O'zbekistonda ommaviy axborot vositalarining jamiyatda o'rni



Yüklə 455 Kb.
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü455 Kb.
#50108
  1   2
O'zbekistonda ommaviy axborot vositalarining jamiyatda o'rni

O'zbekistonda ommaviy axborot vositalarining jamiyatda o'rni

  • Reja:
  • Yangi axboriy texnologiyalar va zamonaviy jurnalistika.
  • O`zbekiston OAV va jamiyat psixologik xavfsizligini ta`minlash muammolari.
  • 3. Jurnalist va bloger tutgan o’rni
  • www.arxiv.uz
  • O’zbekiston OAV
  • 680 gazeta
  • 194 jurnal
  • 34
  • Teleradio
  • studiya
  • 4 milliy
  • Teleradio
  • kompaniya
  • 7 kabelli
  • audiovizual
  • OAV
  • www.arxiv.uz
  • Yangi axboriy texnologiyalar va ayniqsa, Internet jahon miqyosida yangi vaziyatni yuzaga keltirdi. Jurnalistika shaxs, jamiyat va davlat o`rtasidagi sifat jihatdan yangilangan munosabatlarni ko`proq ta`sir o`tkaza boshladi. Toronto universitetining professori Marshall Maklyuen tomonidan o`tgan asrning 60-yillaridayoq obrazli tarzda ifodalangan «Global qishloq» tushunchasi reallikka aylanmoqda. Bugun butun insoniyat jamoa o`lchamigacha ixchamlashmoqda. Industrial jamiyat o`rniga, ommaviy kommunikatsiyalar va axborotning roli beqiyos darajada oshgan. Axborot jamiyati qadam qo`ydi.
  • www.arxiv.uz
  • Kompyuter, uyali telefon, Internet millionlab odamlar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Bunday kommunikatsiya vositalari jurnalistning nafaqat doimiy yo`nalishiga, balki, uning asosiy mehnat quroliga, butun dunyo bilimlarini o`zida amujassam etgan maslahatchi, kutubxona va elektron entsiklopediyasiga aylandi.
  • Bugungi kunda komp`yuter va uyali telefon jurnalistga uning qaerda bo`lishidan qat`iy nazar axborotni gazeta, jurnal yoki radio-televideniega sanoqli daqiqalarda etkazib berish imkoniyatini yuzaga keltirdi.
  • www.arxiv.uz
  • Darhaqiqat bugun yuqori texnologiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy hayotga tadbiq etish beqiyosdir. Aynan Yangi axboriy texnologiyalar tufayli jurnalistika bir qator transnatsional hodisaga aylangan. Yuqori texnologiyalar uni erkin qilib qo`ydi.
  • Ilgari u yoki bu tahririyat xodimi o`z auditoriyasiga murojaat qilishi uchun vaqt, OAV kanalining texnik imkoniyatlari va nihoyat o`z rahbariyati bilan hisoblashishiga to`g`ri kelgan bo`lsa, bugun ana shu zanjirsiz amalga oshirishi mumkin. Ilgari kishilar u yoki bu kanal tomonidan taklif etilgan ko`rsatuvlvr programmasi bilan cheklangan bo`lsa, bugun siz o`z ta`bingizga mos ravishda o`z dasturingizni tuzib olishingiz mumkin. Ya`ni, yangi informatsion texnologiyalar nafaqat jurnalistga, balki auditoriyaga ham erkinlikni taqdim etdi.
  • www.arxiv.uz
  • Shu munosabat bilan ommaviy kommunikatsiyalar nazariyasi sohasida taniqli mutaxassis, amerikalik olim Uolter Lippmanning fikrini eslash o`rinlidir: «Siz materialni yozguningizcha erkinsiz, ammo siz uni mening qo`limga topshirishingiz bilan sizning erkinligingiz tugab, mening erkinligim boshlanadi. endi sizning qo`lyozmangizning taqdirini men hal etaman. Xohlasam - nashr etaman, xohlasam musor korzinasiga tashlab yuboraman». Bu 1922 yilda aytilgan edi. Bu fikri bilan u o`z davri jurnalistining erkinlik chegaralarini ifodalab bergan edi. Albatta, jurnalist materialini boshqa tahririyatga berishi ham mumkin edi. Lekin har qanday vaziyatda ham jurnalist yuqori lavozimdagi shaxsning pozitsiyasi bilan hisoblashmog`i kerak edi. Bugun bunday bog`liqlik yo`qqa chiqib bormoqda
  • Yangi texnologiyalar bugungi kunda jurnalist va tahririyat imkoniyatlarini tenglashtirib boryapti. Shuning uchun ularni to`la ma`noda hamkorlar deb baholash mumkin. Bundan tashqari jurnalistika taraqqiyoti darajasi kichik gazeta yoki maxalliy radio va televidenie ijodiy xodimlarining imkoniyatlarini yiriklari bilan tenglashtirib qo`ydi.
  • www.arxiv.uz
  • Aynan shu va boshqa holatlar jurnalist va jurnalistikaning jamiyatdagi o`rni va roli haqida yangicha fikrlashni taqozo etmoqda. Bugun jurnalistika insoniyat taraqqiyotidagi vazifalarni hal etishdagi imkoniyatlarini tobora ko`proq namoyon etmoqda.
  • Sotsiologlarning ta`kidlashicha: «ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy axborot qancha ko`p to`plansa, jamiyatning shu sohadagi taraqqiyoti shuncha tezlashadi. Jurnalistika shu sohadagi axborotlarni to`plash, qayta ishlash, sistemalashtirish va tahlil etish bilan shug`ullanar ekan, xulosa qilish mumkinki, jurnalistika qanchalik yuqori sifatga ega bo`lsa, o`ziga yuklangan vazifalarni to`liq bajaradi, jamiyat rivojlanish tendentsiyalarini belgilaydi va uning rejalarini ishlab chiqadi.
  • www.arxiv.uz
  • OAV
  • www.arxiv.uz
  • Axborot
  • Ijtimoiy
  • Iqtisodiy
  • Siyosiy
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz
  • Boshqa xarakterli tomoni shundaki, bugungi dunyoda turli yo`nalishdagi gazeta va jurnallarning miqdori salmoqli tarzda oshib bormoqda. XX asrning oxirlarida Maykl Konnif aytgan ediki, Amerika kundalik gazetalarining kuni bitdi, endilikda manzara butunlay o`zgardi». Gazetalar bugungi kunda elektron-axboriy inqilobning boshida turibdi.
  • Ular iste`molchilarga mahalliy telefon abonentlari foydalanishi mumkin bo`lgan - yangilik va tijoriy axborotlarni tavsiya etmoqdalar. Uy komp`yuterlarida videotekstlardan, elektron axborotlardan foydalanish imkoniyati yuzaga keldi.
  • www.arxiv.uz
  • Bugungi kunda an`anaviy davriy nashrlar Bilan bir qatorda Onlayn jurnalistika samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy fikrni shakllantirish belgilovchi ta`sir o`tkaza oladigan yuzlab elektron gazeta va jurnallar faoliyat ko`rsatmoqda.
  • Bu tendentsiya bundan keyin ham kuchayib boradi. «Maykrosoft» tashkilotchisi Bill Geyts aytganidek, komp`yuter va Internet har bir kishi uchun imkon darajasida bo`ladi. Ya`ni bu texnikani olish darslik olishdan foydali va arzon bo`lib qoladi.
  • Davrimiz hususiyatlaridan yana biri auditoriyaning biror muammo bo`yicha fikr-mulohaza va baholarni to`la yig`ish imkoniyati vujudga keldi. Shuning uchun kim tezroq va samaraliroq ishlasa, o`sha xodisalar yo`nalishini belgilay oladi va nazorat qiladi. Ikkinchi tomondan, qaysidir soha OAV nigohidan chetda qoladigan bo`lsa, paydo bo`lgan bo`shliqning o`rnini turli xil mish-mishlar, to`qimalar, kinoyalar to`ldiradi. Bunday mish-mishlar tarqatishlar bilan ham OAVlari shug`ullanishlari mumkin. Amaliyotda bunday bo`shliqlardan chet el OAV foydalanishga va bu bo`shliqni to`ldirishga harakat qiladi.
  • www.arxiv.uz
  • Shu bilan birgalikda, ta`kidlash kerakki, yangi axboriy texnologiyalar bizning hayotimizda ijobiy rolni o`ynashi bilan birgalikda, nomaqbul kimsalar va hattoki destruktiv xarakterdagi davlat tuzilmalarining nopok niyatlarini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin. Matbuot qanday qilib odamlar ongiga egalik qilishi allaqachondan ma`lum, bu haqda ko`plab adabiyotlar ham mavjud. Keyingi bir qancha xodisalar ham bu haqda guvohlik berib turibdi.
  • Bir hodisa turli OAV tomonidan yoki turli jurnalist tomonidan turlicha talqin etilishi mumkin.
  • Internetning maxsus saytlari va portallarida davlat arboblari, taniqli shaxslar to`g`risida to`plangan turli xil pok va nopok ma`lumotlarni eslatib o`tish o`rinlidir. Yuqoridagilar OAV jamiyat hayotida qanchalik muhim o`ringa ega ekanligi boshqaruv tizimlari va oddiy fuqarolar unga qanchalik umid qilishlari haqida xulosa chiqarishga imkon berdai.
  • www.arxiv.uz
  • O`zbekiston ham bu jarayondan holi emas.
  • Mustaqillik e`lon qilinishi bilan jamiyat va davlat, matbuot, radio, telvidenie va axbot agentliklariga kata e`tibor qaratdi. O`tgan asr 90-yillari boshlarida 200 atrofida davriy nashrlar mavjud bo`lsa, bugungi kunda ularning miqdori 1000ga etdi. Jumladan, 680 gazeta, 194-jurnal, 4-milliy teleradiokompaniya, 34-teleradiostudiya, 7- kabelli audiovizual OAV, 4-axboriy agentlik. Jurnalistika maxsulotlari tobora yuqori texnologiyalarga ega bo`lib bormoqda.
  • Yuqorida ko`rsatilgan OAVni davlat va nodavlat OAVlari tashkil etadi.
  • O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida OAVlariga maxsus o`rin ajratilgan. Ularning muvoffaqiyatli va to`laqonli faoliyat ko`rsatishi uchun qonunchilik bazasi yaratilgan. Jurnalistikaning jamiyatdagi maqomini oshirish maqsadida davlat miqyosida bir qator takdbirlar amalga oshirilgan.
  • 1996 yildan boshlab O`zbekiston jahon Internet tarmog`iga kirdi. 2006 yilga kelib bu butunjahon to`ridan foydalanuvchilar esa 1mln. 150 000 kishini tashkil etdi.
  • www.arxiv.uz
  • Bugungi kunda ko`plab ommaviy axborot kanallari Internetda o`z versiyalariga ega. elektron gazetalar paydo bo`ldi. Bir so`z bilan aytganda bizning OAVlarimiz butunjahon jurnalistikasi tizimiga kirib bormoqda. Hozir nafaqat bizning auditoriyamiz chet el OAVlari bilan tanisha oladilar, balki chet el auditoriyasi ham Internet orqali bizning gazeta va jurnallarimiz bilan tanisha oladilar. Ya`ni, bunday holat jamiyatimizni yanada yorqinroq va ochiqroq qilib bormoqda. endilikda chet el manfaatdor institutlari va doiralari bizdagi jarayonlar haqida o`zlari xulosa chiqara oladilar va o`zlari vaziyatni oldindan ko`ra oladilar, jamiyaitimiz taraqqiyoti stsenariysini tuza oladilar.
  • Bularning hammasi O`zbekiston Respublikasi axborot kanallariga mas`uliyat yuklaydi. Tahririyat jamoalari OAV ta`sischilari hayotimizning og`riqli jihatlarini o`zlari ko`tarib chiqmasalar, mavjud ziddiyatlarning xal etilishiga yordam berishga intilmasalar, buni birinchi galda opponentlarimiz amalga oshirishlari mumkinligini anglab etishlari kerak.
  • www.arxiv.uz
  • Kelib chiqadiki, matbuot o`z hayoti bilan, auditoriya o`z hayoti bilan yashamokda. Matbuot jamiyatni qadrlashga intilmas ekan, uni fikrlashga undamas ekan, uning vijdoniga aylanishga harakat kilmas ekan, u hech qachon jamiyatning talabiga aylana olmaydi.
  • Matbuotimizning xarakterli hususiyati shundaki, ular bir xil yo`nalganligi, mazmunan bir xilligi va turli xil nomlanishiga qaramay bir tipdaligidadir. Matbuotimizni bugungi ahvoliga baho berib, u bilan u yoki bu tarzda aloqador bo`lgan kishi har bir jurnalistning kamchiligi uning ichida, yuragida ichki tsenzuraning mavjudligidadir, deb ko`rsatadi. Jurnalistlarimizda qat`iylik, shijoatni kamroq ko`ramiz. Auditoriya nafaqat hayotimizning ijobiy tomonlarini yoritayotgan, balki u yoki bu masaladagi xatoliklarni yoritayotgan jurnalistlarni qo`llab-quvvatlashi kerak.
  • www.arxiv.uz
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Majlis ikkala palatasining 2005 yil 28 yanvardagi qo`shma yig`ilishida ta`kidlagan ediki, OAV yo`lida auditoriyalari undan jamiyatni islox qilish va yangilash yo`lida hokimiyat faoliyati va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy baholarni kutayotganlarini, dolzarb muammolarning mohirona tahlilini, to`siqlarni engib, o`tish yo`llarini ko`rsatishlarini kutayotganlarini ta`kidlab o`tgan edi.
  • www.arxiv.uz

Yüklə 455 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin