4.3.Sinovlarni o‘tkazish tartibi. O‘lchov vositalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish. 1 Korxonada mavjud nazorat va o‘lchov vositalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish uchun bunday huquqga ega bo‘lgan tashkilotlarga murojat qilinadi va ular tomonidan nazorat va o‘lchov vositalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi. Nazorat va o‘lchov vositalariga ko‘rsatilgan xizmatlar o‘lchov vositalarini boshqarish uchun javobgar shaxs tomonidan tashkillashtiriladi va ta’mirlash natijasi bo‘yicha ma’lumotlar kamida 3 yil davomida saqlanadi.
2 Nazorat va o‘lchov vositalarini tashish (qiyoslash va ta’mirlashga) va saqlash vaqtida ularning shikastlanishini oldini oluvchi choralar ko’rilishi kerak, O‘V larni tashishda mazkur vositalarni transportda tashish, xizmat ko‘rsatish va saqlash bo‘yicha talablar yoritilgan me’yoriy hujjatlar yoki nazorat va o‘lchov vositalarning pasportlarida belgilangan talablarga rioya qilinishi shart.
3 Korxonada nosoz bo‘lgan nazorat va o‘lchov vositalari va sinov qurilmalarini ta’mirlash, ularga texnik xizmatlar ko‘rsatilgandan so‘ng nazorat va o‘lchov vositalari va sinov qurilmalari qaytadan davlat qiyoslovidan qayta o‘tkaziladi.
4. Mazkur jarayonning boshqa jarayonlar bilan o‘zaro aloqasi va jarayonning mezonlari, jarayon uchun resurslar STPH-10JK-2013 da aks ettirilgan.
Nazorat va o‘lchov vositalarini boshqarish uchun javobgar shaxs nazorat va o‘lchov vositalarini ro‘yxatga olish, qiyoslash, ta’mirlash bo‘yicha yozuvlar olib boradi va yozuvlarning asl nushalarini 3 yil mobaynida saqlaydi.
Rahbariyatning sifat bo‘yicha vakili ushbu jarayon xujjatining asl nusxasini STPH-10-2013 raqami bilan boshqa jarayon xujjatlari bilan bir qatorda saqlaydi
O‘lchov vositalarini identifikatsiya shakli.Quyidagilar o‘lchov vositalarining asosiy metrologik tavsifnomalariga kiradi:
• asbob shkalasining bo‘linishi - shkaladagi ikkita bir-biriga qo'shni belgilar o'rtasidagi oraliq;
• shkala bo’linishining uzunligi — shkaladagi ikkita bir-biriga qo‘shni o‘qlar o‘rtasidagi masofa;
• bo‘linishning baholanishi - shkalaning ikkita bir-biriga qo‘shni belgilariga muvofiq keladigan kattaiiklar mohiyatining farqi;
• ko‘rgazmalaming diapazoni - shkalaning boshlang‘ich va oxirgi mohiyatlari bilan chegaralangan sohasi;
• o‘lchovlaming diapazoni - o‘lchanadigan kattalik mohiyatlanning o‘lchov vositalarining yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari me’yorlashtiriladigan sohasi;
• o'lchovlaming chegarasi - o‘lchovlar diapazonining eng katta yoki eng kam mohiyati;
• o'lchovchi kuch – o’lchaydigan uchlikning u kontaktda bo‘ladigan detalga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi;
• o‘lchov vositalarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo'lgan chegarasi - o‘lchovchi vosita ishga yaroqli va o'lchash uchun yo‘l qo‘yilishi mumkin deb hisoblanadigan eng katta xatoligi;
• o‘lchov vositalarining barqarorligi (stabilligi) - o‘lchovning metrologik ko‘rsatkichlarining vaqt davomidagi doimiyligini aks ettiradigan xususiyati;
• o‘lchovning xatoligi - o‘lchov natijasi bilan o‘lchanayotgan kattahkning haqiqiy mohiyati o‘rtasidagi farq;
• o’lchovning aniqligi - o‘lchovlar sifatining ular natijalaridagi xatolikni nolga yaqinligini aks ettiradigan tavsifi;
• o‘lchov vositalarining aniqligi - o‘lchovlar vositalari sifatining xatoligining nolga yaqinligini aks ettiradigan tavsifi;
• o'lchovlarnmg qayta amalga oshirilishi mumkinligi - ayni bir xildagi kattalikning turli sharoitlarda bajariladigan o'lchovlari natijalarining yaqinligi;
• o‘lchovchi asbobning sezuvchanligi - o‘lchov vositasining chiqish joyidagi signalning o‘lchanayotgan kattalikning og‘ishiga sabab bo‘lgan amalga nisbatan munosabati;
• tuzatish - bir tizimli turdagi xatoliklami istisno qilish va o‘lchanadigan kattalikning haqiqiy mohiyatlariga nisbatan ancha yaqin turadigan mohiyatni olish uchun o‘lchovchi asbobning ko‘rgazmasiga algebraik qo‘shib qo'yilishi kerakbo‘lgan kattalik.
Nazorat savollari: 1. Siz qanday metrologik ko'rsatkichlami bilasiz?
2. Metrologiyada o‘lchovlaming qanday turlari mavjud?
3. Shkalaning bo’linishining baholanishi deb nimaga aytiladi?
4. Asbobning o‘lchovlari diapazoni degani nima?
5. O'lchovlaming chegarasi deb nimaga aytiladi?