1-ma’ruza mavzu: Yonuvchi gazlar va ularning fizik-kimyoviy xossalari


) Ko‘mir qatlamlarini yer ostida gazga aylantirish



Yüklə 259,1 Kb.
səhifə2/6
tarix15.06.2022
ölçüsü259,1 Kb.
#61536
1   2   3   4   5   6
Gaz ta`minot tizimlari Ma`ruza№1

3) Ko‘mir qatlamlarini yer ostida gazga aylantirish. Ba’zi ko‘mir konlarida ko‘mir qatlamlarining qalin va ularni shaxta usulida qazib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganligi sababli bunday ko‘mir qatlamlari qazib olinmasdan yer ostida kam havo kam havo berish yoqilib, ular gazga aylantiriladi va yer ustiga yonuvchi gaz yer osti gazifikatsiya gazlari sifatida chiqarib olinib, mahalliy gazlashtirish tizimlarida ishlatiladi. Ularning tarkibi, asosan, uglerod oksidi (CO), uglerod ikki oksidi (CO2), vodоrod (H2) va boshqa gazlardan iborat bo‘lib, issiqlik berish qobiliyati katta emas.
4) Neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan gazlar. Neftni qayta ishlash zavodlarida neft qizdirilib, undan benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi va boshqa suyuq yoqilg‘ilar olinadi. Bu jarayonda neft tarkibidagi ba’zi bir og‘ir uglevodorodlar gaz holatida ajralib chiqa boshlaydi. Bu gazlar yig‘ilib, kichik mahaliy gazlashtirishda ishlatiladi.


1.2 Gaz yoqilg‘ining standart talablari bo‘yicha tarkibi va sifati

Har qanday gaz yoqilg‘isi bir qancha oddiy gazlardan tashkil topgan bo‘ladi. bu gazlar ikki turga bo‘linadi: yonuvchi gazlar va yonmaydigan gazlar. Yonuvchi gazlar va yonmaydigan gazlar. Yonuvchi gazlar qatoriga vodorod (H2), uglerod oksidi (CO), metan (CH4), etan (C2H6), propan (C3H8), butan (C4H10) kiradi.


Gazning yonmaydigan qismiga karbonat angidirid (CO2), azot (N2), kislorod (O2) va suv bug‘lari (H2O) kiradi. Yonuvchi gazlarning eng yengili vodorod (H2) bo‘lib, uning issiqlik berishi yo‘q. Bu gaz, sun’iy gazlarda ko‘p uchraydi. Uglerod oksidi, asosan, sun’iy gazlar tarkibida uchraydi. Bundan tashqari, har qanday yoqilg‘ining chala yonishi natijasida ham uglerod oksidi hosil bo‘ladi. Metan gazi (CH4), asosan, tabiiy gazlarning asosiy qismini tashkil qilib, issiqlik berish qobiliyati 35840 kJ/m3. Bu gazning rangi va hidi bo‘lmaydi, o‘zi zararsiz. Metan gazi tabiiy gazlarning 90-98% ini tashkil qilishi mumkin.
Etan (C2H6), propan (C2H8), butan (C4H10) va boshqa uglevodorodlar ham yonuvchi gazlar bo‘lib, ular, asosan, metan gazi ishtirok etgan tabiiy gazlar tarkibida uchraydi.
Bulardan tashqari, tabiiy va yo‘ldosh gazlarning tarkibida suv bug‘lari, smola zarralari, chang, ammiak, vodorod, vodorod sulfid uchrab turadi. Vodorod sulfid (H2S) zaharli bo‘lib, odam organizmiga kuchli ta’sir qiladi. Bundan tashqari, vodorod sulfid gaz tarkididagi suv bug‘lari bilan birikib, sulfat kislota hosil qiladi va gaz quvurlarining metalini, qozon hamda sanoat pechlarining metall qismlarini yemirilib, ishdan chiqaradi. Shuning uchun iste’molchilarga berilayotgan gazning tarkibida vodorod sulfidning miqdori 2% dan oshmasligi kerak.



Yüklə 259,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin