1-маъруза Mavzu: Raqobat nazariyasi. Raqobat va bozor ustuvorligi qonuni va iqtisodiyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari (2 соат)



Yüklə 28,26 Kb.
səhifə4/4
tarix07.09.2023
ölçüsü28,26 Kb.
#141859
1   2   3   4
1-ma\'ruza

tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi;
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan ishlar va xizmatlar;
tovar bozori — tovarning, shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning (o‘zining belgilangan maqsadi, qo‘llanilishi, sifati va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan, iste’molchi almashtirishga tayyor bo‘lgan tovarning) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomalasi doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan davlat ishtirokidagi korxona va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi muassasa, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs.
Raqobat sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan:

  • insofli raqobat;

  • qonuniylik;

  • iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

  • shaffoflik;

  • tenglik.

Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligini inobatga olgan holda raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va ularni to‘xtatish;

  • jamiyatda raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish;

  • raqobat muhitini rivojlantirish hamda tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini hamda tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash;

  • tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatni amalga oshiradigan sohalarda raqobat muhitini shakllantirish;

  • tovar va moliya bozorlarining ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni belgilash hamda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;

  • raqobat muhitini yaxshilash va rivojlantirish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining javobgarligini oshirish.

Iqtisodiyotda raqobatni tabiat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikning xususiy holi sifatida qarashimiz ham mumkin. Tabiat jonzotlari o‘rtasidagi yashash uchun kurashni ham raqobatga tenglashtirish mumkin. Ammo shunisi qiziqki, raqobat har doim ham to‘qnashuv yoki bellashuvni anglatmaydi. Masalan, Janubiy Afrika savannalarida yovvoyi o‘txo‘r hayvonlar – antilopa, ohu, zebra, buyvollar ozuqa uchun o‘zaro kurashadi, nimjon, kasalmand bo‘lgan a‘zolarni podaning chetiga surib chiqaradi va tezroq yirtqichlarga yem bo‘lishlariga sharoit yaratib beradi. Shuningdek, ular o‘z yirtqichlari bo‘lgan sher, yo‘lbars, chiyabo‘ri va gepardlarga qarshi kurashish uchun juda katta podani tashkil ham qiladilar.
Shu bois iqtisodiyotdagi raqobatni tadbirkorlik, bozor, bozor ishtirokchilari, tadbirkorlik subyektlari, firma kabi bazaviy tushunchalar asosida tariflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. chunki iqtisodiyotdagi raqobat kurashida biologik emas, balki ijtimoiy nuqtai nazar va shart sharoitlar asosiy o‘rinda turadi.
Raqobatning keng tushuncha ekanligi, turli xalqlarning ushbu atamani turli mazmunda qo‘llashi bois, uning mohiyatini yoritish bo‘yicha bahs munozaralar hanuz davom etmoqda.
Iqtisodiy fanlarda raqobatning yoritilish XV-XVII asrlarda ingliz, fransuz va nemis merkantelistlari ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shu davrdan boshlab Yevropada feodal tuzumdan bozor munosabatlari shakllanib boshlagan.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab raqobatni o‘rganish iqtisodiy faoliyatga asoslangan holda olib borildi. Bunda raqobatni tadbirkorlik, bozor ishtirokchilarining hatti-harakatlarini tartibga soluvchi mexanizm, muvaffaqiyat qozonishning taktika va modellari sifatida o‘rganishga alohida e‘tibor qaratildi.
Tadbirkorlik, marketing, menejmentning zamonaviy yondashuvlari ma‘lum darajada raqobat tushunchasini qamrab olishga harakat qiladi.
Iqtisodiy rivojlanishni raqobatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Keng ma‘noda qaralganda, barcha sohalarda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida kishilar o‘z manfaatlarini qondirish uchun kurashadilar, ya‘ni o‘zaro raqobat qilishga intiladilar. Har bir iqtisodiyotdagi kabi bozor sharoitida ham kishilarning hohish irodasi, malakasi va tafakkuriga bog‘liq bo‘lmagan o‘ziga xos obyektiv qonuniyatlar mavjud.
Raqobat kurashi ma‘lum bir tizimga ega emas, shunga qaramasdan u bozor ishtirokchilarining aniq ifodalangan strategiyalariga asoslangan va bu strategiya ularni bozordagi qiziqishlarini ximoya qiladi. Uzoq vaqt davomida “raqobat” tushunchasi ikki yoki undan ortiq shaxslar(raqiblar)ning yagona maqsad - yuqori foyda olish uchun mustaqil ravishda bir-biri bilan bellashuvi deb qaralib kelindi.
Bozordagi raqobat bellashuvi masalalariga klassik siyosiy iqtisod namoyondalaridan A.Smit, M.Byukenen, E.Chemberlin, L.Valras, A.Marshall va boshqalar ko‘proq e‘tibor qaratishgan. Bu iqtisodchilarning baxs-munozaralari raqobat tushunchasi va uning mohiyatiga, uning harakatlantiruvchi kuchi va bozorda narxning shakllanishiga ta‘siriga ko‘proq karatildi. Klassik iqtisodiyot namoyondalaridan R.Bertran, shuningdek, xozirgi zamon raqobat nazariyasiga o‘z hissasini qo‘shgan O.Xerfindal va boshqalar raqobat nazariyasini rivojlantirishdi, raqobatni baholashning muqobil modellarini taklif etishdi.
Raqobat jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlarning bozor va harid narxini belgilaydi. Raqobat ta‘sirida tovar va xizmatlarning individual qiymati shakllanadi, daromadlar hajmining mehnat sarfi bo‘yicha diferensasiyasi yuzaga keladi. Tarmoqlararo jihatdan raqobat foydanning o‘rtacha me‘yorini yuzaga keltiradi, jamiyat extiyoji uchun eng ahamiyatli va zarur bo‘lgan tarmoqlarga kapital oqishini rag‘batlantiradi. Shubxasiz, raqobat bozor uchun xizmat qiladi: qachon, qanday va qancha tovar va xizmatlarni taklif qilish va ko‘rsatishni belgilaydi.
Iqtisodiyot — yunoncha "ekonom" va "oykos" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "ekonomika" qishloq xoʻjalik asoslari haqida fan degan maʼnoni anglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda "iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi.
Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni oʻrganuvchi fan.
Kishilar tomonidan mehnatni qoʻllagan holda inson uchun zaruriy boʻlgan neʼmatlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni taʼminlash, ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan xoʻjalik vositalar, obyektlar, jarayonlar majmui.
Ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimot, isteʼmol sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni qamraydi.
Muayyan mamlakatning milliy xalq xoʻjaligi yoki uning bir tarmogʻi (transport iqtisodiyoti, qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va boshqalar).
Xoʻjalikning u yoki bu tarmogʻini, mintaqa xoʻjaligini, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari va shakllarini, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishni oʻrganadigan iqtisodiyot fanlari (sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti va boshqalar).
Iqtisodiyot ilmiy va amaliy iqtisodiyotga boʻlinadi.
Ilmiy iqtisodiyot - iqtisodiyot nazariyasi insonlar va jamiyatning koʻp maqsadlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan noyob resurslardan foydalanish usulini qanday tanlshlarini oʻrganuvchi fan.
Amaliy iqtisodiyot-iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan qonuniyat, nazariya, takliflarni bevosita iqtisodiy tizimning alohida elementlari faoliyatiga tatbiq qilish imkoniyatlarini oʻrganadi.
Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni i.ch., taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosa-batlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar majmui. I.t. doirasida iqtiso-diyot subʼyektlari, i.ch. omillari oʻzaro munosabatga kirishadilar va bu muno-sabatlar maʼlum qonun-qoidalarga bi-noan boshqariladi. I.t. faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vo-sitalar yordamida tashkil qilinadi.
I.t. masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xoʻjalik-iqtisodiy ti-zimlarni i.ch. vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiklashtirish va boshqarish usuliga koʻra tas-niflash koʻproq tarqalgan. 21-asr boshlaridagi qarashlarda I.t.ni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qoʻllaniladi, I.t.ning eng muhim bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika va texnologiya darajasi; i.ch. harakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi; iqtisodiy munosabatlar tabiati; iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi.
Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3,5 va hatto 7 ta I.t. boʻlganligi qayd etiladi. Ortodoksal, yaʼni marksistik nazariya I.t.ni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yonda-shadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yoʻqligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda I.t. ishlab chikarish usuli deb ataladi. Marksizmga koʻra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm kabi I.t.lar bor, ularning biri-ikkinchisiga oʻrin boʻshatib beradi, ular ketma-ket oʻrin almashadi, eng mukammal va soʻnggi I.t. kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil taʼlimotlarda I.t.ga texnologik va i.ch.ning harakteri, i.ch.ning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan. Taraqqiyot bosqichlari nazariyasiga koʻra, ham 5 ta I.t. yoki bosqich mavjud: anʼanaviy jamiyat bosqichi; parvoz uchun shartsharoit hozirlash davri; parvoz davri; yetuklik sari harakat davri; ommaviy va yuksak isteʼmol davri. Bu bosqichlar ham oʻzaro ketma-ketlikda oʻrin almashadi. Baʼzi bir karashlarda agrar, industrial va informatsion iqtisodiyot davrlari qayd etiladi.
Koʻpchilik tadqiqotchilar anʼanaviy, bozor va maʼmuriy-buyruqbozlik I.t. lari borligini asoslaydilar.
Anʼanaviy I.t. belgilari: qoʻl mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalanish, gʻoyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi i.ch.ning agrar harakteri, iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan q.x.; sanoatning hunarmandchilik va xonaki sanoat shaklida mavjudligi; iqtisodiy biqiklik, yaʼni xujalik avtarkizmi; iqtisodiyot biqiq boʻlganidan mahsulotlar, asosan, oʻz is-teʼmoli uchun yaratiladi, ularni ehti-yojdan ortib qolgan qismigina ayirboshlanadi. Xoʻjaliklar natural isteʼ-molchi boʻlganidan kamdan-kam hollarda bozor bilan aloqa oʻrnatadilar, oʻzini-oʻzi taʼminlagani sababli ular uchun pulning ahamiyati boʻlmaydi; oʻzaro iqtisodiy aloqalar xoʻjalikning ichida yoki mahalliy kichik hudud doirasida anʼanaviy qoidalarga, urf-odatlarga koʻra, amalga oshadi; iqtisodiy faoliyat jamoa va yakka xususiy mulkka asoslanadi; aholi turmush darajasi past boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari: yuksak zamonaviy texnologiyaning mavjudligi; i.ch.ning industrial harakterda boʻlishi, iqti-sodiy taraqqiyotda axborotning urni va ahamiyatining yuqoriligi; i.ch.da servis — xizmat koʻrsatish sohasi rolining ortib borishi; iqtisodiy usishning intensiv usuli ustuvorligi; iqtisodiyotning ochiq boʻlishi, uning bozor aloqalariga tayanishi; xil-maxil mulkchilik boʻlgani holda xususiy mulkning yetakchi urinda bulishi; iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishga egaligi; aholi turmush darajasining yuqoriligi; iqtisodiyotga siyosatning kuchli taʼsir koʻrsatishi; iqtisodiyotning globallashuvi.
Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi belgilari: mashinalar tizimiga asoslangan texnologiyaning boʻlishi, lekin uning past darajasi, i.ch.ning industrial-agrar harakteri; iqtisodiyotning yopiq bulishi; davlat mulkining hukmronligi, jamoa mulkining bu mulk qushimchasiga aylani-shi, xususiy mulkning taqiklanishi; iqtisodiyotning bir markazdan turib rejalashtirilishi, reja topshirikdarining majburiyligi; resurslar va mahsulotlarning yagona reja asosida taqsimlanishi; iqtisodiy stimullar zaif boʻlgani holda siyosiymaʼnaviy stimullarga ustuvorlik berilishi; iqtisodiyotning taqchilli bulishi, aholi turmush darajasining iqtisodiy salohiyatga nisbatan past bulishi, uning gʻoyat sekin oʻsishi.
Evolyusion tarixiy rivojlanish natijasida anʼanaviy I.t. bozor tizimiga aylanadi, uni revolyusiyey yul bilan yoʻqotish natijasida zurlik bilan maʼmuriy-buyrukbozlik tizimi urna-tiladi, u uzini oklamaganidan qaytadan bozor tizimiga utish yuz beradi. Shunday oʻtish jarayonida transformatsiyalashayotgan, yaʼni utish xrlatidagi I.t. yuzaga keladi. Bu tizimning asosiy belgisi rejali maʼmuriy-buyrukbozlik tizimining bozor tizimiga aylanib borishidir. Bu jarayonda bozor isaohotlari muhim urinda turadi.
Bu tizim koʻp ukladli boʻlib (qarang Koʻp ukladli iqtisodiy tizim), uning qanchalik uzoq saqlanishi oʻtish davrining naqadar uzun yoki qisqa boʻlishiga bogʻliq.
Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi bobda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo’jaligi sub’ektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog`lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog`ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo’jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g`inlaridir. U ish yuritish uchun o’z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi.
Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.
Shuningdek, ba’zi darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko’rsatiladi.1
Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Shunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o’zaro ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin

Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat.


Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashning mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratish zarur. Birinchisi klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt davomida shakllanib, g`arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. Uning asosiy belgilari: a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
a) mulkchilikning turli shakllariga ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo’lida to’planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug`urta fondlarining vujudga kelishi.
Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining o’zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi

1 Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. Г.П.Журавлевой. – 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79.; Тожибоева Д. Иqтисодиёт назарияси: Олий ўqув юртлари талабалари учун ўqув qўлланма./Акад. М.Шарифхўжаевнинг илмий таhрири остида. – Т.: «Ўqитувчи», 2002, 74-б.



Yüklə 28,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin