1.3. Gazlardagi zaharli moddalar
Gazlar tarkibida odam organizmiga salbiy ta’sir qiluvchi va o‘limga sabab bo‘luvchi zaharli gazlar bo‘lishi mumkin. Sun’iy gazlar tarkibida ko‘proq zaharlovchi moddalar bo‘ladi. ular qatoriga uglerod oksidi (CO), vodorod sulfidi (H2S), uglerod sulfidi (C2S) va boshqa gazlar kiradi. Ulardan uglerod oksidi kuchli zaharlovchi modda bo‘lib, qonning kislorod uzatish qobiliyatini yo‘qotadi, natijada odam zaharlanib vafot etadi. Shuning uchun uglerod oksidining xonadagi miqdori 0,02 mg/l dan oshmasligi kerak. Uglerod oksidi, asosan, sun’iy gazlar tarkibida bo‘lib, har qanday yoqilg‘ining chala yonishi natijasida hosil bo‘ladi.
Vodorod sulfid (H2S) sun’iy gazlar bilan bir qatorda tabiiy gazlar tarkibida ham uchraydi. vodorod sulfid kuchli zahar bo‘lib, odam asab tizimini tez ishdan chiqarib, nafas olishi yoki yurak urishini to’xtatib, o‘limgacha olib borishi mumkin, bu gazning xonadagi konsentratsiyasi 0,001mg/1 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Iste’molchilar gaz tarmoqlariga beriladigan tabiiy gaz tarkibida vodorod sulfid miqdori har 100 m3 ga 2g dan, kommunal maishiy xo‘jalik iste’molchilariga yuboriladigan suyultirilgan gaz tarkibida esa 100 m3da 5g dan oshmasligi zarur.
Tabiiy gazlar yer ostidan qazib olinadigan gazlardir. Shahar, qishloq gaz ta’minotida va sanoat korxonalarini gaz bilan ta’minlashda tabiiy gazlardan juda keng miqyosda foydalaniladi. Tabiiy gazlar yer ostidan qazib olinadi va asosan metanlar qatoriga kiruvchi uglevodorodli gazlardan tashkil topgandir.
Tabiiy gazlarning tarkibiga metan, etan, propan, butan, pentan va geksanlar hamda ularning birikmalari kiradi. Tabiiy gazlar tarkibida uglevodorodlardan tashqari, azot, is gazi, oltingugurt, vodorod va inert (yonmaydigan) gazlari uchraydi.
Tabiiy gazlar yer ostida paydo bo‘lishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: toza gaz ko‘rinishida, neft paydo bo‘lgan joylarda neft bilan birgalikda va gaz kondensati paydo bo‘lgan kondensatli gazlar.
Toza gaz ko‘rinishidagi tabiiy gazlar asosan metandan tashkil topgan. Og‘ir uglevodorodli gazlarning (propan va undan keyingilari) quruq gaz tarkibidagi miqdori 50 g/m3 dan oshmaydi. Neft bilan birgalikda qazib olinadigan gazlar yo‘ldosh gazlar deb ataladi. Bunday gazlarning tarkibida metandan tashqari, ko‘p miqdorda og‘ir uglevodorodli gazlar (150 g/m3 va undan ortiq) bo‘lib, moyli gaz hisoblanadi. Moyli gazlar bu quruq gaz bilan propan – butanli bo‘linma va benzinli gazlar aralashmasidan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |