Mos kelish usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr yordamida val diametrini moslash. Har bir tanlangan usul o‘z usuliyatiga, ya’ni o‘lchashni bajarish usuliyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bo‘yicha o‘lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi. Bundan tashqari o‘lchanadigan kattalikning vaqt bo‘yicha o‘zgarish jarayoniga qarab o‘lchash quyidagicha turlanadi: O‘lchash jarayonida vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydigan kattalikni o‘lchash statik (bunga: turg‘un, ta’sir etuvchi, amplituda qiymatlarni o‘lchash misol bo‘ladi), vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan qiymatlarni o‘lchash esa - dinamik o‘lchash deyiladi. (m-n, oniy qiymatlarni o‘lchash) Dinamik o‘lchashlarda agar o‘lchash vositasi o‘lchanadigan kattalikning uzluksiz o‘zgarishini qayd qila olsa, bunda uni uzluksiz o‘lchash deyiladi.
O‘lchash vositalarini tasdiqlangan turiga muvofikligini sinash. O‘lchash vositasini tasdiqlangan turiga muvofiqligini sinashni o‘tkazish koidalari.
Tasdiqlangan turiga muvofiklik sinovlarini o‘tkazish tartibi va rasmiylashtirish.
Ushbu protsedura hujjatining maqsadi – mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi isbotlarni olish uchun qo‘llaniladigan nazorat va o‘lchov vositalarini:
- aniqlash;
- identifikatsiya qilish;
- nazorat qilish;
- davlat metrologik ko‘rigidan o‘tkazish va kalibrlash;
- o‘lchashlarda ishonchli natijalar olish;
- texnikaviy xizmat ko‘rsatishni boshqariladigan sharoitlarini ta’minlashdan iborat.
4.2.Sinovlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish. Qo‘llanish Soxasi Mazkur jarayon hujjati ISO9001standavrtining 7.6 bandi talablari asosida ishlab chiqilgan va joriy qilib bo‘lib korxonada qo‘llaniladigan barcha nazorat va o‘lchash vositalarini boshqarishga taalluuqlidir. korxonada qo‘llaniladigan barcha nazorat va o‘lchov vositalariga taalluqlidir.
TA’RIFLAR: