1-маъруза Mavzu: Raqobat nazariyasi. Raqobat va bozor ustuvorligi qonuni va iqtisodiyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari (2 соат)



Yüklə 28,26 Kb.
səhifə3/4
tarix07.09.2023
ölçüsü28,26 Kb.
#141859
1   2   3   4
1-ma\'ruza

kamsituvchi shart-sharoitlar — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish, olish, realizatsiya qilish yoki o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazish shart-sharoitlari bo‘lib, ular boshqa teng shart-sharoitlarda bitta yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyektga (raqobatchiga) nisbatan teng bo‘lmagan holatga solib qo‘yadi;
moliya bozori — banklar, kredit, sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomalasi doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
muvofiqlashtirilgan harakatlar — ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulardan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan, birining harakatlari boshqasiga ma’lum bo‘lgan yoki ulardan har birining harakatlaridan kelib chiqqan holda bajariladigan, raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashga va (yoki) raqobat sharoitlarida iste’molchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘zaro kelishilmagan harakatlari;
raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi;
raqamli platforma — raqamli mahsulotlardan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali haq evaziga yoki bepul foydalanilishini ta’minlovchi axborot tizimi;
tabiiy monopoliya — tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik o‘ziga xos xususiyatlar tufayli tovarlarning muayyan turiga bo‘lgan talabni qanoatlantirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi;

Yüklə 28,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin