Mavzu: Chexiya buxgalteriya hisobi Reja: Kirish



Yüklə 188,26 Kb.
səhifə1/10
tarix24.12.2023
ölçüsü188,26 Kb.
#193068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Chexiya buxgalteriya hisobi


Mavzu:Chexiya buxgalteriya hisobi
Reja:
Kirish

  1. Chexiya Respublikasida buxgalteriya hisobi tamoyillari

  2. Chexiya Respublikasida buxgalteriya hisobining asosiy xususiyatlari

  3. Chexiya Respublikasida moliyaviy hisobot

  4. Chexiya hisobi tizimi va uning IAS (IFRS) bilan aloqasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Zamonaviy dunyoda aksariyat yirik va oʻrta kompaniyalar oʻzlarining barcha foydalanuvchilarining ehtiyojlarini qondirish uchun bir vaqtning oʻzida bir nechta moliyaviy hisobot paketlarini shakllantiradilar.Shu bilan birga, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan kompaniyaning biznes operatsiyalari barcha hisobot paketlari uchun bir xildir. Farqlar ushbu voqealar qanday aks ettirilishi va oshkor qilinishi, qanday talqin qilinishi va foydalanuvchilarga qanchalik batafsil taqdim etilishida namoyon boʻladi. Shu munosabat bilan koʻp qiraliy buxgalteriya hisobini yuritish uchun buxgalteriya registrida maxsus hisob modelini ishlab chiqish vazifasi dolzarb boʻlib qoladi.Bunday model, bir tomondan, kompaniyaga maʼlumotlarning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik va buxgalteriya jarayoni sxemasini soddalashtirishga imkon beradi, boshqa tomondan — mavjud hisob modelining barcha kamchiliklarini zararsizlantirish va shu bilan yangi afzalliklarga erishish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.1
O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilish uchun muayyan sharoit
yaratish, jumladan, vatanimiz iqtisodiy sub’ektlari faoliyatining shaffofligi va aniqligiga erishish zarur. Bu masalani amalga oshirish moliyaviy hisobotlarning umumqabul qilingan jahon standartlarini – moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo‘llash bilan bog‘liq. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyoti tomon harakatiga tushdi. Bu jarayonda sovetlarning buxgalteriya uslublaridan voz kechildi va moliyaviy hisobotlar jahonda qabul qilingan tamoyillarga o‘ta boshladi. Jumladan, qonun bilan quvvatlangan turli milliy buxgalteriya standartlari ishlab chiqildi, buxgalterlar uyushmalari qoshida
xalqaro buxgalteriya amaliyotlarini o‘rgatish va buxgalterlarni sertifikatlash tizimlari shakllandi. O‘zbekistonda yuritilgan qonunchilik, ta’lim va malaka oshirish amaliyotlarining yakuni MHXS bilan to‘la uyg‘unlashuvga olib kelishi kutilgan edi. So’nggi yillarda respublikamizda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy subyektlarning xorijlik hamkorlar bilan xalqaro aloqalar doirasi sezilarli darajada kengaymoqda, va o’z o’zidan buxgalteriya hisobotlaridan xorijiy foydalanuvchilar hajmi ham ortmoqda. Shu munosabat bilan BHMS bо‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarni kompaniyalarning aksiyalari xalqaro fond bozorlarida kotirovka qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari uchun MHXSga muvofiq о‘zgartirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar bо‘yicha о‘zgartirish jarayoni sari birinchi qadam – buxgalteriya hisoboti tuzish jarayoniga ta’sir etadigan mahalliy buxgalteriya hisobi yuritishning ayrim usullari umume’tirof etilgan amaliyotga mos kelmasliklarini aniqlashdir. Bu usullar MHXS qо‘yadigan talablarga muvofiq tuzatishlar kiritish uchun zarur.
О‘zgartirish jarayonining mohiyati BHMS bо‘yicha va MHXS bо‘yicha hisobdagi mavjud nomuvofiqliklarni aniqlash hamda BHMS asosida tuzilgan hisobotlarga zarur tuzatishlar kiritishdan iborat. BHMS asosida tuzilgan hisobotlarni о‘zgartirish aksiyadorlik jamiyatlarining о‘z kuchlari bilan ham, chetdan taklif qilingan mutaxassislar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda kо‘pincha ikkinchi usul foydalaniladi, chunki о‘zgarishlar jarayonlarini bajarish ham mahalliy, ham xalqaro hisob standartlari va hisobotlarni о‘zgartirish texnikasini mukammal bilish zarurati bilan bog‘liq. Korxonalar taklif qilladigan malakali mutaxassislar bu – auditorlik tashkilotlarining xodimlari sanaladi.




  1. Yüklə 188,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin