O‘lchov vositalarini qiyoslashni tashkil etish. 1 O‘lchov vositalarini qiyoslash «O‘zstandart” agentligining idoralarida yoki ushbu ishlarni olib borish huquqiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Xar yil oxirida O‘V bo‘yicha ma’sul mutaxassis tomonidan O‘V larini navbatdagi davlat metrologik ko‘rigidan o‘tkazish rejasi STPH-10-SH4 asosida tuziladi. O‘V larning davlat metrologik ko‘rigidan o‘tkazish rejasi korxona raxbari tomonidan tasdiqlanadi. Korxonada mavjud o‘lchash vositalari Respublika Metrologik xizmatlar ko‘rsatish markazidan o‘tkaziladi.
2 Tasdiqlangan rejaga asosan nazorat va o‘lchov vositalarini qiyoslovdan o‘tkazilgandan sung o‘lchov vositalarini boshqarish uchun javobgar shaxs qiyoslash natijalarini ro‘yxatga olish jurnalida (STPH-10-SH2) bo‘yicha tegishli yozuvlarni qayd qiladi.
3 Qiyoslashdan o‘tgan o‘lchov vositalarini shtamplar, kleymo va h.k lar qo‘yiladi, qiyoslov sertifikati (guvohnomasi) rasmiylashtiriladi. Nazorat va o‘lchov vositalari turli sabablarga ko‘ra qiyoslashdan o‘tmaganda «FOYDALANISH TAQIQLANADI»degan yozuv bilan identifikatsiyalanadi va mazkur nazorat va o‘lchov vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
4 YAroqsiz deb topilgan nazorat yoki o‘lchov vositalari ta’mirlanib, qiyoslashdan o‘tkazilganda so‘ng foydalanishga ruxsat beriladi. Ta’mirlash mumkin bo‘lmagan nazorat yoki o‘lchov vositalari ishlab chiqarishdan foydalanishdan olib tashlanadi.
5 Agarda nazorat va o‘lchov vositalaridan foydalanish jarayonida nazorat yoki o‘lchov vositalari ko‘rsatgichlarini to‘g‘rililigiga shubha bo‘lgan, yoki uning kalibirovkasi (regulirovkasi) buzilishi sodir bo‘lganda, o‘lchov vositasidan foydalanish to‘xtatiladi va «FOYDALANISH TAQIQLANADI» degan yozuv bilan identifikatlashtiririlib (STPH-10-SH5) ta’mirlashga topshirilishi va tegishli mutaxasislar tomonidan Davlat qiyoslovidan o‘tkazilib, qiyoslashni ijobiy natijasi olingan taqdirda ffoydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
6 Yaroqsiz xoldagi nazorat va o‘lchov vositalaridan mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda mazkur mahsulotlar
STPH-04-2013 protsedurasiga asosan identifikatsiyalanib muvofiq mahsulotlardan alohida saqlanishga topshiriladi, nazorat va o‘lchov vositalari ta’mirlanib qayta qiyoslovdan o‘tgandan sung yoki soz bo‘lgan, tegishli qiyoslovga ega bo‘lgan nazorat va o‘lchov vositalaridan foydalangan holda mahsulotlar o‘rnatilgan talablarga muvofiqlikka qayta tekshirilishi zarur. Rahbariyatni sifat bo‘yicha vakili qayta tekshirilishi kerak bo‘lgan mahsulotni hajmini belgilaydi va qayta tekshirishni olib borilishini nazorat qiladi.