1-ma’ruza mavzu: fanga kirish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kichik korxonalarda qayta ishlashning ahamiyati va ahvoli reja



Yüklə 277,63 Kb.
səhifə21/22
tarix22.09.2023
ölçüsü277,63 Kb.
#147335
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
MARUZA MAGISTR KICHIK KORXONA MARUZA

Povidlo. Povidlo – bu meva-rezavor pyuresini shakarli siropda qaynatib olingan bir tekis konsistensiyaga ega mahsulot. Pyure – qirg‘ich yoki elakdan yaxshilab o‘tkazilib qaynatilgan meva-rezavor bo‘tqasi. Povidlo olma, nok, olxo‘ri, o‘rik yoki ularning aralashmasidan ham pishiriladi. Pavidloga lat egan, uringan mayda mevalarni ham ishlatish mumkin.
Olma, nok, behi kabi mevalar po‘sti archiladi, urug‘ kamerasi olib tashlanadi va yirik bo‘laklarga bo‘linib qopqog‘i berk sirli idishda oz miqdordagi suvda 10-20 daqiqa qaynatib olinadi. So‘ngra mevalar kartoshka ezg‘ilagich vositasida yaxshilab ezilib, elakdan ishqalab o‘tkaziladi.
Danakli mevalar danagidan ajratiladi, ular ham qopqog‘i berk sirli idishda oz miqdordagi suvda 10-20 daqiqa qaynatib olinadi. So‘ngra mevalar kartoshka ezg‘ilagich vositasida yaxshilab ezilib, elakdan ishqalab o‘tkaziladi.
Rezavor mevalar (qulupnay, xo‘jag‘at, qorag‘at, krijovnik) qopqog‘i berk sirli idishda oz miqdordagi suvda 10-20 daqiqa qaynatib olinadi, so‘ngra elakdan ishqalab o‘tkaziladi.
Tayyorlangan mevalar suv solingan idishga solinib, qopqog‘i berk holda 10-20 daqiqa davomida qaynatiladi va uning 125 qismiga 100 qism shakar qo‘shiladi. Shu usulda bo‘tqa tayyorlanadi. Bo‘tqa ochiq qozonda yoki vakuum qurilmada taxminan 1-1,5 soat qaynatiladi. Povidlo pishguncha kavlab turiladi. Undagi quruq modda miqdori 66% gacha bo‘ladi. Tayyor povidlo 50°C gacha sovitiladi va bochkalarga yoki shisha idishlarga solinadi. Uni salqin va quruq joyda 8-9 oy saqlash mumkin.
Marmelad. Marmelad tayyorlashda meva bo‘tqasi va shakardan bir xil miqdorda olinadi. Unga xushbo‘y ta’m beradigan moddalar limon va olma kislotasi, vanilin qo‘shiladi.
Qaynatish asosan vakuum qurilmada amalga oshiriladi va quruq modda 68% ni tashkil etguncha davom ettiriladi. Marmelad faner yashiklarga solinib, quritiladi. Quritish 10 soatcha davom etadi. Bunda uning namligi 29-33% bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga meva va rezavor mevalardan foydalanib bir qator bo‘tqasimon mahsulotlar tayyorlanadi. Bunda olmadan 10-18%, behidan 12-16%, nokdan 11-14% gacha qoldiq chiqishi mumkin. Meva qoldig‘i chorvachilikda to‘yimli ozuqa sifatida foydalaniladi.

Yüklə 277,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin