o‘lchovlarning chegarasi - o‘lchovlar diapazonining eng katta yoki eng kam mohiyati;
o‘lchovchi kuch - o‘lchaydigan uchlikning u kontaktda bo‘ladigan detalga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi;
o‘lchov vositalarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegarasi - o‘lchovchi vosita ishga yaroqli va o‘lchash uchun yo‘l qo‘yilishi mumkin deb hisoblanadigan eng katta xatoligi;
o‘lchov vositalarining barqarorligi (stabilligi) - o‘lchovning metrologik ko‘rsatkichlarining vaqt davomidagi doimiyligini aks ettiradigan xususiyati;
o‘lchovning xatoligi - o‘lchov natijasi bilan o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy mohiyati o‘rtasidagi farq;
o‘lchovning aniqligi - o‘lchovlar sifatining ular natijalaridagi xatolikning nolga yaqinligini aks ettiradigan tavsifi;
o‘lchov vositalarining aniqligi - o‘lchovlar vositalari sifatining xatoligining nolga yaqinligini aks ettiradigan tavsifi;
o‘lchovlarning qayta amalga oshirilishi mumkinligi ayni bir xildagi kattalikning turli sharoitlarda bajariladigan o‘lchovlari natijalarining yaqinligi;
o‘lchovchi asbobning sezuvchanligi - o‘lchov vositasining chiqish joyidagi signalning o‘lchanayotgan kattalikning og‘ishiga sabab bo‘lgan amalga nisbatan munosabati;
tuzatish - bir tizimli turdagi xatoliklarni istisno qilish va o‘lchanadigan kattalikning haqiqiy mohiyatlariga nisbatan ancha yaqin turadigan mohiyatni olish uchun o‘lchovchi asbobning ko‘rgazmasiga algebraik qo‘shib qo‘yilishi kerak bo‘lgan kattalik.