Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar. Kuchsiz magnitli rudalarni boyitish uchun magnit maydonining kuchlanganligi yuqori bo’lgan separatorlar ishlatiladi.
13.2-rasmda o’lchami 3(6) mm yiriklikdagi kuchsiz magnitli rudalarni quruq va ho’l usulda boyituvchi valli separator keltirilgan. Magnit sistemasi o’zaklar va ulardagi g’altak o’ramlari, qutb uchliklari va vallardan iborat. Vallarning turtib chiqqan joylari bo’lib, ularning qarshisidagi qutb uchliklarida maydonning bir jinsligini kuchaytiruvchi o’yiqlarga ega.
Sepiluvchi quruq mahsulot yoki bo’tana yuklovchi voronka orqali val ostidagi uchliklarga beriladi. Nomagnit zarrachalar uchliklardagi teshiklar orqali qutining chiqindilar bo’limiga, magnitli minerallar esa vallar yordamida magnit kuchlari ta’siri zonasidan chiqib ketib qutining magnitli mahsulotlar bo’limiga tushadi.
13.2-rasm. Kuchsiz magnitli rudalarni quruq va ho’l usulda boyituvchi separatorning sxemasi.
1–ta’minlagich; 2–o’ramlar g’altagi; 3–o’zak; 4–qutb uchliklari, 5–vallar, 6–magnitli mahsulotni qabul qiluvchi idish; 7–nomagnit mahsulotni qabul qiluvchi idish
Separatorning xarakteristikasi: valning o’lchamlari: DxL=270x1000 mm, valning aylanish tezligi 50-90 ay/min, magnit maydonining kuchlanganligi 10000–12000 e, ishlab chiqarish unumdorligi <3 mm li mahsulotda 4 t/soat gacha [2].
Bunday separatorlar marganesli rudalarni ho’l usulda boyitish uchun kamyob metalli rudalardan ajratib olingan boyitmalarni qayta tozalash uchun qo’llaniladi.
Nazorat uchun savollar
1. Minerallarning magnit xossalari va ularning klassifikatsiyasi.
2. Mаgnit sеpаrаtоrlаrining turlаri, tuzilishi vа ishlаsh prinsiplаri.
3. Kuchli magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar.
4. Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar.
14-Ma’ruza
Mavzu: Elektr usulida saralash dastgohlari. Radiometrik separatorlar
Reja:
Elektr separatorlarining tuzilishi
Elektr separatsiyaga ta’sir etuvchi omillar
3>
Dostları ilə paylaş: |