Kredit va foizlarni qaytarish (Loyihaning istiqboli).
Tadbirkorlik haqida
Hozirgi kunda rivojlanib borishi bilan kundalik turmushda ham ehtiyojlarimiz ortib bormoqda. Shu sababdan ham tadbirkorlikka juda katta e’tibor qaratilmoqda .
Tadbirkorlik – deganda kishilarning foyda olish maqsadida tavakkalchilik asosida o’z mablag’lari, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati tushuniladi .
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tadbirkorlik haqida quyidagicha fikr bildirgan edi::;
Bizning yana bir muhim vazifamiz- kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashda bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart- sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda tadbirkor nafaqat o'zini va oilasini, balki xalqni ham boqadi.
Loyihaning maqsadi
Umuman olganda Biznes reja tuzish biror bir mahsulotni yetishmasligi yoki bo’lmasam sifat darajasi yaxshi emasligidan kelib chiqadi. Har bir tadbirkor o’z biznes rejasini yaratar ekan avvalo atrofidagi muammolarni o’rganadi. Ushbu loyiha ham atrofdagi muammolarni o’rgangan holda, yosh avlodga bilim berish va ularni kelajakda komil inson bo’lib yetishishiga hissa qo’shish uchun ishlab chiqildi. Mahallamizda turli xil o’quv markazlari va qo’shimcha bilim beruvchi maskanlar bo’lmaganligi tufayli bilim olishga qiziqishi baland bo’lgan yoshlar o’rtasida turli xil muammolar kelib chiqyapti. Shuning uchun ham mahallamizda kichk biznes boshlagan holda yosh bolalarni bilim olishi uchun sharoit yaratib bermoqchiman.
Moliyaviy reja
Ushbu biznesni boshlash uchun “Yoshlar kelajagimiz “ davlat dasturi orqali 18,0000,000 so’m kredit olmoqchiman.