3. Shakarsiz murabbo tayyorlash Diabet bilan kasalanganlar uchun Yaxshi pishib etilgan mevlar tanlab olinadi, yaxshilab yuviladi, quritiladi, so‘ng olxo‘ri yarim-yarim qilib kesiladi, danagi ajratiladi. Sirlangan katta kastryulga olxo‘ri solinib, pastroq olovda aralashtirib turgan holda tayyor bo‘lguncha qaynatiladi.
Tayyor holat quyidagicha aniqlanadi:sovuq likopchaga bir tomchi quyiladi, soviganda quyuqlashib, tarqalib ketmasa mahsulot tayyor hisoblanadi. Toza qizdirilgan, quruq shisha idishlarga (bo‘g‘izidan 2 sm pastroq) murabbo quyiladi va shisha idish suvda qaynatib olinadi, qaynatib olingan murabbo qopqoq bilan berkitiladi. Idishlar harorati +4+14°C bo‘lgan honada saqlanadi.
Gilosdan murabbo. Tayyorlangan va danagidan tozalangan gilosga shakar solinib, quyuq sharbat hosil bo‘lguncha doimiy ravishda aralashtirib, qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan quyuq sharbat (povidilo) isitilgan, suv bug‘ida ushlab turilgan shisha idishlarga solinadi. Sovigandan so‘ng shisha idishlar plastmassadan tayyorlangan qopqoq bilan berkitiladi va xona haroratida saqlanadi.
Tarkibi: 1 kg danagidan tozalangan gilosga 200-300 g shakar sarflanad
N a’matakli murabbo. Pishgan, toza 1 kg na’matak 300-400 g suvda qaynatilib, yarim tayyor holatga olib kelinadi va toza elakka solib eziladi. Urug‘lari ezilmasligi zarur. Massani tortib olib, shakar bilan (1 kg massaga 750 g shakar) aralashtiriladi, 25-30 daqiqa qaynatiladi. Issiq idishga solib 1 kun qoldiriladi. Keyin shisha idishga solib qorong‘i va salqin joyga saqlanadi.
Jem. Jem pishirish uchun tarkibida yetarli miqdorda kislota va pektin moddasi ko‘p bo‘lgan meva hamda rezavor mevalar olma, olxo‘ri, behi va boshqalar ishlatiladi. Boshqa mevalardan foydalanilganida ularga olma, krijovnik hamda boshqa pektin moddasiga boy meva va rezavor mevalarning sharbati yoki pyuresini qo‘shish tavsiya etiladi.
Mevalar va qiyom huddi murabbo uchun tayyorlangandek tayyorlanadi. Odatda 100 qism mevaga 100-150 qism shakar, 15 qismgacha pektin moddasiga boy meva sharbati yoki pyuresi jem tayyorlash uchun etarli hisoblanadi.
Jem pishirish uchun meva va rezavor mevalar qozonga yoki vakuum qurilmaga solinib, ichiga shakar yoki qiyom qo‘shiladi va tayyor bo‘lguncha, ya’ni ko‘pigi o‘rtaga yig‘ilib, meva bo‘laklari esa shirani yaxshi shimib, tiniq bo‘lgunga qadar pishiriladi. Shakarning yuqori darajada quyuqlanishi mikroblarning yashashiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun xam jem uzoq vaqt buzilmay saqlanishi mumkin.
Pasterizatsiyalanadigan jem uchun quruq modda miqdori 68%, pasterizatsiyalangani uchun 72%, shu asosda shakar miqdori birinchi holda 62 va ikkinchi holda 65% bo‘lishi mumkin. Jem bochkalarda yoki shisha idishlarda saqlanadi.