1-ma’ruza metrologiyaning asosiy tushunchalari reja



Yüklə 14,26 Kb.
səhifə3/5
tarix06.02.2023
ölçüsü14,26 Kb.
#83149
1   2   3   4   5
1-ma’ruza metrologiyaning asosiy tushunchalari reja

O‘lchovlar turlari


Metrologiyada ikkita tushuncha: o‘lchov va nazorat tushunchalari mavjud bo‘lib, ularning maqsadi berilgan ko‘rsatkichning belgilangan chegaralarda joylashganligini belgilashdan iborat. Xamma o‘lchovlar fizik kattalikning sonli mohiyatining olinishi usuli bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:

Absolyut o‘lchovda miqdor standart tashuvchilar bilan solishtirish yo‘li bilan yoki asboblarning ko‘rsatmalari bo‘yicha olinadi.
Nisbiy o‘lchov shu bilan xarakterlanadiki, o‘lchov asbobining ko‘rsatkichi o‘lchovchi vosita to‘g‘rilab qo‘yilgan boshlang‘ich kattalikdan boshqacha ko‘rsatmani ko‘rsatadi.
Bevosita o‘lchovda o‘lchovchi asbobning ko‘rgazmalari miqdorni yoki miqdorning og‘ishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatadi.
Bilvosita o‘lchovda - kattaliklarning qidirilayotgan mohiyati ushbu kattalik bilan bevosita o‘lchovlar orqali belgilanadigan miqdor o‘rtasidagi muayyan bog‘liqlik asosida topiladi.
Kontaktli o‘lchov yuzadagi o‘lchanadigan detalning o‘lchov yuzalar bilan bevosita tegib turishi bilan xarakterlanadi.
Kontaktsiz o‘lchovda - kontakt bo‘lmaydi.
Differensial (tabaqalashtirilgan) va kompleks o‘lchov turlari ko‘p elementli detallarning (tishli g‘ildiraklar, kesmalar va shu kabilarning) o‘lchanishi uchun ishlatiladi.
Majmuiy o‘lchovlar ayni bir vaqtning o‘zida kattaliklarning boshlang‘ich mohiyatlari ana shunday kattaliklarning turli birikmalarining bevosita o‘lchovlarida olinadigan tenglamalar tizimini hal qilish yo‘li bilan topiladigan bir nomdagi kattaliklar uchun o‘tkaziladi (qadoq toshlar vazinining belgilanishi).
Birgalikdagi o‘lchovlar bir necha har xil nomdagi kattaliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish uchun ana shunday bir necha har xil nomdagi kattaliklar ustida o‘tkaziladi (liniyali kengaytirish koeffitsientining topilishi).
Statik o‘lchov - kattalikning o‘lchovi o‘lchov muddati davomida doimiy deb ko‘rib chiqiladi.
Dinamik o‘lchov - fizik kattalikning bir zumdagi va uning vaqt davomidagi og‘ishining o‘lchovidir.



    1. Yüklə 14,26 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin