1-маъруза Mavzu: Raqobat nazariyasi. Raqobat va bozor ustuvorligi qonuni va iqtisodiyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari (2 соат)



Yüklə 28,26 Kb.
səhifə2/4
tarix07.09.2023
ölçüsü28,26 Kb.
#141859
1   2   3   4
1-ma\'ruza

Qonunning qo‘llanilish sohasi - ushbu qonunning 3-moddasida keltirilgan. Ushbu Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan davlat organlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, O‘zbekiston Respublikasidagi tovar yoki moliya bozorida raqobatning cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlariga (harakatsizligiga) nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlar bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Raqobatga oid tushunchalar bilan tanishib chiqamiz:
davlat ishtirokidagi korxona — xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori 25 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek davlat unitar korxonasi yoki o‘ziga xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan davlat muassasasi;
davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari — ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foizi va undan ortig‘i bevosita yoxud bilvosita davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar;
insofsiz raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlari;
iste’molchi — xo‘jalik yurituvchi subyektdan tovarni oluvchi, tovarga buyurtma beruvchi yoxud tovarni olish yoki unga buyurtma berish niyatida bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
iqtisodiy konsentratsiya — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni bajarish;

Yüklə 28,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin