1-ma’ruza. O’rta Osiyoni bosib olinishini boshlanishi. Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi Reja


Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə6/8
tarix29.04.2023
ölçüsü27,28 Kb.
#104695
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu ma`ruza

Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi: Podsho hukumati tomonidan yangi bosib olingan hududlarda Samarqand va Kattaqo’rg’on bo’limlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. Unga general Abramov boshliq qilib tayinlandi. Zirabuloq jangidan keyin Amir Muzaffar o’z mag’lubiyatini tan olib, fon Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligining yangi chegaralari haqidagi taklifini qabul qilishga majbur bo’ldi. Bu bilan Rossiya imperiyasi istilochilik yurishlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi.
Fon Kaufman 1868-yil 28-iyunda Samarqandda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi. Unda amir urush boshlanishida aybdor ekanligi, abadiy do’stlik belgisi sifatida Rossiya qo’shinlarining harbiy xarajatlari uchun 500 ming rubl to’lanishi e’tirof etildi. Shartnomaga ko’ra bosib olingan Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan barcha hudud Xo’jand, O’ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tdi. Amir o’z ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda Turkiston general-gubernatorining ko’rsatmalariga rioya etish majburiyatini oldi. Siyosiy qaramligi uchun tarixchilar tomonidan Buxoro hukmdori vassal deb ham yuritiladi. Rossiya savdogarlariga amirlikda erkin savdo qilishiga sharoit yaratib berish va ularni himoya qilishni o’z zimmasiga oldi. Rossiyalik savdogarlarga savdo agentliklarini ta’sis etishga ruxsat berildi, tovarlardan olinadigan boj umumiy qiymatning 2,5 foizidan oshmasligi belgilanib, ular amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o’tish huquqini oldi.
Mazkur shartnoma amirlikni tahqirlagan, huquqsizlikka va qashshoqlikka mahkum etgan sharmandali shartnoma bo’ldi. Amirning tobelik siyosatidan norozi bo’lgan kuchlar o’z harakatini boshladi. Xalq tomonidan qo’llab-quvvatlangan amir Muzaffarning katta o’g’li Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobeklar boshchiligidagi qo’shin Samarqandni ozod qilish uchun kurashlarini davom ettirdi. Ular Amir Muzaffarning taxtdan tushirilganligini va Abdumalik to’ra amir etib tayinlanganini e’lon qildi. Xalq qo’shinlari avval Shahrisabzni, so’ng Qarshi va Karmana shaharlarini o’z qo’llariga olishdi. Turkiston general-gubernatori fon Kaufman tomonidan bu harakatlarning oldini olish va bostirish uchun I.F.Abramov boshchiligidagi qo’shin yuborildi. Zamonaviy qurollar bilan ta’minlanmaganligi sababli janglarda qo’zg’olonchilar egallab olgan hududlaridan birin-ketin surib chiqarila boshlandi. Natijada Abdumalik to’ra Xiva xonligi hududiga, undan Afg’onistonga o’tib ketdi. Afg’on amiri Sheralixon Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishini rejalashtirgani uchun unga yordam bermadi. Xech qayerdan yordam ololmagan Abdumalik to’ra Peshovarga ketadi va u yerda 1909-yilda vafot etadi. Shunday qilib, Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi istilochilik urushining ikkinchi bosqichi Samarqandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi bilan yakunlandi.

Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin