4-MAVZU: O’lchash vositalarini turini tasdiqlash. O‘lchov vositalarining metrologik tavsifnomalari. Reja:
4.1.O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sinovlarini tashkil etish.
4.2. Sinovlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish.
4.3.Sinovlarni o‘tkazish tartibi.
4.1.O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sinovlarini tashkil etish.O‘lchov vositalarining metrologik tavsifnomalari. O‘lchash turlari, umuman o‘lchash juda xilma-xil yo‘sinda o‘tkazilishi mumkin. Bu, albatta, o‘lchanadigan elektr va noelektrik kattaliklarning ko‘pligiga ularning vaqt bo‘yicha har xil xarakterda o‘zgarishiga, o‘lchash aniqligiga, qo‘yiladigan har xil talablarga va o‘lchash natijalarining xar xil yo‘l bilan olinishiga bog‘liqdir. Metodologik nuqtai nazaridan o‘lchash natijasi qanday usulda olinishiga qarab, o‘lchash quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Bevosita 2. Bilvosita 3. Birgalikda 4. Majmuiy Bevosita o‘lchash - qachonki, natija bevosita tajriba orqali olinsa, bunda bevosita o‘lchashni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin. X = YX - o‘lchanadigan kattalik Y - tajriba natijasi Misol: tok kuchini ampermetrda o‘lchash. Bilvosita o‘lchash. Bunda natija bevosita o‘lchashlar asosida topiladi. X = f(Y); X = f (Y1 Y2 … Yn) Misol: P = U·I, R = U/I Birgalikda o‘lchash. Izlanayotgan kattalik tenglamalar sistemasining echimidan topilib, bunda tenglamaning parametrlari bevosita va bilvosita o‘lchashlar natijasi hisoblanadi.
F1 (U1 U2 U3, …, X1', X2', X3', ...) = 0 F2 (U1 U2 U3 ,…, X1", X2", X3",...) = 0
X1 X2, X3 - izlanayotgan kattalik U1, U2, U3 - bevosita o‘lchangan kattaliklar Majmuiy o‘lchash. Bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtda bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini echib, izlanayotgan qiymatlarni topishdir. Masalan, uchburchak shaklidagi sxema bo‘yicha ulangan rezistorlar elka uchlaridagi qarshilikni o‘lchash orqali rezistorlar qarshiligini aniqlash. Mutlaq va nisbiy o‘lchashlar. Mutlaq o‘lchash- Bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o‘lchanishi va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida o‘tkaziladigan o‘lchash. Nisbiy o‘lchash - Kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o‘zgarishini o‘lchash. O‘lchash usullari deganda o‘lchash qonun-qoidalari va o‘lchash vositalaridan foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullarini tushunamiz. O‘lchash usullari o‘lchanadigan kattalikni son qiymati o‘lchov orqali qayta tiklangan ma’lum kattalik bilan o‘zaro taqqoslash bo‘yicha bevosita baxolash va solishtirish usullariga bo‘linadi.