1-Ma’ruza: Kirish. Yangi davrda an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari. XVI-XVIII xitoy, Hindiston, Yaponiya va Koreya. Reja



Yüklə 49,42 Kb.
səhifə5/5
tarix25.12.2023
ölçüsü49,42 Kb.
#195465
1   2   3   4   5
1-Ma\'ruza

Yaponiya XVII asr boshlarida.
Tokugava xonadonidan dastlabkisyogunlar davrida Yaponiya yagona davlatga aylana boshlasada, asli-da mamlakatning birlashishiga erishilmagandi. Siyosiy muhitningmuqimligiga erishish knyazlar muxolifatini bostirish yo‘li bi-lan ushlab turilardi. XVII asr boshlarida ulardan ba’zilari (Takeda, Minai, Kumachai) xristianlikni qabul qilib (Tokugava-ning raqiblari G‘arbning yordamiga umid bog‘lashardi), oilala-ri bilan qatl qilindilar. Ko‘pgina knyazlarning, asosan janubi-g‘arbdagilarning, yerlari musodara qilindi. Boshqalari yangi yerlar-ga ko‘chirildi. Ittifoqchilarga minnatdorchilik belgisi sifatida,ularning yer maydonlari kengaytirildi.Shunday qilib, Tokugavalar o‘z mulklarini Xonsyu oroliningmarkazida jamlashga muvaffaq bo‘ldilar. Mulk egalari bo‘lganknyazlar yillik sholi daromadi bilan o‘lchanadigan boyliklaridarajasiga binoan farqlanardi. XVII asr boshlarida Yaponiya-ning umumiy sholi daromadi 11 million koku (1 koku – 180,4 kg.)miqdorida belgilandi. Ana shu miqdordan 4 mln koku Tokugavaxonadoniga tegishli edi. Faqat eng boy feodallarning uncha kat-ta bo‘lmagan guruhlarigina (faqat 16 feodal knyazlarning har biri300 ming koku sholi daromadiga ega edi) bir oz mustaqillikdanfoydalanardi, anchagina vassal-samuraylarga xo‘jayinlik qilardiva ba’zan hatto o‘z tangalarini ham zarb qilardi. Knyazlarning aso-siy qismi esa (200 dan ziyod) o‘zlarining iqtisodiy va harbiy zaif-liklari tufayli to‘laligicha Tokugava syogunlariga bog‘liq edilar.Mikado atrofidagilardan iborat bo‘lgan saroy ahli ham ana shuqaramlar toifasiga kirardi.Tokugavalar davrining boshlarida Yaponiyaning aholisi 20 mil-lionga yaqin kishidan iborat edi. XVII asrdagi barqarorlik tufay-li aholi 29 millionga yaqinlashdi. Ularning 80 foizdan ortiqrog‘i(ya’ni asosiy qismi) qishloqlarda yashardi va mamlakatning boshishlab chiqaruvchi kuchi –dehqonlardan iborat edi.Tokugavalar Yaponiyasida yerlar feodallarga tegishli bo‘lgan.Feodal yer egaligining asosiy shakllari quyidagilar edi: 1) syogun-larning yerlari; 2) knyazlarning yerlari; 3) cherkov va monastirlar-ning yerlari.Har bir feodal o‘z mulkida hukmdor sifatida ish yuritardiva yerning amaldagi (lekin rasmiy emas) egasi edi. Sharqningboshqa mamlakatlarida bo‘lganidek, yerning oliy mulkdori hukmdorqiyofasida, ayni holatda – mikado qiyofasidagi davlat hisoblanardi.Imperator oilasining hokimiyatdan mahrum kilinganligi yerningshartli egalari – knyazlarning ahvolini mustahkamladi.Savdogarlik va hunarmandlik asosan Yaponiyaning bevosita syo-gunat nazorati ostida bo‘lgan shaharlarida to‘plangandi. Eng yirik_shaharlar Edo – Yaponiyaning poytaxti (hozirgi Tokio), Osaka mamlakatning bosh savdo markazi, Kioto – imperatorning qarorgohi,port shaharlari Sakai va Nagasaki edi. XVII asr o‘rtalariga kelibEdo, Kioto va Osakada 300 ming aholi (samuraylardan tashqari),port va savdo markazlari bo‘lgan Nagasaki, Nagoya, Sakai va Kandzavashaharlarining har birida 60 mingdan ortiq kishi yashardi. Xiro-sima, Okayama, Xakata, Kumamoto va Akita shaharlarida 20 mingdanziyod aholi istiqomat qilardi. Xyogo, Fukuoga va Takatada 10 mingdan20 minggacha odam bor edi. Qarorgoh shaharlarning katta-kichikligiknyazliklarning hududlari hajmiga va aholi soniga bog‘liq edi.
Yüklə 49,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin