Avvalo ular orasidagi bog‘lanish
interfeys deb atalishini bilib olishimiz
lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish — bu,
apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa —
dasturiy interfeys,
apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish —
apparat —
dasturiy
interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter
tizimi bilan ishlashda
uchinchi ishtirokchini, ya‘ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda to‘tish lozim.
Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda
bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti —
foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta‘minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha
dasturiy ta‘minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin:
— sistemaviy dasturiy ta’minot;
— amaliy dasturiy ta’minot;
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) — kompyuterning va
kompyuter tarmoqlarining ishini ta‘minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir
predmet sohasi buyicha ma‘lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan
dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni
ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar
majmuasidan iborat
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi,
ya‘ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham),
saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: