Elektr separatorlarining tuzilishi. Rudali va noruda foydali qazilmalarni boyitishda elektr separatsiyaning quyidagi usullari keng tarqalgan:
elektrostatik separatsiya– elektrostatik maydonda amalga oshiriladi.
tojli separatsiya–tojli razryadli elektrsizlashtirish maydonida amalga oshiriladi (zarrachalar ionlashish orqali zaryadlanadi).
tojli–elektrostatik separatsiya–tojli elektrostatik maydonda amalga oshiriladi.
Kamdan–kam hollarda dielektrik separatsiya ishlatiladi.
Elektr separatsiyasi usullarining bunday tasnifiga asosan elektr separatorlarini quyidagi asosiy guruhlarga bo’lish mumkin.
elektrostatik (barabanli, kamerali, pog’onali, plastinkasimon),
tojli va tojli–elektrostatik (barabanli, kamerali);
triboadgezion;
dielektrik;
Har qanday elektr spearatorining tuzilishi zarrachani zaryadlovchi moslama va mineral zarrachaning ajralishi sodir bo’luvchi separatsiya zonasi bilan aniqlanadi.
Zaryadlovchi moslama va separatsiya zonasi alohida va birlashgan holda tayyorlanishi mumkin. Elektr separatorlarining ajralmas qismi–yuqori kuchlanish manbai.
Mineral zarrachalarni elektr–o’tkazuvchanlikka qarab boyitish uchun o’n oltita parallel plastinkasimon elektrodlardan tuzilgan plastinkasimon pog’onali separator ishlatiladi (14.1–rasm). Pastki elektrodlar bir tekis, yuqorilari 2–jalyuzisimon. Plastinkasimon elektrodlarning bir qatori erga ulangan, izolyatorlar 3 ga ulangan boshqa qatordagi elektrodlarga yuqori kuchlanganlik beriladi [11].
Dastlabki mahsulot elektrodlar orasida yuqoridan pastga harakatlanib, o’n oltita elektr maydoni ta’siriga uchraydi. Tok o’tkazuvchi zarrachalar tekis elektroddan uziladi va teskari elektrodning jalyuzlari orqali o’tib, qabul qiluvchi idish 4 ga tushirib olinadi. Tok o’tkazmaydigan zarrachalar separatorning hamma kaskadlaridan o’tib qabul qiluvchi idish 5 ga tushadi.
Bu jarayon plastinkalarning qiyalik burchagini, ular orasidagi masofani va beriladigan kuchlanganlikni o’zgartirib boshqariladi.
Amaliyotda barabanli tojli va tojli–elektrostatik separatorlar eng ko’p ishlatiladi. 55–rasmda barabanli tojli elektr separatorining sxemasi keltirilgan.
14.1-rasm. Plastinkasimon elektrostatik separator.
1 — ostki elektrodlar; 2 — ustki elektrodlar; 3 — izolyatorlar;
4—5 — qabul qilgichlar
Qutichada podshipniklarda metal baraban–cho’ktiruvchi elektrod 3 aylanadi. Undan ma’lum masofada alohida quti 5 da barabanni hosil qiluvchiga parallel holda bir nechta ingichka o’tkazuvchilar–tojlantiruvchi elektrodlar 4 tortilgan. Barabanning ustida yuklovchi voronka 2, ostida esa boyitish mahsulotlarini qabul qilish uchun bir nechta bo’limlardan iborat qabul qiluvchi bunker 6 o’rnatilgan. Barabanni yopishib qolgan zarrachalardan tozalash uchun aylanuvchi cho’tka 1 ko’zda tutilgan. Tojli elektrsizlanish hosil qilish uchun tojlantiruvchi elektrodlarga yuqori kuchlanish beriladi. Cho’ktiruvchi elektrod yerga ulanadi [1].
14.2-rasm. Barabanli tojli elektr separatorining sxemasi
1 — cho‘tka; 2 — yuklovchi varonka; 3 — cho‘ktiruvchi elektrod;
4 — tojlantiruvchi elektrod; 5 — quti; 6 — qabul qiluvchi bunker.
Aylanuvchi baraban orqali material bunkyerdan elektrodlar orasidagi maydonga beriladi. Baraban yuzasida mineral zarrachalar ionlar oqimidan zaryad oladilar. Tok o’tkazmaydigan zarrachalar barabanda zaryadini o’zgartirmaydi, uning yuzasida ushlanib qoladi va bunkerning III bo’limiga to’kiladi. O’tkazuvchi zarrachalar zaryadini tez o’zgartiradi va baraban yuzasidan har xil zaryadlangan zarracha sifatida itariladi va I bo’limga tushadi. Yarim o’tkazuvchi zarrachalar esa II bo’limga bo’shatiladi.
Sanoatda ishlatiladigan elektr separatori bir nechta barabandan tashkil topib, ularda asosiy separatsiya va mahulotlardan birini tozalash sodir bo’ladi.
Elektr separatsiya asosan kamyob metallar rudalari (qalay, volfram, titan–tsirkoniy, tantal–niobiy) ning kontsentratlari sifatini me’yorga etkazish, shuningdek, keramik mahsulotlarni, shishali qumlarni, fosforit, slyuda, olmos va h.k. larni boyitishda qo’llanadi.
Dostları ilə paylaş: |