4-Ma’ruz 4-mavzu: O’lchash vositalarini turini tasdiqlash. O‘lchov vositalarining metrologik tavsifnomalari



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#165297
1   2   3   4   5   6
4-Ma’ruza

o‘lchov vositasi (O‘V)




o‘lchov jarayonini bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘lchov vositalari, dasturiy vositalar, etalonlar, standart namunalar yoki yordamchi apparatura yoki bulardan tuzilgan majmua. Bu atama sinov va tekshirish vaktida qӯllaniladigan o’lchov qurilmalarini ham o’z ichiga oladi.

O‘lchov asbob-uskunalari o‘lchash jarayonlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘lchov vositalari, dasturiy vositalar, etalonlar, standart namunalar yoki yordamchi aparaturalar yoki bulardan tuzilgan majmua. Bu atama sinov va sertifikatlashtirish vaqtida qo‘llaniladigan o‘lchov qurilmalarini hamda o‘z ichiga oladi.
Metrologik tavsif- o‘lchashlar natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan farqlovchi xususiyat.
Metrologik xizmat- o‘lchashlarni boshqarish tizimini aniqlash va joriy etishga ma’suliyatli bo‘lgan tashkiliy tuzilma.
O’lchash jarayoni- kattalikning qiymatini aniqlash uchun bajariladigan operatsiyalar majmui.
Verifikatlash- Belgilangan talablarning bajarganligini ob’ektiv dallillar keltirish yo‘li bilan tasdiqlash.
Yaroqlilikni metrologik tasdiqlash- o‘lchash asbob uskunasining o‘z vazifasini qondiradigan talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan operatsiyalar majmui.
Izoh; Yaroqlilikni metrologik tasdiqlash odatda kalibirlash yoki verifikatlashni (tekshirish), zarur bo‘lgan har qanday yustirlash (ulchov vositasini kalibrlashga tayyorlash) yoki ta’mirlashni va keyinchalik qayta kalibrlashni, asbob uskunadan muljallangandek foydalanish uchun metrologik talablarni tasdiqlash bilan taqqoslashni, shuningdek talab etilgan har qanday plombalash va markalashni (identifikatlashtirishni) o‘z ichiga oladi.
Maskur protsedura hujjatida qo‘llaniladigan atamalar va tariflar ISO 9001 standartiga mos.
1 Korxona o‘lchov vositalarini boshqarish uchun javobgar shaxs tomonidan korxonada mavjud bo‘lgan nazorat va o‘lchov vositalarini ro‘yxati olib boriladi. Ro‘yxat STPH-10-SH1 shaklida tuziladi va korxona direktori tomonidan tasdiqlanadi. Korxonaga yangi o‘lchov vositalari keltirilganda (xarid qilinganda) ular ro‘yxatga kiritilishi zarur.
2 O‘lchov vositalarini boshqarish uchun javobgar shaxs o‘lchov vositalarini qiyoslash natijalarini ro‘yxatga olish jurnalini
(STPH-10-SH2) bo‘yicha ro‘yxatga oladi.
3 Barcha o‘lchov vositalari tegishli tartib raqamlari bilan identifikatlashtirilishi kerak ( identifikatsiiyalash yorlig‘ida priborni inventar yoki tartib raqami, qiyoslangan sanasi va kelgusi qiyoslov sanasi ko‘rsatilishi mumkin) (STPH-10-SH3).
4 Nazorat va o‘lchov vositalarini qiyoslanganligini va identfikatlashtirilganligini maqomi quyidagi qaydlar bilan aniqlanadi;
- qiyoslanganligi to‘g‘risida muhr (kleymo);
- qiyoslash plombasi;
- qiyoslanganligi to‘g‘risida sertifikat (guvoxnoma);
- yaroqsizligi to‘g‘risida xabarnoma.
5 Nazorat o‘lchash vositalarini navbatdan tashqari qiyoslashni qo‘yidagi hollarda amalga oshiriladi.
- nazorat va o‘lchash xatoliklarini belgilangan chegaralardan tashqariga chiqishi aniqlanganda;
- joriy yoki navbatdan tashqari ta’mirlash o‘tkazilganda sung;
- buzilganda, yoki nazorat va o‘lchov vositasi qiyoslangani identifikatsiyasi yuqolganda;
.6 Navbatdan tashqari qiyoslash o‘lchov vositalarini boshqarish uchun javobgar shaxs tomonidan belgilanadi.

Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin