bo‘lib chiqdilar.

Yüklə 49,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin