O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 58,59 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü58,59 Kb.
#45787
Suzish texnikasining boshlang’ich metodikasi (3) (1)


9-2 jms-19 MANSUROV XURSHID

O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

Mavzu: Suzish texnikasining boshlang’ich metodikasi

Bajardi: MANSUROV XURSHID

Tekshirdi:

2021-Buxoro

Reja:

  1. Sportcha suzishning texnik asoslari

  2. Suzishning nazariyasi uslubiyoti, kassifikatsiyasi va terminlari

  3. Suzish sportining turlari va ularning metodlari

  4. Adabiyotlar

Suzish nazaiyasi va usuliyati o’quv fani sifatida suzishning har xil turlarida sport tayorgarligini tashkil etish mazmuni va shaklini belgilab beruvchi umumiy qoniniyatlarni tadqiq qiladi. Sport tayorgarligi suzuvchi trenirovkasi, musobaqalarga tayorgarlik va ularda qatnashish, shuningdek trenirovka jarayonini ilmiy-usuliy ta’minlashni qarab oladigan ko’p omili jarayon sifatida qaraladi. Suzish nazariyasi va usuliyati kursning asosiy maqsadi talabalarda pedagogik faoliyatda zarur bo’lgan bilimlar, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Vazifalariga suzish tarixi, o’rgatish usuliyati, suzuvchilarning texnik, taktik, jismoniy tayorgarligi usuliyati, ularning trenirovka hamda musobaqa faoliyatini boshqarish kiradi.

Suzish nazriyasining asosiy atamalariga quyidagilar kiradi: sport musibaqalari, sport harakati, sport faoliyati, sport tayorgarligi, sport tayorgarligi tizimi, sport maktabi, sport mashg’ulotlari tizimi, sport ko’rsatkichlar, sport natijalari. Shu atamalar mazmuni va xajmini aniqlab olmasdan turib, suzish nazariyasi o’rganadigan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo’lmaydi. Sport – qisqa ma’noda shaxsiy musibaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosida kelib chiqadigan maxsus tayorgarlik hamda unin norma va yutuqlari tushuniladi. Sport musobaqalari – ko’rsatish uslubi, sport yutuqlarini baholash va taqqoslash, sport soxasidagi konkurensiyalarni o’ziga nisbatan boshqarishdir.

Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo’lishi kerakli ommili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imkoniyatlarini anglab etish, etalon ko’rsatkichlarini tuzishga qaratilgan. Suzuvchilarning tayorgarlik va musobaqa faoliyati xususiyatlari, musobaqa nagruzkasini me’yorlash muammolari, sportchilarning texnik va taktik mahorati mezonlari hamda omillari bilan tanishtiradi. Bu bilimlar bo’lajak murabbiy ishi, shug’ullanuvchilarning sport toifasi razryad talablarini bajarishga tayorgarligini samarali amalgam oshirish malakasining asosi bo’lishi lozim. Shug’ulanuvchilar tayorgarligining umumiy pedagogic va maxsus vositalari hamda uslublarini o’z ichiga oladigan sportchilar tayorgarligi tizimi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish katta ahamiyatga ega. Mazkur fan dasturi suzuvchining ahloqiy-iroda, texnik, taktik va jismoniy tayorgarligi vositalari hamda uslublarini o’rganishni nazarda tutadi. Suzuvchilarning trenirovka mashg’ulotlari va musobaqa faoliyatini nazorat qilish hamda tahlil etish malakasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar-o’smirlar sport maktablari, sportga ixtisoslashgan maktab, oily sport mahorati maktablarida suzuvchilar tayorgarligini tashkiliy-usuliy masalalariga alohida e’tibor qaratiladi, bolalar, o’smirlar, o’spirinlar va katta yoshdagi sportchilar bilan ishlashda trenirovka jarayonini tuzish xususiyatlari ko’rib chiqiladi.

Taqqoslash, sport soxasidagi konkurensiyalarni o’ziga nisbatan boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo’lishi kerakli ommili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imkoniyatlarini anglab etish, etalon ko’rsatkichlarini tuzishga qaratilgan. Suzuvchilarning tayorgarlik va musobaqa faoliyati xususiyatlari, musobaqa nagruzkasini me’yorlash muammolari, sportchilarning texnik va taktik mahorati mezonlari hamda omillari bilan tanishtiradi. Bu bilimlar bo’lajak murabbiy ishi, shug’ullanuvchilarning sport toifasi razryad talablarini bajarishga tayorgarligini samarali amalgam oshirish malakasining asosi bo’lishi lozim.

Shug’ulanuvchilar tayorgarligining umumiy pedagogic va maxsus vositalari hamda uslublarini o’z ichiga oladigan sportchilar tayorgarligi tizimi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish katta ahamiyatga ega. Mazkur fan dasturi suzuvchining ahloqiy-iroda, texnik, taktik va jismoniy tayorgarligi vositalari hamda uslublarini o’rganishni nazarda tutadi. Suzuvchilarning trenirovka mashg’ulotlari va musobaqa faoliyatini nazorat qilish hamda tahlil etish malakasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar-o’smirlar sport maktablari, sportga ixtisoslashgan maktab, oily sport mahorati maktablarida suzuvchilar tayorgarligini tashkiliy-usuliy masalalariga alohida e’tibor qaratiladi, bolalar, o’smirlar, o’spirinlar va katta yoshdagi sportchilar bilan ishlashda trenirovka jarayonini tuzish xususiyatlari ko’rib chiqiladi.

“ Brass” usulida ko’krakda suzish suzishning boshqa usullariga qaraganda harakat tezligi jihatidan ancha orqada turadi. Bu usulning texnikasi oyoq va qo’llar harakatlarini bir vaqtda, bir-biriga mos holda bajarish, harakatlarni ma’lum tartibda uyg’unlashtirib borish bilan xarakterlanadi. Tayyorgarlik harakati paytida qo’llar suvdan chiqmaydi. “ Brass”ning sportdagi ahamiyati krol usulida ko’krakda suzishdagi nisbatan ancha kam, lekin “brass” amaliy ahamiyati jihatidan suzishning boshqa usullariga qaraganda ustunlikka ega.

Ochiq tabiiy suv havzalarida brass usulida suzishda atrof muhitni mo’ljalga olish, kerakli harakat yo’nalishini saqlash oson bo’ladi. Bu usuldan kiyim bilan suzishda va suzuvchan narsalarni bir joydan ikkinchi joyga olib o’tishda foydalanish qulay. “Brass” usuli texnikasini yaxshi egallaganlar katta masofalarni bemalol suzib o’ta oladigan bo’ladilar. “ Brass” usulidan suzishga o’rgatishning boshlang’ich bosqichida foydalanish mumkin. “ Delfin” usuli mustaqil usul sifatida 1953 yildan boshlab musobaqalar programmasiga kiritilgan.” Delfin” usuli suzish tezligi jihatidan krol usulida ko’krakda suzishdan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. “Delfin” usuli bilan suzishda tayyorgarlik harakati vaqtida qo’llar suv ustidan (havodan) oldinga olib o’tiladi, oyoqlar krol usulidagi kabi, faqat ikkala oyoq bir vaqtda harakat bajaradi.

“Delfin” usuli “krol” usulida ko’krakda suzish texnikasi mukammal o’zlashtirilgandan so’ng o’rgatiladi.

“ Krol” usulida chalqancha suzish – bu usul qo’l va oyoqlarning navbatma- navbat, ketma – ket bajaradigan harakatlari bilan xarakterlanadi. Tayyorgarlik harakati vaqtida qo’llar suv yuzida – havoda bo’ladi. Bu usul tezligi jihatidan delfindan so’ng uchinchi o’rinda turadi. “Aralash” suzish – asosiy sportcha suzish usullarini oz’ida mujassamlashtirgan bo’lib, har tomonlama suzish mahoratini sinovdan o’tkazishda ajoyib vosita hisoblanadi.

Bu usul boshqa usul bilan shug’ullanuvchi suzuvchilarga mashq jarayonida juda qo’l keladi. “Aralash” usulda suzish turli miqyosdagi hamma musobaqalarda qo’llaniladi. “Aralash” suzish texnikasini suzishning asosiy (“krol” usulida ko’krakda, chalqancha, “brass”, “delfin”) usullari texnikasi o’zlashtirilgandan keyingina o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Estafeta - komandali musobaqalarning turi bo’lib, bunda har bir komandada 4 tadan suzuvchi qatnashadi. Komanda suzuvchilari birinchi bosqichda start beruvchining “Marsh” komandasi yoki o’q otib berilgan signalga muvofiq start oladilar.

Komandaning keyingi qatnashchilari oldingi bosqichdagi suzuvchilar masofani suzib o’tib, qo’llari bilan hovuz devoriga tekkanlaridan keyingina start oladilar. Suzuvchilarning vaqtdan ilgari o’rin almashishlari musobaqa qoidasini buzish deb qaraladi, bunday komanda natijasi hisobga olinmaydi. Erkin suzish bilan o’tkaziladigan musobaqalarda suzuvchilar har qanday suzish usulidan foydalanishlari mumkin. “Aralash” estafetada esa musobaqa qoidasida ko’rsatilgan suzish usullarining ketma – ketligi saqlanmog’i shart.

Ochiq suv havzalarida suzish - daryo, ko’l, dengizlarda suzish sportda unchalik ahamiyatga ega emas. Bunga katta ommaviy – sport tadbirlari, suvda o’tkaziladigan bayramlar kiradi. Amaliy suzish. Bunga sho’ng’ish, cho’kayotganlarni qutqarish, suv yuzida tutib turuvchi vositalar yordamida va ularsiz suv to’siqlaridan suzib o’tish, suvda kiyim bilan suzish – kiyim boshlarini yechish, har xil kattalikdagi turli buyumlarni suvdan olib o’tish, suvdan chiqarish va boshqalar kiradi. Sho’ng’ish – suv tagida suzishdan iborat bo’lib, juda katta amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham sho’ng’ish texnikasi sportcha suzish va suv ostida suzish bilan birgalikda o’rgatiladi. Sho’ng’ish quyidagi turlarga bo’linadi: tezlikni oshirib suzish, suv tubidan narsalar olib chiqish, maksimal uzunlikka va chuqurlikka, suv tubida ma’lum muddatgacha qolish kabilar. Sho’ng’ishning maksimal uzunlikka, chuqurlikka va suv tubida uzoq qolish kabi turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish 1934 yildan boshlab bekor qilingan. Sho’ng’ishda “krol”, “brass”, “ yonboshlab” suzish usullari texnikasi biroz o’zgartirilgan holda aralash qo’llaniladi. Shug’ullanuvchilar sportcha suzish usullaridan biri (“krol” yoki “brass”)ning texnikasini o’rganar ekanlar sho’ng’ishni ham o’rganishlari mumkin. O’quv jarayonida 5 m chuqurlikka va 50 m uzunlikka sho’ng’ishni o’rgatish nazarda tutiladi.

Suv to’siqlaridan suzib o’tish suzadigan, suv yuzasida tutib turuvchi vositalar yordamida va ularsiz, shuningdek arqon va xodalar vositalarsiz suzishga ham to’g’ri keladi. Bunda brass yoki yonboshlab brass yoki yonboshlab suzish usullari ma’qul ko’riladi. Ba’zan krol usulini yaxshi egallagan suzuvchilar suzib o’tishlari mumkin. Kiyim-bosh bilan suzish sportcha suzishga qaraganda past tezlikda o’tadi va tez charchatadi. Shug’ullanuvchilar suzish usullarini to’liq, mukammal o’zlashtirib olganlaridan so’ng, ularga yoz kunlari, tabiiy suv havzalarida to’siqlardan suzib o’tish usuli o’rgatiladi. Suv ostida suzish. Keyingi yillarda mamlakatimizda va chet ellarda suv sportining bu turi keng tarqalib, rivojlanmoqda.

Chunki suzishning bu turi katta tashkiliy, ilmiy, xo'jalik va mudofaa ahamiyatiga ega. Suv ostida suzuvchi sportchilar ilmiy – tekshirish ekspeditsiyalarida qatnashib, suv osti hayvonot va o'simliklar dunyosini o'rganadilar, suv havzalari tubini tadqiq qiladilar. Hozirgi paytda suv ostida suzish mustaqil sport turi hisoblanadi. Bu sport turi bo'yicha turli xalqaro musobaqalar o'tkazilmoqda. “Sinxron” (badiiy) suzish xilma-xil statik va dinamik harakatlardan tuzilgan, individual yoki kollektiv tarzda sportchi qizlar tomonidan bajariladigan mashqlardan iborat. Musobaqa dasturiga shahsiy, juft va gruppali chiqishlar kiradi. Musobaqa qatnashchilarning hammasi dastavval beshta mashqdan iborat majburiy dasturni bajarishadi.

Istalgan dastur chiqishlarni baholashda bajariladigan mashq texnikasidan va ta'sirchanligi ham hisobga olinadi. Suvdagi o'yinlar shug'ullanuvchilar faoliyatini faollashtiradi, ularni jamoa ruhida tarbiyalaydi, suzish bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlarning qiziqarli va zavqli o'tishini ta'minlaydi.

Bolalar bilan o'tkaziladigan darslarda turli ko'ngil ochish o'yinlaridan keng foydalaniladi:

1. Suvga odatlanishga o'rgatuvchi.

2. Suzish elementlari texnikasini egallash va takomillashtirishga ko'maklashuvchi. 3. Umumiy jismoniy rivojlanishga ta'sir etuvchi.

4. Amaliy, suv osti va sinxron suzish texnikasi bilan tanishtiruvchi.

5. Suv to'pi elementlari texnikasini o'rgatishga xizmat qiluvchi.

6. Suvga sakrash elementlari texnikasini o'rgatishda qo'llaniladigan o'yinlar shular jumlasidandir.

Suvda ko'ngil ochish shug'ullanuvchilar dam olishini faollashtirish, diqqatini asosiy mashg'ulotlardan biroz chetga tortishdan iborat bo'lib, mehnatkashlar dam oladigan suv havzalarida uyushtiriladi. Suvda ko'ngil ochish o'yinlari ikki turga: maxsus qurilmalar vositasida bajariladigan va qurilmalarsiz o'tkaziladigan o'yinlarga bo'linadi.

Suv to'pi - yagona, qiziqarli va zavqli sport o'yinidir. U sportchilardan yuksak suzish mahoratiga va suvda to'p bilan muomala qila olish qobiliyatiga ega bo'lishni talab qiladi. O'yin to'rt tarafi yog'och po'kaklar bilan o'ralgan suv maydonida (20X30 m) o'tkaziladi. Maydonning yuza chiziqlari o'rtasiga balandligi 90sm va kengligi 3 m li darvozalar o'rnatiladi. O'yinda ishtirok etish har bir komandadan 11 kishiga zayavka berilib, o'yinda bevosita 7 kishi qatnashadi va ular tanaffus paytida almashtirib turiladi. O'yin «soft vaqt» bilan 28 minut davom etadi, 7 minutdan to'rt davrga bo'linadi. Davrlar orasida 2 minutlik tanaffuslar bo'ladi. Bu fursat darvoza va o'yinchilarni almashtirishga imkon beradi.

O'yinning maqsadi - raqib darvozasiga ustalik bilan mumkin qadar ko'p to'p kiritishdan iborat. Suzish – suv topi, suvga sakrash, amaliy suzish va boshqa sportcha hamda bo lmagan suzish turlari shug ullanuvchilar salomatligini mustahkamlaydi, ularda zarur, hayotiy (amaliy) ko nikmalarni hosil qiladi. Suzish, suv polosi va suvga sakrash mashgulotlarida bajariladigan turli mashqlar shug ullanuvchilarning harakat qobiliyatini mukamallashtiradi, kuch, tezlik, chidam, chaqqonlik kabi sifatlarni rivojlantiradi. Bundan tashqari shug ullanuvchilar sport turlari texnikasi va trenirovka uslubiyoti bo yicha nazariy bilimlarni egallaydilar.

Texnika asoslari suzish tezligining o’zgarishiga va suzuvchining shaxsiy, o’ziga xos xususiyatlarigagina bog’liq emas. Suzish tezligining oshishi bilan texnikaning faqat ayrim detallari o’zgarishi mumkin. Shunday qilib qisqa masofalarga suzish gavda holatining to’g’ri bo’lishi, harakat tezligining ko’payishi, bir qancha harakat sikllarini nafasni tutib turib bajarish bilan xarakterlanadi. Musobaqa qoidasida belgilangan har xil masofalarni suzib o’tish texnikasi start olish, masofani suzib o’tish va burilishlardan tashkil topadi. Qisqa, o’rta va uzoq masofalarga suzish texnikasida prinsipial farq yo’q. Sportcha suzish texnikasi negizida ayrim umumiy holatlarni ko’rish mumkin. Suzishning har bir usuli texnikasi bir butun shu bilan bir vaqtda shartli qismlardan tuzilganini ko’rib chiqish mumkin: gavda holati, nafas va qo’l oyoq harakati. Jumladan qo’l va oyoq harakatini o’rganishda harakat formasi – yo’nalishi va tezligini, shuningdek, ularning mohiyati, xarakteri, tezlik va kuchini tahlil qilish zarur.

Harakat formasi texnika mazmunini emas, uning faqat tashqi ko’rinishini aks ettiradi. Harakat formasini to’g’ri egallagan ko’pgina suzuvchilar yuqori sport natijalarini ko’rsatavermaydilar. Suzishning har bir usuli o’ziga xos va xarakterli texnik elementlarga ega. Suzuvchi gavdasi suv sathida cho’zilib yotishi, oldinga siljishda kam energiya sarf qiladigan oquvchanlik formasi turmog’i kerak. Tabiiyki, gavdaning erkin holati bosh holati va o’pkaning havo bilan to’lish darajasiga bog’liq. Boshni ortiqcha ko’tarib yuborilsa oyoqlar pastga tushadi va yelka – bo’yin muskullari haddan tashqari tarang tortiladi.

Bunday holatda boshning har qanday harakati gavda holatini o’zgarishiga olib keladi va uning muvozanatini buzadi, kerak bo’lmagan vertikal holatni vujudga keltiradi hamda gavdaning yon tomonga tebranishiga sharoit yaratadi. Sprinterlar uchun boshni sal ko’tarib, yelkani ancha yuqori tutish holati xarakterlidir. Uzoq masofalarga suzishda gavda suvda tabiiy holatda bosh esa, gavda bilan bir chiziqda, gavdaning aylanma o’qi bo’ylab joylashgan bo’ladi. Sportcha suzish usullarini o’rganayotganda to’g’ri nafas texnikasini o’zlashtirish eng qiyin elementlardan biri hisoblanadi.

Chalqancha suzishdan tashqari suzishning hamma usullarida suvda bajariladigan nafas mashqlari katta qiyinchiliklar tug’diradi. Suv bosimining gavdaga bo’lgan ta’siri shug’ullanuvchilardan nafas chiqarish uchun ortiqcha kuchlanish talab qiladi. Shuning uchun masofalarni suzib o’tishda asosiy e’tiborni chuqur nafas olishga emas, balki chuqur nafas chiqarishga qaratish kerak. Nafas olish uchun suzuvchi zudlik bilan gavda holatini o’zgartirmasdan boshni ko’tarishi yoki burishi kerak. Qo’l harakati bilan bir maromda bajarilayotgan bosh harakati, masalan, ko’krakda krol usulida suzayotganda, gavdaning maqsadsiz aylanishi va yelkaning pastga tushib ketishiga olib keladi.

Suzganda burilishlar va boshning ko’tarilishi tegishli suzish usuli barcha elementlari uyg’unligini hisobga olgan holda bajarilishi, lekin ular gavda holatiga va qo’l – oyoqlar harakatiga ta’sir qilmasligi kerak. Nafas olish paytida boshning ortiqcha ushlanib qolishi gavda muvozanatini va harakatlar moslashuvini buzadi, natijada tezlik pasayadi. Brass va chalqancha suzish usullaridagi tezlikdan boshqa usullardagi qo’l harakatidan hosil bo’ladigan tezlik ancha yuqori bo’ladi. Lekin ko’krakda krol, batterflyay (delfin) usullarining turli bosqichlaridagi ish unumi bir xil bo’lmaydi. Shunday qilib eshishning boshida va oxirida harakat pastda, keyin yuqorida bajarilganda unum kamayadi. Ko’krak suyagi bilan yelka bo’g’inlari vositasida birlashgan qo’l va chanoq - son bo’g’imlari vositasida birlashgan oyoqni ikkinchi darajali dastaklar deb qarash kerak.

Ma’lum bir vaqt ichida harakatlar siklini bajarish temp, tezlikni hosil qiladi. Eshishni boshlashdagi yuqori temp, tezlik qo’l va oyoq muskullarining haddan tashqari zo’riqishiga olib keladi, “ushlanib qolishga” imkon bermaydi. Buning natijasida suvning “o’pirilishi” vujudga keladi. Bu esa eshish uzunligini kamaytiradi, harakatdagi muskullar va butun organizmning charchashini tezlashtiradi. Asta-sekin tezlashtirilgan eshish unumdorlikni oshiradi va imkoniyatdan samarali hamda o’z vaqtida foydalanishni ta’minlaydi. Binobarin, muskul tezlanishining asta-sekin o’sishi bilan eshish tezligi va uzunligi, o’z navbatida suzishning umumiy tezligi ham oshadi. Yetarli muskul kuchiga ega bo’lmagan suzuvchilar eshishning maqsadga muvofiq yuqori tezligini saqlash uchun o’z imkoniyatlaridan samarali foydalanishlari kerak. Buning uchun qo’llarni bo’g’imlaridan kerakli darajada bukib, yelka dastagi qisqartiriladi.

Eshish harakatida qo’l panjasi suzuvchini harakat yo’nalishiga perpendikulyar tarzda iloji boricha ancha katta eshish yuzasiga ega bo’lishi kerak. Har bir suzuvchi eshish uzunligini oshirishga harakat qiladi. Bu uning yuqori texnika sifatlarini namoyon qiluvchi asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Shunday qilib, harakat texnikasining ayrim detallari - gavda holati, nafas ritmi, eshish uzunligi va tezligi, muskul kuchlanishini o’zgartirish hisobiga suzishda yuqori tezlikka erishish uchun har bir suzuvchi o’zining shaxsiy imkoniyatlaridan ratsional foydalanishga intilishi kerak. Sport mashqi jarayonida suzuvchining harakat imkoniyatlari oshadi, texnikasining ayrim detallari o’zgaradi va takomillashadi.

Suzish texnikasi deganda, harakatlarni mutanosib ravishda namoyon qilish tushuniladi. Bu esa ma’lum harakat qoidalariga rioya qilgan holda oddiy suvda cho’miluvchilar suzishdan farqi qolmay qoladi. Buning uchun, avvalo, suzishning shakli, harakat usullari va shu harakatlarning o’zaro qovushishi, mos kelishi talab etiladi. Shunda sportchi o’zining tashqi va ichki kuchlarini yuqori darajada safarbor qila oladi. Suzuvchining muntazam ravishda “bir qolipga tushib suzish” tabiatini egallashi bora – bora uning individual suzish texnikasiga aylana boradi. Endi o’zining butun harakat va funksional imkoniyatlarini o’z texnikasi asosida ro’yobga chiqaradigan bo’ladi.

Bu odatda, individual texnika deyiladi. Individual texnika qoida o’laroq, doimiy ravishda rivojlantirib, takomillashtirib borishni talab etadi. Individual texnika qanchalik takomillashsa, u shunchalik yengil ko’chadigan bo’lib boradi va yangidan - yangi turlar mashq qilish imkoniyati tug’iladi. Suzish texnikasini qanchalik sust yoki tez takomillashtirib borishda yuqorida aytib o’tganimizdek, sportchining yoshi, bo’yi, gavda qismlari rivojlanganligining o’zaro nisbati, vazni, oyoq va shu suzuvchiga xos uning shaxsiy qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Sportchining jismoniy chiniqqanligi, kuchi va qayishqoqligining roli o’z – o’zidan ayonki, juda zarur.

Supасhadаn vа suvdаn turib stаrt оlishni yangi vаriyantlаri vа ulаrni mаqsаdgа muоfiqligi. Stаrt hоlаtini bаjаrishl tаkliflаr yangi nizоmlаr bilаn bоg’liqdir. Аfinаdа 1896 yili I Оlimpiyadа o’yinlаridа suzish bo’yichа musоbаqаlаr bo’lgаn. Suzuvchilаr 1993 yillgаchа stаrtni hаvzаni ustidаn оlingаn. 1936 yildаn bоshllаb stаrt tumbuchkаlаridаn stаrt оlingаn. Shundаy vоkеаlаr bo’lgаnki spоrtchilаr musоbаqа dаvridа 3 mаrоtаbа hаtоlikkа yo’l qo’ysа ya’ni fаlsаrt qilsа suzuvchilаrni musоbаqаdаn chеtlаtilgаn qilingаnlаr.

Hоzirdа musоbаqа dаvоmidа аmаliyotdа musоbаqа qоidаsi bo’yichа bittа stаrt bilаn stаrt оlishgа ruhsаt etilаdi, buyruq bilаn stаrt tumbоchkаsining оldingi tоmоnidаn ruhsаt bеrishlаdi. Stаrt оlishl - spоrtchа, аyniqsа, qisqа mаsоfаlаrgа suzishldа kаttа аhаmiyatgа egа. Аmаldа stаrt yahshi оlingаndа 0,5 sеknddаn 1,0 sеkundаgаchа vаqt yutishl mumkin. Suzuvchilаrning muvаffаqiyati yahshi stаrt оlishlgа ko’p jihаtdаn bоg’liq. Tеxnikа jihаtidаn to’g’ri bаjаrilgаn stаrt suzuvchigа o’z gаvdаning qulаy hоlаtini sаqlаsh vа mаsоfа bоshidа zаrur bo’lgаn tеzlikni yarаtishgа imkоn bеrаdi. Spоrtchа suzishdа stаrtning ikki turidаn fоydаlаnilаdi: 1. Supаchа (tumbоchkа) dаn stаrt оlishl.

Bu suzishlning hаmmа usullаridа qo’llаnilаdi.

2. Suvdаn turib, bаssеyn dеvоridаn dеpsinib stаrt оlish, chаlqаnchа yotib suzishdа qo’llаnilаdi. Stаrt оlishl tеhnikаsini yahshi tushunish vа o’rgаnish uchun uni shаrtli rаvishdа аlоhidа elеmеntlаrgа аjrаtish mаqsаdgа muvоfiq. Mаsаlаn, dаstlаbki hоlаt, tаyyorlаnish hаrаkаti vа dеpsinish, hаvоdа uchish, suvgа kirish vа suvdа sirg’аnish, suv yuzigа qаlqib chiqish hаmdа suzishgа o’tish. Endi ulаrgа аlоhidа to’htаb o’tаmiz.

Dаstlаbki hоlаt еtаrli dаrаjаdа qo’lаy vа tеz sаkrаsh uchun zаrur bo’lgаn vаziyatni egаllаshldаn ibоrаtdir. Bu qo’yidаgilаrgа bоg’liq bo’lаdi: оyoq bo’g’imlаridаn bukilish dаrаjаsigа, gаvdаning egilishl vа qo’llаr hоlаtining tаfоvutigа: оrqаgа, yongа yoki оldgа – pаstgа uzаtish. Оdаtdа , dаstlаbki hоlаt ko’prоq spоrtchilаrning o’zigа hоs hususiyatlаrgа bоg’liq bo’lаdi. Eng qulаy bu – tоvоnlаrning bir – biridаn 15 – 20sm оrаliqdа pаrаllеl jоylаshish vа pаnjаlаr bilаn supаchаning оldingi chеtidаn qisib turishdir.

Оyoqlаr tizzа bo’g’imidаn tаhminаn 130 – 160 burchаk hоsil qilib bukilаdi, turilаdi. Sоn bilаn tаnаning оldingi yuzаsi оrаlig’idаgi burchаk 40 – 60 gа еtgunchа gаvdа оldingа egilаdi (bukilаdi), qo’llаr оrqаgа – yongа yo’nаltirilаdi, kаftlar оrqаgа yuqоrigа qаrаtilgаn bo’lаdi. Suzuvchining оg’irlik mаrkаzi stаrt оlish supаchаsining оldingi chеtigа to’g’ri kеlish kеrаk. Shundа buyruq bеrilgаn zаhоti tаyyorgаrlik hаrаkаtini vа dеpsinishni bаjаrish qulаy bo’lаdi.

Tаyyorgаrlik hаrаkаti vа dеpsinish. Stаrt bеruvchining bеrgаn buyrug’i ( оtilgаn o’q, sirеnа tоvush) dаn so’ng suzuvchi hеch bir hаyollаnmаy tеzlik bilаn dеpsinish kеrаk. Buning uchun оldin gаvdаni оldingа tаshlаb, muvоzаnаtdаn chiqilаdi, оyoq uchigа (pаnjаlаrdа) ko’tаrilаdi, qo’llаr оrqаgа yongа siltаnаdi yoki оldindаn оrqаgа аylаntirilаdi. Shu pаytdа оg’iz оrqаli kuchli nаfаs оlinаdi. Shundаn kеyin gаvdаni оldingа tаshlаsh bilаn bir pаytdа оyoqlаr tizzа bo’g’imidаn bukilаdi, qo’llаr dеyarli to’g’ri hоlidа yuqоrigа оldingа siltаnib hаrаkаt qilаdi.

Ya’ni оyoqlаr tоs- sоn bo’g’imidаn, tizzаdаn vа bоldir- pаnjа bo’g’imidаn, qo’llаr tirsаkdаn bukilаdi yoki qo’llаrni to’g’ri tutib оldingа аylаntirib siltаb hаrаkаtlаntirilаdi. So’ng bоr kuch bilаn dеpsinib, stаrt supаchаsidаn bajarаdi. Dеpsinish – stаrt оlishning eng muhim elеmеnti hisоblаnаdi.

Uchish tеzligi vа uzunligi, shuningdеk, suvgа kirgаndаn (tushgаndаn) so’ng suzishning bоshlаng’ich tеzligi dеpsinishning kuchigа bоg’liq. Dеpsinish kuchi esа ko’prоq оyoqlаr kuchi vа yozilish tеzligigа bоg’liq bo’lаdi. Qo’llаrning оldingа bo’lаdigаn hаrаkаti shundаy аniqlik bilаn bаjаrilish kеrаkki, bundа hаrаkаt dеpsinish pаytidаgi оyoqlаrning rоstlаnishigа mоs kеlsin. Bundаy mоslik dеpsinish kuchini yanа hаm оshlirаdi. Qаndаy bo’lgаndа hаm dеpsinish shuningdеk qo’llаrning suzuvchi gаvdаsini butunlаy to’g’rilаgаndа bаjаrilаdi. Hаvоdа uchish. Supаchаdаn оyoqlаr uzilib suvgа tushgunchа qаdаr bo’lgаn hоlаtgа hаvоdа uchishl dеyilаdi. Hаvоdа uchish tеzligi vа uzоqligi stаrtdаn chiqish pаytidаgi gаvdа hоlаtigа, dеpsinish kuchi vа uning yo’nаlishlgа ko’p bоg’liq.

Suzuvchining bundаy pаrvоz qilishdа uchish egriligi eng kаm bo’lib, u hаvоdа uchish hаrkаtining umumiy tеzligini оshirаdi, suvgа bоtgаndа esа gаvdаning hаrаkаt tеzligining оshishigа ko’mаklаshаdi. Uchish pаytidа gаvdа kuyidаgi hоlаtni egаllаydi: оyoqlаr rоstlаngаn, qo’llаr оldingа cho’zilgаn vа tаhminаn yеlkа kеngligidа tutilgаn, kаft pаstgа qаrаgаn, bоsh ikki qo’l оrаsigа jоylаshlgаn bo’lаdi.

Gаvdаning bu hоlаti suvgа bоtgunchа sаqlаnаdi. Suzuvchi uchish pаytidа hаvоdа tаhminаn 20 li yoy yаsb, sеkin аstа bоsh bilаn sho’ng’ishl hоlаtigа o’tаdi. Hаvоdа uchish judа muhim bоsqichlаrdаn biri. Uni shundаy bаjаrishl kеrаkki, bundа suzuvchi suvgа kirаr ekаn, gаvdаsining to’g’ri hоlаti sаqlаnsin vа yuqоridаn tushlgаn оg’irlik kuchining tа’siri оstidа gаvdа qulаb tushmаsin, аksinchа, bоshlаng’ich hаrаkаt tеzligini еtаrli dаrаjаdа sаqlаsin. Uchishning o’rtаchа uzunligi stаrt оlish supаchаsigа qo’l pаnjаlаri tеkkаn jоygаchа hisоblаnib, erkаklаrdа 3,5 – 4,0 mеtr, аyollаrdа 3,0 – 3,5 mеtrlаr аtrоfidа bo’lish kеrаk. Suzishning hаmmа usullаridа dеpsingаndаn kеyingi uchishl nаfаs оlib, uni chiqаrmаgаn hоldа bаjаrilаdi. Nаfаsni suv yuzigа chiqish оldidа chiqаrilаdi. Suvgа kirish vа sirg’аnish . Оdаtdа, hаvоdа uchаyotgаn suzuvchi suvgа kirishl burchаgigа bоg’liq hоldа suvgа bоtаdi. Bu burchаk аksаriyat vаqtlаrdа gаvdаdаn to’g’ri suv yuzаsigа o’tkаzilgаn o’qqа nisbаtаn 15 – 20 bo’lаdi.

Rаvоn stаrtlаrdа bоtish chuqurligi 40 – 50Sm, birоz tik bo’lgаndаn 50 – 60sm vа undаn ko’prоq bo’lishl mumkin. Sirg’аnish uzunligi – stаrt оlish supаchаsidаn suv yuzаgа chiqqunchа bo’lgаn оrаliq erkаklаrdа 7 – 8m, аyollаrdа 7 m аtrоfidа bo’lаdi. Аmаliy kuzаtishlаrdаn оlingаn mа’lumоtlаrgа qаrаgаndа, Sirg’аnishlgа kеtgаn vаqt uzunligi 7m bo’lgаndа, erkаklаrdа 2,5 sеuknd, аyollаrdа 3,0 sеkundni tаshlki etаdi. Suv yuzigа qаlqib chiqish. Sirg’аnish tеzligi suzuvchining mаsоfаdаgi suzish tеzligigа yaqinlаshlgаndа yoki undаn bir о’z оshlgаn pаytdа u suv yuzigа qаlqib chiqishi vа o’shа tеzlikdа suzishgа kirishmоg’i kеrаk. Birinchi suzish hаrаkаtlаri musоbаqа qоidаsigа muvоfiq suzishl tеzligigа bоg’liq hоldа bаjаrilаdi.

Krоl usulidа ko’krаkdа suzgаndа hаrаkаtlаr оyoqdаn bоshlаnаdi. Suv yuzigа qаlqib chiqishdа bir qo’l hаrkаti ko’shilаdi. Bundа eshish shundаy hisоb bilаn bаjаrilishl kеrаkki, eshlishlning tugаshli gаvdаning to’liq suv yuzigа chiqishligа to’g’ri kеlsin. Qo’l eshish hаrаkаti tugаshi bilаn to’htоvsiz rаvishdа tаyyorgаrlik hаrаkаtini bаjаrаdi. Shu pаytd ikkinchisi eshа bоshlаydi. Nаfаs esа birinchi yoki kеyingi eshish hаrаkаtidа оlinаdi. Shundаn so’ng suv yuzidа dаvоm etаdi. Аyrim suzuvchilаr suv yuzigа chiqqаndаn kеyin hаm 2 – 3 siklgаchа nаfаsni tutib bоrаdilаr.

Quruqlikdа turli hildаgi mаshqlаrni bаjаrishl pаytidа nаmоyon bulаdigаn kuch sifаtlаrning yuqоri dаrаjаsi suvdа mаhsus tаyyorgаrlik hаmdа musоbаqа mаshqlаrini bаjаrishdа yuqоri dаrаjаdаgi kuch qоbiliyatlаrning nаmоyon bo’lishini kаfоlаtlаnmаydi. Ko’pinchа zаrur kuch sifаtlаrigа egа bo’lgаn, quruqlikdа umumiy tаyyorgаrlik, yordаmchi kuch sifаtlаrigа egа bo’lgаn, quruqlikdа umumiy tаyyorgаrlik, yordаmchi hаmdа аyrim mаhsus tаyyorgаrlik mаshqlаrini bаjаrа оlаdigаn spоrtchilаr stаrt vа burilish pаytidа qo’l hаrаkаtlаrini bаjаrishldа yuqоri dаrаjаdаgi kuchni nаmоyon qilа оlmаydilаr.

Suv ichidа stаrt оlishl tеhnikаsini o’rgаnish mаshqlаri. 1. Hоvuz dеvоrigа qаrаb turib, qo’llаr bilаn mаhsus tutkichdаn ushlаnаdi. Оyoqlаr suv оstidа bukilgаn hоldа dеvоrgа tаyanilаdi. Bоshni оrqаgа tаshlаb, suvgа bеl bilаn yotilаdi, tushirilgаn vа bukilgаn qo’lni ko’krаk ustidаn оldingа o’tkаzib bоsh uzrа to’liq uzаtilаdi vа оyoqlаr bilаn hоvuz dеvоridаn dеpsinilаdi. Gаvdа rоstlаngаn hоldа, chаlqаnchа, to’lа to’htаgungа qаdаr suvdа sirgаnilаdi. 2. а) dаstlаbki hоlаt – qo’llаr bilаn hоvuz chеtidаgi mаhSuS tutkichdаn ushllаnаdi, Suvdаn stаrt оlishl uchun tik turilаdi. Qo’llаrni tеz hаrаkаtlаntirib yuqоrigа-оldingа yoki yongа-оldingа yo’nаlishldа ko’tаrib, bоsh uzrа birlаshtirib vа gаvdаni rоstlаnib, оyoqlаr bilаn hоvuz dеvоridаn dеpsinilаdi. To’lа to’htаgunchа sirgаnilаdi. b) «а» mаshq chаlqаnchа suzish uchun stаrt оlish jоyidа bаjаrilаdi. 3. Chаlqаnchа suzish uchun suvdа stаrt оlish kоmаndаsiz vа kоmаndа bilаn bаjаrilаdi.

Ko’krakda krol usuli suzishning zamonaviy usuliga aylandi. Bu eng tezkor usul bo’lib odatda, suzuvchining gavdasi gorizontal holatga eng yaqin keltiriladi, qo’llar navbati bilan bosh tepasidan suvdan chiqarib oldinga tashlanadi va eshiladi, yuz peshonaga qadar suvga botib turadi, nafasni yonga qaragan paytda olinadi va suvga chiqariladi. Bunda sportchini olg’a siljitib boruvchi kuchi asosan qo’lida bo’ladi. Suzish bu usuli eng tez suzish usullaridan bo lib, musobaqalarda 50m, 100m, 200m, 400m, 800m, 1500m; estafetali suzishlarda 4x100m, 4x200m, kompleksli suzishlarda 200 va 400m ga suziladi. Suzishni o rganish prosesida, e tibor berib borilsa, ular hali suzish texnikasi bilan tanish bo lmasalar ham, suvga tushib suzishga harakat qilgan paytlarida qo l va oyoqlarini krol usulida suzishga o xshatib qimirlatadilar. Bu usulini o rganish osonroq bo lib asosida chalqancha suzish va delfin usulida suzish texnikasi yo tadi. Bu usulining har bir harakati bilan tanishib chiqish kelajakda yanada yaxshiroq suzish malakasini egalashda asos bo lib xizmat qiladi.

Gavda va boshning holati. Suzish paytida tana suvning yuza qismida gorizontal holatga yaqin turadi, tos va son qismi undan sal yuqoriroqda, yelka kamari undan ham sal yuqoriroqda, yuz qismi suvga botib, suv esa peshona sathida turadi. Suzayo tgan kishi shu holatda suzar ekan, suv ostiga oldinga va bir oz pastga qaragan holda suzadi. Suzish jarayonida yo n tomonga qaragan holda suzadi. Suzish jarayonida yo n tomonlarga og ib ketmaslikgi, tos qismi tebranmasligi, faqat suv gavdani tekis tutib suzishga harakat qilish kerak bo ladi. Qo’llar harakatini batafsilroq tasvirlaydigan bo’lsak, bu quyidagicha bo’ladi: o’ng qo’l, o’ng yelka ro’parasidan suvga botiriladi va shu paytda qo’l tirsakdan xiyol bukiladi; oldin barmoqlarni yozib (kerib emas) panjani keyin bilak va nihoyat yelka suvga botiriladi. Suv tagida qo’l oldinga uzatilgan bo’lishi va pastga qarab eshilishi, yarmisiga kelganda esa qo’l harakatini tezlatish kerak. Qo’l bilan suvni oldinga tortayotganda harakatning yarmisiga kelganda qo’l tirsakdan bukiladi va biqin yonidan to songacha suvni zo’r berib tortishda davom etiladi. Eshish harakatlarini bajarayotganda barmoqlar birlashtirilib suvni iloji boricha ko’proq olish uchun yuza hovuch hosil qilinadi.

Shunday qilinganda suv qo’llar uchun tayanch vositasini o’taydi va odam gavdasi tezroq ilgariga suriladi. Shuni unutmaslik kerakki, suvdan birinchi bo’lib tirsak oxirida panja chiqadi. Panja tos yonidan yoki sal pastroqdan – son yonidan chiqib kelishi kerak. Keyin tirsakdan qo’lni erkingina bukib, oldinga quloch tashlanadi. Xuddi shu paytda qo’lni erkin tutish kerakki, mushaklar picha dam olishga ulgursin. Qo’l suvga kirgach, xuddi suvni hovuch bilan tutganday, panjani pastga qaratib suvni tortish – eshish lozim. Eshayotgan qo’l vertikal holatga keltirilganda ikkinchi qo’lni suvga botirib ulgurish uchun tezroq quloch otish kerak. Shunda ikkala qo’l navbati bilan suvni eshib boradi va oldinga qarab ildam harakat qiladi.

Suzuvchining yuzi bu usulda hamisha suv ichida bo’ladi. Nafas faqat boshni yonga burgan vaqtida olinadi va nafasni og’iz burun orqali suvga, oxirini esa yonga – havogacha – chiqariladi. Shuni unutmangki, nafas olishni bosh qayoqqa burilgan bo’lsa, shu tomondagi qo’l tirsagi vertikal holatga kelgan vaqtga to’g’rilash kerak. Shunda qo’l vertikal holatdan o’tishi bilan suzuvchi boshini burib yana nafas olishga ulguradi. Mana shu bir sikl deyiladi. Har bir siklda bir marta chiqarish nafas olib, bir marta chiqirilasdi.

Nafas chiqarish, nafas olishga qaraganda cho zilishi, nafas chiqarish bilan nafas olish o rtasida to xtalish bo lmasligi kerak. Qo’llаrni hаrаkаtlаntiruvchi kuch Bu kuch eshish (tеgirmоn)ning uchtа hаrаkаti bilаn hоsil qilinib, ulаrdаn kеyin suvgа kirish vа tаyanch оlish bоshlаnаdi – pаst vа tаshqаrigа eshish; - ichkаrigа eshish; - tаshqаrigа, yuqоrigа vа оrqаgа eshish.

Chalgancha usulda suzish texnikasi ham ko krakda krol usulida suzish texnikasi ham ko krakda krol usulida suzish texnikasiga o xshab ketadi, ya ni bunda ham qo l va oyoqlar harakati galma-gal bajariladi. Bu suzuvchining boshga suzish usullaridan farqi shundaki, bu usulda suzuvchi odam suvda chalqancha yotgan va nafasni suvga emas, balki tashqariga – havoga chiqaradi. Gavda holati. Krol usulida chalqancha suzishda gavda suv sathiga nisbatan gorizontal holatga yaqin bo lib, yelka bir o z kutarilgan bo ladi.

Gavdaning muvozanat holatini yaxshilash va uning oz yo ki atrofida aelanishini va oyo qning pastga bosuvini, shuningdek yelka muskullari kuchlanishini kamaytirish uchun bosh ozgina oldinga egilib, ensa suyagi bilan botgan, yuz tepaga qaragan bo ladi. O ng qo l oldinga cho zilgan xolatda bo ladi. Shu paytda o ng oyo q yuqorida va chap oyo q joylashgan bo ladi. Gavdaning bunday holat, deb atash mumkin.

Suzish nazaiyasi va usuliyati o’quv fani sifatida suzishning har xil turlarida sport tayorgarligini tashkil etish mazmuni va shaklini belgilab beruvchi umumiy qoniniyatlarni tadqiq qiladi. Sport tayorgarligi suzuvchi trenirovkasi, musobaqalarga tayorgarlik va ularda qatnashish, shuningdek trenirovka jarayonini ilmiy-usuliy ta’minlashni qarab oladigan ko’p omili jarayon sifatida qaraladi. Suzish nazariyasi va usuliyati kursning asosiy maqsadi talabalarda pedagogik faoliyatda zarur bo’lgan bilimlar, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Vazifalariga suzish tarixi, o’rgatish usuliyati, suzuvchilarning texnik, taktik, jismoniy tayorgarligi usuliyati, ularning trenirovka hamda musobaqa faoliyatini boshqarish kiradi. Suzish nazriyasining asosiy atamalariga quyidagilar kiradi: sport musibaqalari, sport harakati, sport faoliyati, sport tayorgarligi, sport tayorgarligi tizimi, sport maktabi, sport mashg’ulotlari tizimi, sport ko’rsatkichlar, sport natijalari. Shu atamalar mazmuni va xajmini aniqlab olmasdan turib, suzish nazariyasi o’rganadigan fanni muvaffaqiyatli ravishda egallab bo’lmaydi. Sport – qisqa ma’noda shaxsiy musibaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosida kelib chiqadigan maxsus tayorgarlik hamda unin norma va yutuqlari tushuniladi. Sport musobaqalari – ko’rsatish uslubi, sport yutuqlarini baholash va taqqoslash, sport soxasidagi konkurensiyalarni o’ziga nisbatan boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo’lishi kerakli ommili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imkoniyatlarini anglab etish, etalon ko’rsatkichlarini tuzishga qaratilgan. Suzuvchilarning tayorgarlik va musobaqa faoliyati xususiyatlari, musobaqa nagruzkasini me’yorlash muammolari, sportchilarning texnik va taktik mahorati mezonlari hamda omillari bilan tanishtiradi.

Bu bilimlar bo’lajak murabbiy ishi, shug’ullanuvchilarning sport toifasi razryad talablarini bajarishga tayorgarligini samarali amalgam oshirish malakasining asosi bo’lishi lozim. Shug’ulanuvchilar tayorgarligining umumiy pedagogic va maxsus vositalari hamda uslublarini o’z ichiga oladigan sportchilar tayorgarligi tizimi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish katta ahamiyatga ega. Mazkur fan dasturi suzuvchining ahloqiy-iroda, texnik, taktik va jismoniy tayorgarligi vositalari hamda uslublarini o’rganishni nazarda tutadi. Suzuvchilarning trenirovka mashg’ulotlari va musobaqa faoliyatini nazorat qilish hamda tahlil etish malakasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bolalar-o’smirlar sport maktablari, sportga ixtisoslashgan maktab, oily sport mahorati maktablarida suzuvchilar tayorgarligini tashkiliy-usuliy masalalariga alohida e’tibor qaratiladi, bolalar, o’smirlar, o’spirinlar va katta yoshdagi sportchilar bilan ishlashda trenirovka jarayonini tuzish xususiyatlari ko’rib chiqiladi.

“Suzish nazaiyasi va usuliyati” fanini o’rganish yuqori malakali mutaxassislar-bolalar-o’smirlar sport maktablarida yosh suzuvchilar, jismoniy tarbiya jamoalarida katta yoshdagi sportchilar bilan ishlash uchun suzish bo’yicha trener-o’qituvchilarni tayorlashni ko’zda tutadi. Jumladan sportcha suzishni olib ko’raylik. Sportcha suzish musobaqalashadigan masofani maxsus moslamalarsiz, musobaqa qoidasi bilan cheklangan harakat texnikasidan foydalanib suzib o’tish demakdir. Har bir usulda qo’llanadigan harakatlar texnikasi esa musobaqa qoidalari, qo’yilgan ma’lum talablar asosida bajariladi. Odatda, masofani erkin usul bilan suzib o’tishda – eng tezkor bo’lgan “krol” usulida ko’krakda suzish qo’llaniladi. “Krol” usulida ko’krakda suzish qo’li va oyoqlarning navbatma – navbat bajariladigan to’xtovsiz harakatlari bilan ifodalaniladi. Unda, gavda suv yuzida deyarli gorizontal holatda joylashadi.

Qo’llarning suvni eshishga tayyorgarlik harakati suv yuzida, havoda bajariladi. Bu usul faqat 50 m dan 1500 m gacha bo’lgan masofalarda qo’llanib qolmasdan, balki uzoq masofalarga suzishda ham qo’llaniladi. Bu usul, baxtsiz hodisalar oldini olishda – cho’kayotganlar oldiga tezroq suzib borishda juda qulaydir. “ Krol ” usulida ko’krakda suzish suv to’pi o’yinlarida asosiy harakat vositasi (suzish usuli) bo’lib xizmat qiladi. Sportcha suzish usullarini o’rgatish ko’pincha “krol” usulida ko’krakda suzishni o’rgatishdan boshlanadi. Bu usul o’zlashtirilgach, boshqa usullardagi suzish texnikasini o’rganish osonlashadi.

“Suzish nazaiyasi va usuliyati” fanini o’rganish yuqori malakali mutaxassislar-bolalar-o’smirlar sport maktablarida yosh suzuvchilar, jismoniy tarbiya jamoalarida katta yoshdagi sportchilar bilan ishlash uchun suzish bo’yicha trener-o’qituvchilarni tayorlashni ko’zda tutadi. Jumladan sportcha suzishni olib ko’raylik. Sportcha suzish musobaqalashadigan masofani maxsus moslamalarsiz, musobaqa qoidasi bilan cheklangan harakat texnikasidan foydalanib suzib o’tish demakdir. Har bir usulda qo’llanadigan harakatlar texnikasi esa musobaqa qoidalari, qo’yilgan ma’lum talablar asosida bajariladi. Odatda, masofani erkin usul bilan suzib o’tishda – eng tezkor bo’lgan “krol” usulida ko’krakda suzish qo’llaniladi. “Krol” usulida ko’krakda suzish qo’li va oyoqlarning navbatma – navbat bajariladigan to’xtovsiz harakatlari bilan ifodalaniladi. Unda, gavda suv yuzida deyarli gorizontal holatda joylashadi.

Qo’llarning suvni eshishga tayyorgarlik harakati suv yuzida, havoda bajariladi. Bu usul faqat 50 m dan 1500 m gacha bo’lgan masofalarda qo’llanib qolmasdan, balki uzoq masofalarga suzishda ham qo’llaniladi. Bu usul, baxtsiz hodisalar oldini olishda – cho’kayotganlar oldiga tezroq suzib borishda juda qulaydir. “ Krol ” usulida ko’krakda suzish suv to’pi o’yinlarida asosiy harakat vositasi (suzish usuli) bo’lib xizmat qiladi. Sportcha suzish usullarini o’rgatish ko’pincha “krol” usulida ko’krakda suzishni o’rgatishdan boshlanadi. Bu usul o’zlashtirilgach, boshqa usullardagi suzish texnikasini o’rganish osonlashadi.

“ Krol” usulida chalqancha suzish – bu usul qo’l va oyoqlarning navbatma- navbat, ketma – ket bajaradigan harakatlari bilan xarakterlanadi. Tayyorgarlik harakati vaqtida qo’llar suv yuzida – havoda bo’ladi. Bu usul tezligi jihatidan delfindan so’ng uchinchi o’rinda turadi. “Aralash” suzish – asosiy sportcha suzish usullarini oz’ida mujassamlashtirgan bo’lib, har tomonlama suzish mahoratini sinovdan o’tkazishda ajoyib vosita hisoblanadi. Bu usul boshqa usul bilan shug’ullanuvchi suzuvchilarga mashq jarayonida juda qo’l keladi.

“Aralash” usulda suzish turli miqyosdagi hamma musobaqalarda qo’llaniladi. “Aralash” suzish texnikasini suzishning asosiy (“krol” usulida ko’krakda, chalqancha, “brass”, “delfin”) usullari texnikasi o’zlashtirilgandan keyingina o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Estafeta - komandali musobaqalarning turi bo’lib, bunda har bir komandada 4 tadan suzuvchi qatnashadi. Komanda suzuvchilari birinchi bosqichda start beruvchining “Marsh” komandasi yoki o’q otib berilgan signalga muvofiq start oladilar. Komandaning keyingi qatnashchilari oldingi bosqichdagi suzuvchilar masofani suzib o’tib, qo’llari bilan hovuz devoriga tekkanlaridan keyingina start oladilar. Suzuvchilarning vaqtdan ilgari o’rin almashishlari musobaqa qoidasini buzish deb qaraladi, bunday komanda natijasi hisobga olinmaydi. Erkin suzish bilan o’tkaziladigan musobaqalarda suzuvchilar har qanday suzish usulidan foydalanishlari mumkin. “Aralash” estafetada esa musobaqa qoidasida ko’rsatilgan suzish usullarining ketma – ketligi saqlanmog’i shart.

Ochiq suv havzalarida suzish - daryo, ko’l, dengizlarda suzish sportda unchalik ahamiyatga ega emas. Bunga katta ommaviy – sport tadbirlari, suvda o’tkaziladigan bayramlar kiradi. Amaliy suzish. Bunga sho’ng’ish, cho’kayotganlarni qutqarish, suv yuzida tutib turuvchi vositalar yordamida va ularsiz suv to’siqlaridan suzib o’tish, suvda kiyim bilan suzish – kiyim boshlarini yechish, har xil kattalikdagi turli buyumlarni suvdan olib o’tish, suvdan chiqarish va boshqalar kiradi. Sho’ng’ish – suv tagida suzishdan iborat bo’lib, juda katta amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham sho’ng’ish texnikasi sportcha suzish va suv ostida suzish bilan birgalikda o’rgatiladi. Sho’ng’ish quyidagi turlarga bo’linadi: tezlikni oshirib suzish, suv tubidan narsalar olib chiqish, maksimal uzunlikka va chuqurlikka, suv tubida ma’lum muddatgacha qolish kabilar. Sho’ng’ishning maksimal uzunlikka, chuqurlikka va suv tubida uzoq qolish kabi turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish 1934 yildan boshlab bekor qilingan. Sho’ng’ishda “krol”, “brass”, “ yonboshlab” suzish usullari texnikasi biroz o’zgartirilgan holda aralash qo’llaniladi. Shug’ullanuvchilar sportcha suzish usullaridan biri (“krol” yoki “brass”)ning texnikasini o’rganar ekanlar sho’ng’ishni ham o’rganishlari mumkin. O’quv jarayonida 5 m chuqurlikka va 50 m uzunlikka sho’ng’ishni o’rgatish nazarda tutiladi.

Suv to’siqlaridan suzib o’tish suzadigan, suv yuzasida tutib turuvchi vositalar yordamida va ularsiz, shuningdek arqon va xodalar vositalarsiz suzishga ham to’g’ri keladi. Bunda brass yoki yonboshlab brass yoki yonboshlab suzish usullari ma’qul ko’riladi. Ba’zan krol usulini yaxshi egallagan suzuvchilar suzib o’tishlari mumkin. Kiyim-bosh bilan suzish sportcha suzishga qaraganda past tezlikda o’tadi va tez charchatadi. Shug’ullanuvchilar suzish usullarini to’liq, mukammal o’zlashtirib olganlaridan so’ng, ularga yoz kunlari, tabiiy suv havzalarida to’siqlardan suzib o’tish usuli o’rgatiladi. Suv ostida suzish. Keyingi yillarda mamlakatimizda va chet ellarda suv sportining bu turi keng tarqalib, rivojlanmoqda.

Chunki suzishning bu turi katta tashkiliy, ilmiy, xo'jalik va mudofaa ahamiyatiga ega. Suv ostida suzuvchi sportchilar ilmiy – tekshirish ekspeditsiyalarida qatnashib, suv osti hayvonot va o'simliklar dunyosini o'rganadilar, suv havzalari tubini tadqiq qiladilar. Hozirgi paytda suv ostida suzish mustaqil sport turi hisoblanadi. Bu sport turi bo'yicha turli xalqaro musobaqalar o'tkazilmoqda. “Sinxron” (badiiy) suzish xilma-xil statik va dinamik harakatlardan tuzilgan, individual yoki kollektiv tarzda sportchi qizlar tomonidan bajariladigan mashqlardan iborat. Musobaqa dasturiga shahsiy, juft va gruppali chiqishlar kiradi. Musobaqa qatnashchilarning hammasi dastavval beshta mashqdan iborat majburiy dasturni bajarishadi.

Texnika asoslari suzish tezligining o’zgarishiga va suzuvchining shaxsiy, o’ziga xos xususiyatlarigagina bog’liq emas. Suzish tezligining oshishi bilan texnikaning faqat ayrim detallari o’zgarishi mumkin. Shunday qilib qisqa masofalarga suzish gavda holatining to’g’ri bo’lishi, harakat tezligining ko’payishi, bir qancha harakat sikllarini nafasni tutib turib bajarish bilan xarakterlanadi. Musobaqa qoidasida belgilangan har xil masofalarni suzib o’tish texnikasi start olish, masofani suzib o’tish va burilishlardan tashkil topadi.

Qisqa, o’rta va uzoq masofalarga suzish texnikasida prinsipial farq yo’q. Sportcha suzish texnikasi negizida ayrim umumiy holatlarni ko’rish mumkin. Suzishning har bir usuli texnikasi bir butun shu bilan bir vaqtda shartli qismlardan tuzilganini ko’rib chiqish mumkin: gavda holati, nafas va qo’l oyoq harakati. Jumladan qo’l va oyoq harakatini o’rganishda harakat formasi – yo’nalishi va tezligini, shuningdek, ularning mohiyati, xarakteri, tezlik va kuchini tahlil qilish zarur. Harakat formasi texnika mazmunini emas, uning faqat tashqi ko’rinishini aks ettiradi.

Harakat formasini to’g’ri egallagan ko’pgina suzuvchilar yuqori sport natijalarini ko’rsatavermaydilar. Suzishning har bir usuli o’ziga xos va xarakterli texnik elementlarga ega. Suzuvchi gavdasi suv sathida cho’zilib yotishi, oldinga siljishda kam energiya sarf qiladigan oquvchanlik formasi turmog’i kerak. Tabiiyki, gavdaning erkin holati bosh holati va o’pkaning havo bilan to’lish darajasiga bog’liq. Boshni ortiqcha ko’tarib yuborilsa oyoqlar pastga tushadi va yelka – bo’yin muskullari haddan tashqari tarang tortiladi. Bunday holatda boshning har qanday harakati gavda holatini o’zgarishiga olib keladi va uning muvozanatini buzadi, kerak bo’lmagan vertikal holatni vujudga keltiradi hamda gavdaning yon tomonga tebranishiga sharoit yaratadi. Sprinterlar uchun boshni sal ko’tarib, yelkani ancha yuqori tutish holati xarakterlidir. Uzoq masofalarga suzishda gavda suvda tabiiy holatda bosh esa, gavda bilan bir chiziqda, gavdaning aylanma o’qi bo’ylab joylashgan bo’ladi. Sportcha suzish usullarini o’rganayotganda to’g’ri nafas texnikasini o’zlashtirish eng qiyin elementlardan biri hisoblanadi. Chalqancha suzishdan tashqari suzishning hamma usullarida suvda bajariladigan nafas mashqlari katta qiyinchiliklar tug’diradi.

Suv bosimining gavdaga bo’lgan ta’siri shug’ullanuvchilardan nafas chiqarish uchun ortiqcha kuchlanish talab qiladi. Shuning uchun masofalarni suzib o’tishda asosiy e’tiborni chuqur nafas olishga emas, balki chuqur nafas chiqarishga qaratish kerak. Nafas olish uchun suzuvchi zudlik bilan gavda holatini o’zgartirmasdan boshni ko’tarishi yoki burishi kerak.

Qo’l harakati bilan bir maromda bajarilayotgan bosh harakati, masalan, ko’krakda krol usulida suzayotganda, gavdaning maqsadsiz aylanishi va yelkaning pastga tushib ketishiga olib keladi. Suzganda burilishlar va boshning ko’tarilishi tegishli suzish usuli barcha elementlari uyg’unligini hisobga olgan holda bajarilishi, lekin ular gavda holatiga va qo’l – oyoqlar harakatiga ta’sir qilmasligi kerak. Nafas olish paytida boshning ortiqcha ushlanib qolishi gavda muvozanatini va harakatlar moslashuvini buzadi, natijada tezlik pasayadi. Brass va chalqancha suzish usullaridagi tezlikdan boshqa usullardagi qo’l harakatidan hosil bo’ladigan tezlik ancha yuqori bo’ladi. Lekin ko’krakda krol, batterflyay (delfin) usullarining turli bosqichlaridagi ish unumi bir xil bo’lmaydi. Shunday qilib eshishning boshida va oxirida harakat pastda, keyin yuqorida bajarilganda unum kamayadi.

Ko’krak suyagi bilan yelka bo’g’inlari vositasida birlashgan qo’l va chanoq - son bo’g’imlari vositasida birlashgan oyoqni ikkinchi darajali dastaklar deb qarash kerak. Ma’lum bir vaqt ichida harakatlar siklini bajarish temp, tezlikni hosil qiladi. Eshishni boshlashdagi yuqori temp, tezlik qo’l va oyoq muskullarining haddan tashqari zo’riqishiga olib keladi, “ushlanib qolishga” imkon bermaydi. Buning natijasida suvning “o’pirilishi” vujudga keladi. Bu esa eshish uzunligini kamaytiradi, harakatdagi muskullar va butun organizmning charchashini tezlashtiradi.

Asta-sekin tezlashtirilgan eshish unumdorlikni oshiradi va imkoniyatdan samarali hamda o’z vaqtida foydalanishni ta’minlaydi. Binobarin, muskul tezlanishining asta-sekin o’sishi bilan eshish tezligi va uzunligi, o’z navbatida suzishning umumiy tezligi ham oshadi. Yetarli muskul kuchiga ega bo’lmagan suzuvchilar eshishning maqsadga muvofiq yuqori tezligini saqlash uchun o’z imkoniyatlaridan samarali foydalanishlari kerak. Buning uchun qo’llarni bo’g’imlaridan kerakli darajada bukib, yelka dastagi qisqartiriladi.

Suzishga o’rgatishni yushtirish va o’tkazishda ularning anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. Kattalar va bolalarni suzish sportiga boshlang’ich o’rgatish metodikasi o’rtasida prinsipial tafovut yoq. Lekin shunga qaramay boalalr bilan shug’ullangan paytda ularning yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga qarab metodik usullarni qo’llashi zarur.

Suv bilan tanishtuv mashqlar. Bu mashg ulotda asosan suzishga o rgatuvchi dastlabki mashqlar kompleksiga murojaat etiladi. Unda avval bolalarga qarata: bugun quyosh suvni juda yaxshi ilitibdi, endi suvda masq qilish mumkin, bu yerning chuqurligi belingizdan keladi, qo rqmang kabi so zlar aytib mashg ulot boshlanadi. Mashg ulotda bolalar bilan birga suvda tez yurish, suv yuzida po kak kabi yotish, sho ng ish, meduza bo lish va harakatsiz yotish, sakrash, suv tagida ko zni ochib bir-biriga qarash, qo llar belda, boshda va har xil holatda yurish, yugurish, sakrash kabi mashqlar bajariladi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1. Sog’lom avlod – bizning kelajagimiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ning sog’lom dasturini tasdiqlashga bog’liqlangan majlisida so’zlagan nutqi. T.2000y.

2. Ashmarin V. A Теoriya I metodika fizicheskogo vospitaniya. М 1990

3. Bulgakova N.J. sportivnoye plavaniye:Uchebnik. - М.: Fon, 1996

4. Bulgakova N.J. Plavaniye.-M.: FiS , 1999.

5. Verxoshanskiy Yu.V. Nа puti k nauchnoy teorii I metodologii sportivnoy trenirovki //Теоriya I praktika fizicheskoy kulturi. - М., 1998. - № 2

6. Kоrbut V.M, Liviцkiy А.N. Prоgrаmmа i uchеbnое pоSоbiе. Tаshlkеnt. Lidеr PrеSS, 2007..

7. Mаtvееv L.P. Оsnоvi оbshеy tеоrii spоrtа i sistеm pоdgоtоvki spоrtsmеnоv. Kiеv 1999 g.

8. V.Manin. Uch. Metod. Posobiye.. Таshkеnt IPK «SHARK» 2000.

9. Matveyev L. P Теоriya I metodika fizicheskoy. М. 1991.

10. Mаkаrеnkо L.P., Shirkоvs Е.А. Pоstrоеniе spоrtivnоy trеnirо visоkоkvаlifiiirоvаnniх plоvsоv –M.FiS. 1992 g.

11. О.А. Sоbirоvа «Suzish» T. Ibn Sinо 1993.

12. T.S. Timаkоvа Kriterii upravleniya mnogoletney podgotovkoy kvalifisirovannix sportsmenov : Аvtoref. dis. ... ped. nauk. - М., 1999



13. Uchеbnое pоSоbiе. N.J. Bulgаkоvа, S.N. Mоrоzоv, О.I. Pоpоv, T.S. Mоrоzоvа. Оzdоrоvitеlnое i аdаptinое plаvаniе. Mоskvа. Аkаdеmiя 2005.
Yüklə 58,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin