DIQQAT.
REJA:
1 Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari.
3. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so'nggi
diqqat.
4.Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo'linishi, diqqat ko'lami,
diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi.
Tayanch iboralar:
Diqqatning nerv-fiziologik asoslari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat,
ixtiyoriydan so'nggi diqqat, diqqat kuchi va bo'linishi, diqqat ko'lami, diqqat
taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko‗p narsa va hodisalar ta‘sir
etib turadi. Lekin odamga ta‘sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir
xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa
birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana
shu odamga ta‘sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga
bog‗liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to‗la aks
ettiriladi.
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta‘riflar keltirilganligini
ta‘kidlash mumkin. Pashlerning (1998, p. 1) fikricha, ―Diqqat muammosini
o‗rganish psixologlar uchun uzoq yillar davomida muhim ahamiyat kasb etib
kelgan‖ Tarixiy manbalardan ma‘lumki, ―diqqat‖ga oid nazariyalar XIX asrning
oxirlaridan o‗rganila boshlangan. SHunday qilib, bixevioristlar diqqatni ichki
jarayon deb hisoblaganlar.
Diqqat tushunchasi 1958 yilda Broadberning ―Idrok va kommunikatsiya‖
nomli kitobida qo‗llanilgan va ilmiy tushuncha sifatida kiritilgan. Diqqat odatda
ob‘ektni tanlash va nomlashda qo‗llaniladigan jarayon sifatida beriladi. Villiam
James esa tuyg‗uga e‘tibor bergan (1890, pp. 403–404): qolgan barcha buni diqqat
deb hisoblagan. Bu bilish jarayoni bo‗lib, tafafkkur ob‘ektining bir vaqtning o‗zida
aniq va yorqin shaklda namoyon bo‗lishidir. Diqqat – bu bir vaqtning o‗zida
e‘tiborning to‗planishidir.
Baar (1997) diqqatning paydo bo‗lish mexanizmlarini asoslab beradi.
Masalan, shuyday deyish mumkin: ―Biz buyruqga qaraymiz‖ yoki ―Biz buyruqni
eshitamiz‖. Baar (1997, p. 364) quyidagi fikrni keltiradi, ―Tajribada to‗pladi va
amaliy voqelarda namoyon bo‗ladi. Har kuni nutqda doimo, birinchi bo‗lib e‘tibor
qaratish uchun ―Tinglang‖, ―Qarang‖ tushunchalari qo‗llaniladi; ikkinchidan
―eshitamiz‖, ―ko‗ramiz‖ deb izohlanadi‖.
Villiam James diqqatning ―faol‖ va ―passiv‖ turlarini ajratgan (1890). Faol
diqqat individual taraqqiyotning yuksalishini, passiv diqqat tashqi stimulga sust
javob berishdir. YAntisning (1998, p. 252) fikricha, ―Stimul – tez va kuchliligiga
qarab nazorat qilinadi‖
Olportning fikricha (1993, pp. 203–204): bu haqiqatga o‗xshab ko‗ringani
bilan yakka-yu yagona mexanizm emas yoki ichki imkoniyat kauzal atributsiya
diqqat fenomeni tafakkurning yoki idrokning asosida shakllanadi.
Diqqat psixik faoliyatning yo‗naltirilishi va shaxs uchun ma‘lum ahamiyatga
ega bo‗lgan ob‘ekt ustida to‗planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo‗naltirish
deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob‘ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy
tanlash tushuniladi. O‗quvchi maktabda o‗qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib
o‗tirganda mana shu eshitib o‗tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning
diqqati ongli ravishda qo‗zg‗algan shu maqsadga bo‗ysundirilgan bo‗ladi.
O‗quvchining biror boshqa narsaga chalg‗imasdan o‗quv materialining mazmuniga
zehn qo‗yib o‗tirishida uning psixik faoliyatining yo‗nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo‗naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib
qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo‗llab-quvvatlash tushuniladi.
Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta‘kidlab o‗tish lozimdir.
Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har
doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy
yo‗ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin
diqqatning o‗zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo‗r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi
qiyofasida ayrim o‗zgarishlar ko‗zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o‗zining
sirtqi ya‘ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga
muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish)
qilinadi.
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to‗xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan
biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat
vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo‗lib, bu jimlik odamlar ma‘ruzachini yoki artistni
zo‗r e‘tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va
pasayib qoladi. Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda
bo‗ladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo‗libgina qolmay, balki
uning ma‘lum yo‗nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir.
SHuning uchun ko‗pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga
moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
1
As Pashler (1998, p. 1) pointed out, ―Attention has long posed a major
challenge for psychologists.‖ Historically, the concept of ―attention‖ was treated as
important by many philosophers and psychologists in the late 19th century.
However, it fell into disrepute, because the behaviourists regarded all internal
processes with the utmost suspicion. Attention became fashionable again
following the publication of Broadbent‘s book Perception and Communication in
1958, and has remained an important topic ever since.
Attention is most commonly used to refer to selectivity of processing. This
was the sense emphasised by William James (1890, pp. 403–404): Everyone
knows what attention is. It is the taking possession of the mind, in clear and vivid
form, of one out of what seem several simultaneously possible objects or trains of
1
Michael W. Eysenck, Mark T. Keane Cognitive psychology. Psychology press USA, 2005 130 bet
thought. Focalisation, concentration, of consciousness are of its essence. What is
the relationship between attention and consciousness?
Dostları ilə paylaş: |