1-ma’ruza. “Ma’lumotlar tuzilmasi” faniga kirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar. Ma’lumotlarni abstrakt toifalari



Yüklə 108,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix07.01.2024
ölçüsü108,16 Kb.
#210867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Ma’lumotlar tuzilmasi” faniga kirish.

Ko‘rsatkichli toifa(Pointer)
Ko‘rsatkichlitoifama’lumotlarni ko‘rsatkichlari yoki manzillari (adres) 
to‘plamini namoyon qiladi, ya’ni ko‘rsatkichlar ma’lumotlarni emas balki bu 
ma’lumotlar joylashgan xotiradagi manzilni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatkichlar 
xotirada bori yo‘g‘i 4 bayt joyni egallab, u ko‘rsatayotgan ma’lumotlar ancha katta 
joyni egallagan bo‘lishi mumkin. Pointer toifasi ma’lumoti ixtiyoriy boshqa biror 
ma’lumot yoki ma’lumotlar guruhiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ko‘rsatkichga 
mumkin bo‘lgan u yoki bu qiymatni o‘zlashtirib, ushbu ko‘rsatkich orqali kerakli 
ma’lumotga murojatni amalga oshirish mumkin. Pointer toifasidagi ma’lumotlarni 
qiymatlar to‘plamida bitta maxsus qiymat bo‘lib, uni o‘zlashtirish hech qayerga 
yo‘naltirilmaganligini ko‘rsatadi, ya’ni nol yoki bo‘sh ko‘rsatkich xisoblanadi. 
Masalan, C++ tilida bunday qiymat sifatida NULLdan foydalaniladi.Ko‘rsatkichlar 
ustida amallar quyidagicha bo‘lishi mumkin: biror bir ko‘rsatkichga boshqa 
ko‘rsatkich qiymatini o‘zlashtirish mumkin yoki boshqa ma’lumot egallab turgan 
xotira sohasi adresini o‘zlashtirish mumkin. Ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘langan 
ma’lumotlar tuzilmasini yaratishda va qayta ishlashda katta ahamiyatga ega. 
Xotirada ko‘rsatkichlarni ifodalash uchun uchun asosan dasturlash tizimiga mos 
ravishda manzilni maksimal uzunligicha joy ajratiladi. Ko‘rsatkichlarni qiymati 
nomanfiy butun sonlar sifatida sohada bitlarni ketma-ketligi ko‘rinishida 
saqlanadi.C++ tilida ko‘rsatkichli o‘zgaruvchilarni e’lon qilish uchun ularning 
toifasini aniqlash kerak. Buning uchun ko‘rsatkich xotirada qanaqa toifadagi 
ma’lumotlarni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ko‘rsatkichli o‘zgaruvchiga xam xuddi 
shunday toifa beriladi.
int a=9; 
int *p=&a; 
float f=4.6; 
float *d=&f; 


FILE*f=fopen(“talaba.txt”,’r’); 

Yüklə 108,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin