1-ma’ruza: Ma’lumotlar turlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari Reja



Yüklə 29,83 Kb.
səhifə6/8
tarix22.12.2023
ölçüsü29,83 Kb.
#189354
1   2   3   4   5   6   7   8
1-ma’ruza Ma’lumotlar turlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilma-fayllar.org

Xotirani adreslash

Ixtiyoriy mashina komandasi – kodi ikkita maydon: amallar va adreslardan tashkil topgan.


Komandaning adres maydonida adres kodi saqlanadi. Ko’p hollarda ma’lumotlarga murojaat fizik adres bo’yicha amalga oshiriladi. Odatda fizik adres komandaning adres maydoniga mos kelmaydi, lekin unga bog’liq bo’ladi. Umumiy holda kodning adresini fizik adresga akslantirish – adreslash deyiladi.
Hozirgi vaqtda o’ndan ziyod adreslash usullari va ularning modifikatsiyalari mavjud. Ma’lumotlarni adreslash mavjud barcha usullarini ikkita asosiy guruhga ajratiladi: to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va bilvosita.
Bevosita adreslash usulida operandning joylashgan adresi yoki operandning o’zi bevosita adres kodida joylashgan bo’ladi. Bilvosita adreslash usulida esa, adres kodi bo’yicha fizik adresni shakllantirish protsedurasi bajarilishi kerak, buning uchun hisoblash mashinalarida maxsus adreslash muxanizmi qo’llaniladi.

Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi



Fizik ma’lumotlar tuzilmasi deganda ma’lumotlarning mashina xotirasida tasvirlanishini tushinish kerak va bu tushuncha ba’zan saqlash tuzilmasi, ichki tuzilma yoki xotira tuzilmasi kabi nomlar bilan ham yuritiladi.
Ma’lumotlarning mashina xotirasida tasvirlanishini hisobga olmasdan hosil qilingan tuzilmalari abstrakt (mavhum) yoki mantiqiy tuzilma deb ataladi. Umumiy holda mantiqiy tuzilma bilan uning mos fizik tuzilmasi orasida farq mavjud bo’lib, bu ma’lumot taqdim etiladigan muhitning tuzilishi va xususiyatlariga bog’liq bo’lgan farqlar hisoblanadi. Shuning uchun ham mantiqiy tuzilmani fizik tuzilmaga va aksincha, fizik tuzilmani mantiqiy tuzilmaga aylantiruvchi (aklantiruvchi) protseduralar ishlab chiqilgan. Bu protseduralar, fizik tuzilmalarga kirish (murojaat) va fizik tuzilmalar ustida turli xil amallarni bajarishni ta’minlab beradi, bajariladigan har bir amal mantiqiy yoki fizik tuzilmada qo’llanilayotganligiga bog’liq holda o’rganiladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi oddiy (tayanch, sodda) va integrallashgan (tarkibli, murakkab) tuzilmalarga (turlarga) bo’linadi. Oddiy tuzilma deganda, bitdan boshqa qismlarga ajralmaydigan ma’lumotlar tuzilmasi tushiniladi. Fizik tuzilma nuqtai nazaridan olib qaralganda, komp’yuter arxitekturasi va dasturlash tizimlarida oddiy turning qanday o’lchamga ega bo’lishi va xotiraga joylashish tuzilishi qanday ko’rinishga ega ekanligini oldindan aytib bera olishimiz kerak. Mantiqiy nuqtai nazardan esa, oddiy ma’lumotlar bo’linmas birlik hisoblanadi.
Integrallashgan tuzilma deganda uni tashkil etuvchilar boshqa ma’lumotlar tuzilmasi – oddiy yoki o’z navbatida tarkibili tuzilmalar bo’lgan ma’lumotlar tuzilmasi tushiniladi. Integrallashgan ma’lumotlar tuzilmalari dasturchilar tomomnidan dasturlash tizimlari taqdim etadigan vositalardan foydalangan holda yaratiladi.
Tuzilma elementlari orasidagi bog’liqlikning mavjudligi yoki mavjud emasligiga qarab bog’lanmagan (vektor, massiv, satr, stek, navbat) va bog’langan (bog’langan ro’yxatlar) tuzilmalarga ajratiladi.
Ma’lumotlar tuzilmasining eng muhim belgilaridan biri – bu uning o’zgaruvchanligi, ya’ni elementlar sonining o’zgarishi yoki elementlar orasidagi bog’lanishning o’zgarishi hisoblanadi. Tuzilmaning o’zgaruvchanligi deganda elementlari qiymatining o’zgarishi tushinilmasligi kerak, ya’ni bunday holda barcha tuzilmagan o’zgaruvchan tuzilma hisoblanib qoladi.

Tuzilmalarning o’zgaruvchanlik xususiyatlariga qarab statik, yarimstatik va dinamik shakllari mavjud. Tayanch, statik, yarimstatik va dinamik tuzilmalar tezkor xotira uchun ahamiyatli hisoblanadi va ba’zan bu tuzilmalar tezkor tuzilmalar deb ham ataladi. Fayl tuzilmalari tashqi xotira uchun mos ma’lumotlar tuzilmasi hisoblanadi.




Ma’lumotlar tuzilmasining yana bir muhim belgisi uni tashkil etuvchi elementlarning tartiblanganlik xususiyati hisoblanadi. Ushbu belgisi bo’yicha chiziqli va nochiziqli tuzilmalarga ajratish mumkin.
Chiziqli tuzilma elementlarining xotirada o’zaro joylashish xususiyatlariga qarab xotirada elementlari ketma-ket taqsimlangan (vektor, satr, massiv, stek, navbat) va xotirada elementlari erkin bog’langan ko’rinishda taqsimlangan (bir bog’lamli, ikki bog’lamli ro’yxatlar) kabi turlarga ajratish mumkin.
Dasturlash tillarida “ma’lumotlar tuzilmasi” tushunchasi “ma’lumotlar turi” tushunchasi bilan chambarchas bog’liq. Ixtiyoriy ma’lumot, ya’ni konstanta, o’zgaruvchi, funktsiya yoki ifodaning qiymati o’zining turi bilan ajralib turadi.
Har bir tur bo’yicha axborot bir qiymatli aniqlanadi:
1) ko’rsatilgan turdagi ma’lumotni saqlash tuzilmasi, ya’ni birinchidan unga xotira ajratish va xotiradagi ma’lumotni taqdim etish, ikkinchidan ma’lumotning ikkilik kodda tasvirlanishi;
2) tavsiflangan turdagi u yoki bu ob’ektning qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami;
3) tavsiflangan turdagi ob’ekt ustida bajarish mumkin bo’lgan amallar to’plami.


Yüklə 29,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin