Mavzu: Mehnat bozori va korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 89,53 Kb.
səhifə1/9
tarix24.12.2023
ölçüsü89,53 Kb.
#193087
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mikroiqtisodiyot



MAVZU: Mehnat bozori va korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish
REJA:
Kirish
Asosiy qism

  1. Mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.

  2. Korxonaning mehnat resurslari tarkibi.




  1. Mehnat resurslarining tarkibi va roli.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH.
Mehnat - ishlab cliiqarishning muhim omilidir. Mehnat qilish insonning o'z ish kuchini foydali sarflashi, ya'ni uning natijasida tovar yoki xizmatlar yaratishdir. Ish kuchini oldi-sotdi qilish mehnat bozorida yuz beradi. Bu erda ishga yollanuvchilar o'z mehnatini taklif etadilar, ishga oluvchilar esa mehnatga o'z talabini bildiradilar.
Mehnatga bo'lgan talab, shu mehnat yordamida ishlab chiqarilgan tovarga bo'lgan talab bilan bog'liq. Shu bilan birgalikda unga boshqa ishlab chiqarish resurslari, ayniqsa kapital taklifi o'z ta'sirini ko'rsatadi. Mehnatga talab tarmoqdagi mehnat unumdorligiga bog'liq.
Mehnat resurslari deb o’zining aqliy va jismoniy mehnat bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar to’plamiga aytiladi. Bu ta’rifdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari o’ziga iqtisodiyotda mehnat bilan band bo’lgan kishilarni ham, mehnat bilan band bo’lmasa ham, mehnat qilishlari mumkin bo’lgan kishilarni qamrab oladi.
Qaror topgan statistik amaliyotga ko’ra, mehnat resurslari mehnatga qobiliyatli yoshdagi mehnat layoqatli fuqarolardan va mamlakat iqtisodiyotida ishlayotgan yosh va o’rta yoshdagi mehnat qobiliyatidagi kishilardan iborat bo’ladi. Ko’pincha yoshroq bo’lganlarni ishlovchi o’smirlar, katta yoshdagi kishilarni ishlayotgan pensionerlar, deb atashadi. Hozirgi vaqtda «mehnatga layoqatli yosh» ning quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi erkaklar uchun 59 yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi. «Imtiyozli pensionerlar» avvalgi kasblarida yoki boshqa ishlarda ishlayotganlar o’z ishlarida davom ettirmoqdalar, shuning uchun ham ular mehnat resurslari tarkibida qoladilar. Ishlayotgan pensionerlar esa mehnat resurslarining tarkibidan chiqariladi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini sira ishlamagan yoki sog’lig’i yomon bo’lganligi uchun ishlashdan to’xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o’rinda gap I va II guruh nogironlari haqida bormoqda, davlat ularni pensiya bilan ta’minlab turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq, I va II guruh nogironlarining ayrimlari (agar ishlab chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari mumkin. Shuning uchun ham mehnatga layoqatli yoshdagi ishlashi mumkin bo’lgan davlat tomonidan pensiya yoshi belgilangan yoshgacha fuqarolar mehnat resurslariga kiradi (I va II guruh nogironlaridan ishlamaydiganlari bundan mustasno).
Rivojlangan mamlakatlarda “iqtisodiy jihatidan faol aholi” tushunchasi qaror topgan. Ularga mehnat bilan band aholi va ish qidirayotgan ishsizlar kiradi. Shuningdek, “fuqarolik jihatidan iqtisodiy faol aholi” tushunchasi ham tarqalgan bo’lib, unga harbiy xizmatchilar kiritilmaydi. Shunday qilib, mehnat resurslari o’zining mazmuniga ko’ra, “iqtisodiy faol aholi” tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari, mehnat resurslari yana mehnatga layoqatli yoshdagi o’quvchilarni ham, shuningdek, ana shu yoshdagi uy bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya’ni ishsiz bo’lmasa ham, qandaydir sabablarga ko’ra, mamlakat xo’jaligida ish bilan band bo’lmagan aholini ham o’z ichiga oladi.
Mehnat resurslarini shakllantirish deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi. Aftidan, “takror ishlab chiqarish” “shakllanish” so’ziga qaraganda to’g’riroq bo’lardi, lekin, odatiy bo’lib qolgan, hamda, barqaror bo’lib borayotgan atamalardan ham voz kechish to’g’ri emas.
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun, birinchidan mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo’yicha-mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni; ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni; uchinchidan, mehnat resurslari va aholining o’zgarishdagi tabiiy va mexanik o’zgarishdagi umumiy va o’ziga xos tomonlarini ko’rib chiqish lozim.




  1. Yüklə 89,53 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin