1-ma’ruza. “Ma’lumotlar tuzilmasi” faniga kirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar. Ma’lumotlarni abstrakt toifalari



Yüklə 108,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix07.01.2024
ölçüsü108,16 Kb.
#210867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“Ma’lumotlar tuzilmasi” faniga kirish.

Haqiqiy toifa
Haqiqiy toifaga kasr qismlari bor chekli sonlar to‘plami kiradi. To‘plamni 
chekli bo‘lish sharti EXMda sonlarni ifodalash chegaralanganligi bilan bog‘liq. 
Haqiqiy sonlar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin: qo‘shish, ayrish, 
bo‘lish, ko‘paytirish, trigonometrik funksiyalarini xisoblash, darajaga oshirish, 
kvadrat ildiz chiqarish, logarifmlash, minimum va maksimum elementlarni topish 
va boshqalar. Bularning natijalari ham haqiqiy toifaga kiradi. Bu yerda ham binar 
amallarga nisbatan masalaning yechimlari mantiqiy toifaga tegishli bo‘ladi. 
EHM xotirasida haqiqiy sonlar asosan qo‘zg‘aluvchan nuqta formatida 
saqlanadi. Bu formatda x haqiqiy son quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
x = +/- M * q(+/-P) – soning yarimlogarifmik shakldagi ifodalanishi quyidagi 
chizmada keltirilgan. 
937,56 = 93756 * 10-2 = 0,93756 * 103 
Mantiqiy toifa
Mazkur toifa mantiqiy mulohazalarni to‘g‘riligini aniqlash uchun, turli hil 
dasturlash 
tillarida 
turlicha 
ifodalaniladigan 
ifodalarni 

ta 
true(1), 
false(0)ko‘rinishdaaniqlaydi. Mantiqiy ma’lumotlar ustida quyidagi mantiqiy 
operatsiyalarni bajarish mumkin: kon’yunksiya (va), diz’yunksiya (yoki) i inkor 
(yo‘q), hamda qiyinroq bo‘lgan ekvivalentlik, implikatsiya, chiqarib tashlash, yoki 
va boshqa operatsiyalar. Yuqorida keltirilgan ixtiyoriy operatsiyaning natijasi – 
mantiqiy qiymatga ega bo‘ladi. Mantiqiy qiymatni xotirada saqlash uchun bitta bit 
yetarli. 
Asosiy mantiqiy funksiyalarning chinlik jadvali
Belgili toifa
Belgili toifaga belgilarning chekli to‘plami yoki liter, ularga lotin alifbosidagi 
xarflar va unda yo‘q kirill xarflar, o‘nlik raqamlar, matematik va maxsus belgilar 
kiradi. Belgili ma’lumotlar hisoblash texnikasi bilan inson o‘rtasidagi aloqani 
o‘rnatishda katta ahamiyatga ega.Ko‘pincha, dasturlashning har bir tizimida 


belgilar to‘plami fiksirlangan bo‘lib, ular turli tizimlarda turli hil bo‘lishi mumkin. 
Bundan tashqari ular tartiblangan bo‘lib, har bir uning elementiga aniq bir sonli 
kod mos qo‘yilib, u to‘plamdagi tartib raqamini aniqlaydi. Belgini sonli kodiga 
o‘tib, 
relyatsion 
operatorlardan 
foydalanib, 
simvollarni 
taqqoslash 
mumkin.Bunday taqqoslashlarning natijalari BOOL toifasiga kiradi. 
C++ tilida belgili toifadan tashqari belgilar massividan tashkil topgan satrli 
toifalar bilan xam ishlash mumkin, ya’ni char []. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, 
satrlar bilan ishlashda belgilar massividan tashqari satrlar bilan ishlashga 
mo‘ljallangan maxsus kutubxona mavjud bo‘lib, String deb nomlanadi. Satr (qator, 
String) – bu qandaydir belgilar ketma-ketligi. Satr bitta, bo‘sh yoki bir nechta 
belgilar birlashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. C++ tilida satr 0 dan to 255 
tagacha uzunlikka ega bo‘lishi mumkin. Agar o‘zgaruvchi satr toifasiga tegishli 
bo‘lsa, u holda o‘zgaruvchi toifasi yozilayotganda 2 xil ko‘rinishda char [] yoki 
String deb aniqlanadi. 
Belgili toifadagi amallar: 
a) O‘zlashtirish; 
b) Taqqoslash; 

Yüklə 108,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin