1.6-rasm. Assemblerning tashqi ko‘rinishi
Assembler nimasi bilandir o‘rgimchakka o‘xshab ketadi, u bir “oyoqlari”
bilan sirtga yopishib tursa, qolganlari bilan atom ketidan atom tarzida murakkab
molekulyar tuzilmalarni yig‘adi. Nanoassemblerning eng ommaviy sxemasi rasmda
ko‘rsatilgan (1.6-rasm).
Yig‘uvchilarni – sanoat robotlarini
boshqarishda ishlatiladigan, qandaydir
oddiy tilda dasturlashtirilgan va inson boshqaradigan odatiy kompyuterga ulangan
nanokompyuterlar boshqarishi lozim. Inson – operator kompyuterda alohidagi
molekulyar tuzilishidagi qandaydir konstruksiyani modellashtirayotganini ko‘z
oldimizga keltiraylik. Kerakli ob’ektni “chizib” olib u assemblerlarga buyruq beradi,
u esa uni birin-ketin (atomma-atom) qura boshlaydi. Biroz vaqtdan so‘ng
konstruktorda berilgan harakteristikalar bo‘yicha, inson ko‘p
ishtirok etmagan,
tayyor buyum paydo bo‘ladi.
Assemblerlar ob’ektning tuzilishini molekulyar darajada yozib oluvchi, uni
atomlarga ajrata oladigan,
dizassemblerlar – nanomashinalar bilan birgalikda
ishlashi mumkin. Masalan, qaysidir bir ob’ektning nushasini yasash uchun,
dizassembler uni atomma-atom
parchalab atom turlari, ularning joylashishi kabi
barcha ma’lumotlarni assemblerga uzatadi, u esa keyinchalik ob’ekt nushasini
xohlaganingizcha marta yasab berishi mumkin.
Nazariyada bunday nusha
haqiqiysiga har tomondan o‘xshaydi va uni har bir atomigacha takrorlay oladi.
Dizassemblerlar olimlarga narsalarni va ularning atom tuzilishini yaxshilab
o‘rganishga yordam beradilar.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, assemblerlar
replikatsiya (ko‘payish) xossasiga
ega bo‘ladi. Gap evolyutsiya haqida borganda, unda replikator – bu o‘zida sodir
bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha o‘zgarishlar bilan birga o‘z-o‘zini nushalay
oladigan (gen, mim yoki kompyuter virusiga o‘xshash) ob’ektdir.
Assembler
kompyuter buyrug‘iga binoan yoki uni o‘rab turgan muhitga bog‘liq ravishda o‘z
nushasini tuzish (yasash) yo‘li bilan ko‘payadi (replikatsiyalanadi).
Shunday qilib, o‘zining nushasini yasay oladigan bir dona universal assembler
yasab olib, biz bir necha soatdan so‘ng, xayotimizni tubdan o‘zgartirib yuboradigan,
shunaqa mayda assemblerlarning butun qo‘shiniga ega bo‘lamiz. Assemblerlarning
eng katta muammosi, ularning dastlabki konstruksiyasini yasab olishdir. Shunga
qaramay, dunyodagi barcha davlatlardagi laboratoriyalar buni amalga oshirishda
birinchilar qatorida bo‘lishga harakat qilmoqdalar.
Nanotexnologiyalardan foydalanishning imkoniyatlari bitmas-tuganmasdir:
saraton hujayralarini nobud qiluvchi va zararlangan to‘qima va a’zolarni tiklovchi
organizmda “yashovchi”
nanokompyuterlardan tortib, to atrof muhitni
ifloslantirmaydigan avtomobil dvigatellari bo‘lgan asbob, qurilmalarni yaratish
kelajagi mavjud.
Hozirgi kunda Foresight Institute – nanotexnologiyalar yaratish ilg‘orlaridan
biri – molekulyar darajada operatsiyalar bajara oladigan nano-manipulyator – “qo‘l”
va tomonlari 50 nanometr bo‘lgan kubchaga joylashadigan 8 bitli summatorni
yaratgan odamga 250 000 dollar va’da qilmoqda.
Bunga oz vaqt qoldi. Optimistlarning fikricha, amaliy nanotexnologiyalarning
gullash davri asrimizning I choragidir. Pessimistlar buni asrning o‘rtalariga borib
yuz beradi deb hisoblashmoqda. Hozir kelajakda qaysi
mutaxassislikni tanlashni
rejalashtirayotganlar
nanorobotlarni
dasturlashtiruvchi
yoki
molekulyar
kompyuterlar konstruktori bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rishsa yaxshi bo‘lsa kerak.
Chunki bir necha yillardan so‘ng bunday mutaxassislar mashhur bo‘lib ketadilar.
Dostları ilə paylaş: