1-ma’ruza. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish. Maktabgacha talimni boshqaruvchi vakillik organlari Reja


Mudira - maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari



Yüklə 21,02 Kb.
səhifə2/3
tarix05.04.2023
ölçüsü21,02 Kb.
#93774
1   2   3
1-ma’ruza. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga r

Mudira - maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish mudir tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudirimaktabgacha ta'lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
- ishonchnomalar beradi;
- bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;
-maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, rag‘batlantiradi,
intizomiy jazo choralarini ko‘radi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni to‘xtatadi;
-o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarining ishlarini takomil-lashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun xalq ta'limini boshqarish yuqori organiga kiritadi;
- bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o‘quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo‘jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik» bazaning mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar

  1. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish.

  2. Maktabgacha talimni boshqaruvchi vakillik organlari

  3. Menejment deganda nimani tushunasiz?

  4. Ta'lim menejmenti qanday o‘ziga xosliklarga ega?

5. Boshqaruv deb nimaga aytiladi?
6. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari qay tartibda boshqariladi?
7. Maktabgacha ta'lim to‘g‘risidagi Nizom qachon qabul qilingan?
8. Maktabgacha ta'lim to‘g‘risidagi Nizomning bo‘limlari va ularning mazmunini yoritib bering.
9. Maktabgacha ta'lim muassasasining Ustavi haqida ma'lumot bering:
10. Seminar va seminar mashg'ulotining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

Yüklə 21,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin