bo‘lib, biror bir mahsulot ishlab chiqarishdagi ishlov berish, tayyorlashni, holati
xossasini, shaklini o‘zgartirish jarayonlarining umumlashgan uslubini bildiradi.
Texnologiyaning vazifasi – tabiat qonunlaridan inson manfaati uchun
foydalanishdir. “Mashinasozlik texnologiyasi”, “suvni kimyoviy tozalash
texnologiyasi”, “informatsion texnologiyalar” va boshqalar mavjud.
Ko‘rinib turibdiki, texnologiyalar boshlang‘ich xom ashyoning tabiatiga ko‘ra
bir-biridan ajralib turadi. Metal (temir) tuzilmalar va informatsiya (ma’lumot)
orasidagi kuchli farqlanishlar ularga ishlov berish va o‘zgartirish uslublaridagi
farqlarni belgilab beradi.
Texnologiyalarni sanab o‘tganimizda “yuqori texnologiyalar” degan
tushunchani esga olmaslik mumkin emas. Ularning mag‘zi nima ekanligini bir
o‘ylab ko‘raylik? Yuqori texnologiyalar deb nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan,
hamma joyda tarqalib ulgurmagan samarali bo‘lgan texnologiyalarni tushunishga
o‘rganib qolganmiz. Bu texnologiyalar asosan mikroelektronika sohasiga oid bo‘lib,
asbob-uskunalarning juda kichik o‘lchami bilan bog‘liq.
Minglab yillar avval ota-bobolarimiz trillionta atomlarga ega bo‘lgan
toshlarni olib, ulardan milliard, trillionta atomlarga ega bo‘lgan qatlamlarini yo‘nib,
kamon o‘qlarining o‘tkir uchlarini tayyorlashgan. Ular qiyin bo‘lgan ishlarni juda
ustalik bilan bajarishgan. O‘sha uzoq vaqtlarda toshlarni bunday yo‘nish usulini
o‘ylab topgan odam uni yuqori texnologiya deb ataganda xato qilmagan bo‘lardi.
Masalan, 15-20 yil avval uyali telefonlarni “high-tech” turdagi uskunalar deb
hisoblangan. Hozirda esa “mobil telefoni” bilan hech kimni hayron qoldira
olmaysan.
Shuning uchun ham jamiyat rivojlanishi bosqichida unga oid bo‘lgan barcha
ilg‘or texnologiyalarni “yuqori texnologiyalar” deb atash joiz bo‘lsa kerak.
Endi “nanotexnologiya” tushunchasining o‘ziga ta’rif beramiz.
Nano qo‘shimchasi (yunon “nannos” – “mitti”) u yoki bu birlikning, bizning
xolatda metrning, milliarddan bir (10
-9
) bo‘lagini (nanometr- nm)ni anglatadi.
Atomlar va juda mayda molekulalar 1 nanometr tartibdagi o‘lchamga ega.
Ingichka sochning o‘ndan bir qalinligi o‘lchamidagi tarkiblovchili zamonaviy
mikrosxemalar chaqmoq tosh yo‘nuvchilar standartlarida kichkina deb hisoblanishi
mumkin, ammo trillionlab atomlarga ega tranzistorlarning har biri va mikrochiplar
hamon oddiy ko‘z bilan ko‘riladi.
Toshga qo‘lda ishlov berishdan boshlab to kremniyli chiplar tayyorlashgacha
kuzatish mumkin bo‘lgan texnologiyalar atom va molekulalarning katta
birikmalaridan tashkil topgan xom-ashyodan foydalanadi. Bu yo‘nalishni “
balk-
texnologiya” (ing. “bulk” – to‘p-to‘p, to‘plangan) deb atash mumkin.
Nanotexnologiya har bir atom va molekulalar bilan juda aniqlik bilan ishlashi
lozim. U dunyoni biz xayolimizga keltiraolmaydigan darajada o‘zgartirib yuborishi
mumkin.
Atom – (grek. “atomos” – “bo‘linmas”) – kimyoviy elementning juda mayda
zarrachasi bo‘lib, boshqa atomlar bilan birlashib murakkab birikmalarni –
molekulalarni hosil qila oladi.
E’tibor bersangiz “atom” so‘zining so‘zma-so‘z tarjima qilinishi noto‘g‘ridir
va haqiqatdan atom zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlardan
tashkil topgan. Ammo bu so‘zni qadimgi grek faylasufi Demokrit o‘ylab topgan va
hamma undan foydalanishga o‘rganib qolgan.