Mavzu: Realizatsiya (sotish) jarayoni hisobi kirish



Yüklə 17,83 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü17,83 Kb.
#167562
  1   2   3
Mavzu Realizatsiya (sotish) jarayoni hisobi kirish-fayllar.org


Mavzu: Realizatsiya (sotish) jarayoni hisobi kirish

Mavzu: Realizatsiya (sotish) jarayoni hisobi
KIRISH
Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’zining faoliyatidan kelib chiqqan holda hisob siyosatini ishlab chiqadi va unda xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulat qilish usulini belgilaydi. Xarajatlarni hisoblash ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda birlik narxlarini hisoblash uchun asos hisoblanadi. Har bir korxonada ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladigan tovar birliklari qabul qilinadi.
Mulkchilikning turli shakllarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatida realizatsiya (sotish) jarayoni asosiy jarayon hisoblanadi, chunki har qaysi mulkdor ishlab chiqarilgan mahsulotini sotishdangina daromad manbayini shakllantiradi.
Realizatsiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, birinchidan, bozor muvozanatiga o‘z ta’sirini o‘tkazsa, ikkinchidan, boshqa jarayonlar faoliyatining bir me’yorda olib borilishini ta’minlash uchun asos yaratadi. Bu jarayonda tejamkorlik, mahsulot sifati, talab va taklif, baho asosiy omillardan hisoblanib, har bir omil jarayon faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazib boradi.
Realizatsiya jarayonining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu jarayonda mahsulotni sotish va sotib olish baholari namoyon bo‘ladi.
Realizatsiya jarayoni quyidagi schotlarda o‘z ifodasini topadi:
„mahsulot (ish, xizmat)larni sotish“ schoti;
„davr xarajatlari“ schoti;
„olinadigan hisobvaraqlar“ schoti;
„foyda va zararlar“ schoti;
„budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik“ schoti.
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish“ schoti. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bevosita ishlab chiqarish korxonasi bilan xaridor tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada har ikkala tomonning majburiyatlari, shu jumladan, mahsulotni jo‘natish tartibi, jo‘natayotgan mahsulotning miqdori, sifati, summasi, jo‘natish (kunlari) muddatlari va hisob-kitob shakli tomonlar o‘rtasida kelishiladi. Buxgalteriya hisobida sotilgan tovar mahsulotlar summasi passiv „M ahsulot (ish, xizmat)larni sotish“ schotida yuritiladi. Bu schotning kredit 7-Buxgalteriya hisobi nazariyasi tomonida sotilgan tovar va mahsulotlarning sotish bahosi, debet tomonida esa sotilgan mahsulotning sotib olish bahosi ko‘rsatiladi. Schotning debet tomonida esa sotilgan mahsulotni sotib olish bahosi ko‘rsatiladi. Schotning debet va kredit tomonlaridagi sotilgan tovar mahsulot summasi taqqoslanganda kredit tomonida qoldiq qoladi. Bu qoldiq tovar, mahsulotni sotishdan olingan, ya’ni daromad summasini bildiradi (ko‘rsatadi).
Тuzilgan shartnomaga asosan, xaridorlarga jo‘natilgan tovarlar summasiga debet, „Olinadigan hisobvaraqlar“ schoti, kredit „Тayyor mahsulot“ yoki „Тovarlar“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi. Xaridorlarga jo‘natilgan tovarlar uchun pul to‘langanda debet „Hisob-kitob“ schoti, kredit „Sotilgan mahsulotlar tannarxi“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi.
Xaridorlar tomonidan tovar (mahsulot) omborga qabul qilinganda debet „Тovarlar“ schoti, kredit „Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi.
Davr xarajatlari“ schoti. Mahsulotni sotish, iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar davr xarajatlari (savdoda muomala xarajatlari) deb yuritiladi.
Davr xarajatlari buxgalteriya hisobida „Davr xarajatlari“ yig‘ib-taqsimlovchi schotida yuritiladi. H isobot davrining oxirida davr xarajatlari olingan yalpi daromaddan qoplanadi. Davr xarajatlariga tovarni iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar, ya’ni transport, reklama, asosiy vositalarning eskirishi, ish haqi xarajatlari kiradi.
Тarmoq xususiyatidan kelib chiqqan davr xarajatlari savdo tashkilotlarida muomala xarajatlari deb yuritiladi. Savdodagi xarajatlarni hisobot davrida qoplashda ularning bevosita sotilgan tovarlarga taalluqli va qolgan tovarlarga taalluqli summalarini aniqlash talab qilinadi. Shuning uchun, har oyning oxirida sotilgan va qolgan tovarlarga tegishli xarajatlarni aniqlash maxsus hisob-kitobni talab qiladi.
Buxgalteriya hisobida „D avr xarajatlari“ schoti yuritiladi. Bu schotning debet tomonida tovarni sotish va sotishga tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘rsatiladi.
Misol.
Xodimlarga may oyi uchun 70000 so‘m ish haqihisoblandi.
Xodimlarga hisoblangan ish haqidan 24000 so‘mijtimoiy sug‘urtaga ajratilgan.
Xodimlar ish haqidan 18000 so‘m soliq summalariushlab qolindi.

Yüklə 17,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin