Koordinatsion birikmalar nomenklaturasi
Kooordinatsion birikmalarni nomlashda uch xil nomenklatura ishlatiladi.
A. Verner nomlash uchun ratsional nomeklatura yaratdi. Bunga ko’ra koordinatsion birikmaning tarkib va tuzilishi ifodalanishi kerak. Tuzsimon koordinatsion birikmalarni ikki so’z bilan, noionogen birikmalarni bir so’z bilan atash taklif etiladi.
1963-yildan boshlab taklif qilingan nomenklatura IUPAC tomonidan tasdiqlangan.
Ionlarni nomlashda birinchi navbatda kation, keyin anion ataladi: [Ag(NH3)2]Br – diamminkumush(I)-bromid, K2[CuCl3] – kaliytrixloromis(I).
Ligandlarni nomlashda avval anion, so’ngra neytral ligandlar va undan keyin kation nomi aytiladi. Anionlarni atashda dastlab oddiy anion, undan keyin ko’p atomli anion nomi aytiladi. Ligandlar bir xil bo’lsa, odatda lotin alifbosi tartibida aytiladi (H, S, N, O). Faqat uglevodorod ligandlar gomologik qator tarzida aytiladi:
CH3 > C2H5 > C3H7 > C4H9
NH3 va N2H4 misolida oldin ammiak, avval NO2 keyin NO3 aytiladi.
Kompleks anionlar nomiga “-at” suffiksi qo’shiladi, ligandlardagi “-id” qo’shimchasi o’rniga “-o” aytiladi, ligandlar nomi oldidan ularning sonini bildiruvchi di-, tri-, tetra-, penta-, geksa- va hokazo qo’shimchalar ishlatiladi:
K2[PdBr6] kaliygeksabromopalladat(IV),
K2[PtCl4] kaliytetraxloroplatinat(IV),
Fe3[Fe(CN)6]2 temir(II)-geksasianoferrat(II).
Kompleks kation va neytral molekulalarga alohida qo’shimcha qo’yilmaydi:
[Fe(NH3)6]Cl2 geksaammintemir(II)-xlorid,
[Hg(NH3)2]Cl2 diamminsimob(II)-xlorid,
[Al(OH)(H2O)5]2+ pentaakvogidroksoalyuminiy(II)-ioni,
K[Co(CN)(CO)2(NO)] kaliydikarbonilnitrozilsianokobalt(I).
Agar Mn+ alkenlar bilan kompleks birikma hosil qilgan bolsa, ligand oldidan (eta) harfi ishlatiladi.
[Ni(C5H5)(NO)] nitrozil-(-siklopentadiyenil)-nikel(II).
Ko’p yadroli kompleks birikmalarda markaziy atomlar bir-biri bilan ko’prik ligandlar orqali bog’lansa, “”-harfi bilan belgilanib ikki tomonidan defies qo’yiladi:
|
di--gidroksooktaakvoditemir(III)-sulfat
|
|
kaliydi--gidroksotetraoksalatodixrom(III)
|
|
di--xlorobis-(-propilen)-dirodiy
|
|
bis-(etilendiamin)-kobalt(III)--imido--gidrokso-bis-(etilendiamin)-kobalt(III)
|
|
oktaammin--amido--gidroksoxrom(III)-nitrat
|
[(C2H5)3Pb – Pb(C2H5)3]
|
geksaetildiqo’rg’oshin
|
[(CO)4Mo – Mo(CO)4]
|
oktakarbonildimolibden
|
Agar kompleks birikmalarda murakkab formulali organik ligandlar birikkan bo’lsa, ular qisqa yoziladi va ba’zan aytiladi.
Py (C5H5N)
|
– piridin
|
Pn
|
– 1,2-propilendiamin
|
Pipe (C5H11N)
|
– piperidin
|
Pic
|
– pikolin
|
En (H2N – (CH2)2 – NH2
|
– etilendiamin
|
OxH
|
– oksixinolin
|
PPh3 [(C6H5)3P]
|
– trifenilfosfin
|
Dipy
|
– 2,2-dipiridil
|
PEt3 [(C2H5)3P]
|
– trietilfosfin
|
Thio
|
– tiomochevina
|
Phen
|
–1,10-fenantrolin
|
RF
|
–ftorli uglevodorod radikali
|
Hacac
|
– atsetilatseton
|
acac–
|
– atsetilatseton anioni
|
Tmen
|
– N,N,N,N-tetrametiletilendiamin.
|
Geometrik izomerlarni nomlashda ularning raqam belgilaridan yoki sis-trans-terminlaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |