4- mavzu: Diqqat va Xotira – psixik



Yüklə 94,22 Kb.
səhifə1/14
tarix19.05.2023
ölçüsü94,22 Kb.
#117216
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4- mavzu Diqqat va Xotira – psixik


4- Mavzu: Diqqat va Xotira psixik jarayon sifatida
Reja:

  1. Diqqat haqida tushuncha Diqqatning nerv-fiziologik asoslari.

  2. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so`nggi diqqat.

  3. Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo`linishi, diqqat ko`lami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi.

  4. Xotira haqida tushuncha. Xotiraning nerv-fiziologik asosi.

  5. Xotira nazariyalari.

O`RTMT: Xotira haqida tushuncha. (xotira mexanizimlari)
Tayanch so`z va iboralar:
Bilish jarayaoni:, xotira jarayoni: esda olib qolish, esda saqlash, unutish, qayta esga tushirish, xotira turi: ko`rish, eshitish, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, so`z-mantiq, emotsional obrazli, mexanik, kasbiy,fenomenal.
Diqqat haqida tushuncha. Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko`p narsa va hodisalar ta`sir etib turadi. Lekin odamga ta`sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta`sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog`liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to`la aks ettiriladi.
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta`riflar keltirilganligini ta`idlash mumkin. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to`plab muayyan bir ob`ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to`planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig`izlanadi.

Yüklə 94,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin