1-ma’ruza. “Ma’lumotlar tuzilmasi” faniga kirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar. Ma’lumotlarni abstrakt toifalari



Yüklə 108,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix07.01.2024
ölçüsü108,16 Kb.
#210867
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Ma’lumotlar tuzilmasi” faniga kirish.



1-ma’ruza. 
“Ma’lumotlar tuzilmasi” faniga kirish. 
Asosiy tushuncha va ta’riflar. Ma’lumotlarni abstrakt toifalari. 
Reja 
1.
Asosiy tushuncha va ta’riflar. 
2.
Ma’lumotlarni tasvirlash bosqichlari. 
3.
Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish. 
4.
Ma’lumotlarni abstrakt toifalari. 
Kalit so‘zlar:
butun toifa, haqiqiy toifa, mantiqiy toifa, belgili toifa, ko‘rsatkichli toifa, 
sanaladigan toifa, ma’lumotlar tuzilmasi, ma’lumotlar toifalari, abstrakt bosqich, mantiqiy 
bosqich, fizik bosqich, to‘plam, ketma-ketlik, matritsa, daraxt, graf, so‘z.
 
Asosiy tushuncha va ta’riflar 
Ma’lumotlar tuzilmasi
bu xotirada tashkil etiladigan elementlar yig’indisi 
bo’lib, ular ustida dastur yordamida amallar bajariladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi
– bu bironta toifaga tegishli bo’lgan va o’zaro 
ma’lum munosabatga ega bo’lgan elementlar to’plamiga aytiladi.
Ma’lumot
– bironta qiymat yoki qiymatlar to’plami hisoblanadi.Misol uchun 
bu bironta eksperiment natijalari, yoki talabalarning imtixon ballari bo’lishi 
mumkin. 
Ma’lumotlar tuzilmasi elementi
– bu qiymatlar to’plamining bir bo’lagi 
hisoblanadi. Tuzilma elementi – qiymatlar jamlanmasi bo’lib, misol uchun 
talabalarning ismi, sharifi, yoshi har bir fandan olgan baxosi va x.k. larni keltirish 
mumkin. Elementlar 2 taga bo’linishi mumkin. 
-
Element sifatida ma’lumotlar guruhi olib qaraladi. Bunda e;lementlar yana 
qism bo’lak;arga bo’linishi mumkin. Masalan, ota-onalar maydoni 
talabalarning ota va onalari xaqida ma’lumot saqlaydigan alohida 
maydonlardan tashkil topadi. 
-
Elementar, ya’ni bo’linmas, bunda element qism bo’laklarga ajratilmaydi.
Ob’ekt
– bu xususiyatlar va attributlariga ega bo’lgan va bu xususiyatlarga 
qiymat qabul qilishi mumkin bo’lgan tuzilma xisoblanadi. Masalan, talaba bu 
ob’ekt deb qaralishi mumkin tuzilma. 
Maydon
– bu ob’ektlarning attributlari yoki xususiyatlarini ifodalovchi 
tushuncha bo’lib, sonli yoki son bo’lmagan qiymatlarni o’zlashtirishi mumkin. 

Yüklə 108,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin