1-ma’ruza mavzu: Nutq madaniyati kursining maqsadi va vazifalari. Nutq faoliyati



Yüklə 186,96 Kb.
səhifə5/6
tarix21.12.2023
ölçüsü186,96 Kb.
#188730
1   2   3   4   5   6
1-ma\'ruza matni

Nutqning madaniyligini ta’min etadigan to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik kabi bir qancha sifatlar mavjud. Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy nutq hisoblanadi.
Albatta, nutqning to’g’riligi, ya’ni uning adabiy til me’yorlariga qat’iy mosligi madaniy nutqning asosiy, markaziy sifatidir. Ammo har qanday to‘g‘ri nutq madaniy bo’lavermaydi. U yuqorida aytilgan boshqa kommunikativ sifatlarga ega bo‘lgandagina chin ma’nodagi madaniy nutq atamasini oladi. Shunga qaramasdan, uzoq vaqtlar bizning ta’lim tizimimizda, asosan, nutqning to‘g‘riligigagina diqqat qilindi, shu sifatni o‘rgatishga zo‘r berildi.
Rossiyada Pyotr I zamonida shunday farmon chiqarilgan ekan, unga ko‘ra jismoniy yoki nutqiy nuqsonga ega bo‘lgan odam, har qancha yetuk mutaxassis bo‘lmasin, dars berish uchun sinfga kiritilmagan. Dunyoda boladay ziyrak taqlidchi va tanqidchi yo‘q, shuning uchun «jonli ko‘rgazmali qurol» har jihatdan to‘kis va tugal bo‘lishi lozimligi oddiy mantiqning talabidir.
O‘qituvchining asosiy quroli «ketmoni» uning tili, nutqi ekan, bu qurol samarali ishlamog‘i uchun u o‘tkir bo‘lishi kerak, shuning uchun «O‘qituvchi nutq madaniyati» fani faqat filologiya fakulteti talabalarigagina emas, balki har qanday fan o‘qituvchilarini tayyorlaydigan fakultetlarda ham o‘qitilyapti.
Xulosa qilib aytganda, nutq madaniyati muammolarini ilmiy asosda o‘rganishni yanada chuqurlashtirish ham bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etdi. Bu borada anchagina ishlar qilingan. Ammo hali qilinadigan ishlar juda ko‘p. Mustaqillik sharofati bilan erkin taraqqiyot yo‘liga tushib olgan tilimizning o‘z tabiatiga xos
mezonlarni tayin etish unuttirilgan boyliklarni tiklash, sofligini ta’minlash tamo-yillarini takomillashtirish, bir necha ming yillik madaniyatimiz tarixidagi nutqiy odob an’analarini o‘rganish, so‘zni benazir ne’mat sifatida ardoqlagan ulug‘ ajdodlarimizning ulkan merosini bor bo‘yicha ko‘rsatib berish o‘qituvchilar va bo‘lajak o‘qituvchilar oldida turgan muhim vazifalardir.



Yüklə 186,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin