1. Ma’ruza: “O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyaSI


Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari



Yüklə 193,71 Kb.
səhifə15/34
tarix18.12.2022
ölçüsü193,71 Kb.
#76208
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari.

Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ning o‘rni beqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “...o‘zini o‘zi boshqarish organlari - bizning kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor mana shu organlar bo‘ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik”18.Ko‘pchilik mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko‘rib turibmiz.
O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o‘rnak bo‘ladi. Mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish uchun yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatish makoniga aylangan. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an’analarini, urf-odatlarini, ahloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi.
Mahalla Sharqona an’analar, urf-odatlar va marosimlarni jamoada amalga oshirib, avloddan-avlodga etkazib kelmoqda. Mahalla faollari an’anaviy, oilaviy to‘ylar, bayramlar, motam marosimlarini o‘tkazish bilan bog`liq tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh bo‘lishadi. Ularni dabdabasiz, isrofgarchiliksiz, ortiqcha harajatlarsiz, ixcham qilib o‘tkazish, mahalla oqsoqoli va maxsus mutasaddi komissiyalarga bog`liq. Mahallada o‘tayottan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining kattayu kichigi birday mas’uldir. Bunday tadbirlarda kattayu kichikka, boyu kambag‘alga, mansabdoru oddiy fuqaroga bir xil hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi. Chunki mahallaning barcha a’zosi yagona, teng huquqli va mustahkam bitta oila hisoblanadi.
2018 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublika hududida 9 787 ta fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda, jumladan, 189 ta shahar fuqarolar yig‘ini, 1295 ta qishloq, 157 ta ovul va 8 146 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridir. O‘rta hisobda har bir fuqarolar yig‘ini 3 mingga yaqin kishini qamrab oladi. Bugungi kunda fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida 1255 nafar ayol faoliyat yuritib, umumiy raislar sonining 12,8% ni tashkil etadi. Aksariyat fuqarolar yig‘ini raislari (54,6 %) oliy ma’lumotga ega bo‘lib, hududlar miqyosida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida - 72,3%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 77,1%, Toshkent shahrida –77% ni tashkil etadi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqilligi ularning mahalliy hokimiyat organlari bilan munosabatlarida aks etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining193-moddasiga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir. Mazkur Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshirishi mustahkamlangan.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning204-moddasida mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari belgilangan. Mazkur moddaga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashishlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turishlari belgilangan. Ushbu Qonunning 1-moddasida esa Xalq deputatlari Kengashi va hokim davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlashi belgilangan.
Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari turli masalalar yuzasidan o‘zaro munosabatlarga kirishadilar. Ushbu munosabatlar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash, shuningdek mahalliy hokimiyat organlarini o‘zini o‘zi boshqarishni yo‘naltirishdan iboratligi ayon bo‘ldi.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga muvofiq davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga ko‘maklashadi. Ushbu moddaga binoan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xususan hukumat va parlament boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga aralashmasligini ta’minlaydilar. Bunday faoliyat qonunlar va boshqa qonun hujjatlarida, dasturlarda tegishli me’yorlarni hamda choralarni belgilash, ularning ijrosini ta’minlashdan iborat.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashishini tashkil etish barcha davlatlarda dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Masalan, Italiya Respublikasi Konstitutsiyaning 5-moddasida mahalliy avtonomiyani tan olishi va uning rivojlanishiga ko‘maklashishi Konstitutsiyaviy tuzum tamoyili sifatida belgilangan2. O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarishni o‘rganish ko‘plab muammolarning mavjudligi, ularni hal qilish borasida metodik ko‘rsatmalar, mahalla raislari (oqsaqollari), ularning maslahatchilari va faollari malakalarini oshirish va boshqa masalalarda ko‘maklashishga muhtojligi ayon bo‘ladi. Ushbu va boshqa masalalarni hal qilishda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ko‘maklashishning shakl va uslublarini takomillashtirish ehtiyoji namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda ham demokratik davlatlar kabi fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy-siyosiy funksiyalari e’tiborga olinib, ularning davlat va mahalliy boshqaruvdagi ishtiroki, bu borada mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari alohida e’tirof etiladi21. Masalan, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasida xalq deputatlari Kengashi va hokim O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlashi belgilangan.
Shu bilan birga O‘zbekison Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 10-moddasida fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishidagi ishtiroki tartibga solingan22. Mazkur moddaga ko‘ra fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari yashash va faoliyat ko‘rsatish muhitining holati, taxmin qilinayotgan o‘zgarishlari, aholi punktlarining bosh rejalari, uy-joy-fuqarolik ob’ektlarining qurilishi, rekonstruksiyasi, hududlarning obodonlashtirilishi, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining o‘tkazilishi to‘g‘risida o‘z vaqtida va ishonchli, to‘liq axborot olish hamda shaharsozlik faoliyati haqidagi o‘zga axborotni olish huquqiga ega. Davlat organlari fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalarining manfaatlariga daxldor, shaharsozlik faoliyati masalalariga taalluqli murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqadilar va ularga belgilangan muddatlarda asosli javoblar taqdim qiladilar.
Barcha fuqarolar yig‘inlari tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yyerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Ushbu vakolatlari doirasida fuqarolar yig‘inlari davlat va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini yaxshilash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar beradilar, ya’ni mahalliy boshqaruvni amalga oshirishda ishtirok etadilar.
Prokuratura organlarining axborotini eshitish davlat organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash barobarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari e’tiborini dolzarb masalalarga qaratish, fuqarolar faolligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. Holbuki qonunlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish ular ijrosini ta’minlash va takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‘ra “Ijtimoiy boshqaruv tizimida nazoratning o‘zi qaytma aloqaning muhim turi bo‘lib, u orqali hokimiyat sub’ektlarining amldagi ahvol, qarorlar ijrosi to‘g‘risida axborot oladilar”23.
Mahalliy hokimiyat organlarining o‘zini o‘zi boshqarishni yo‘naltirishi o‘z vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan umummajburiy qarorlar qabul qilishi, ular va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini nazorat qilishdan iboratdir.
Barcha davlatlarda, fuqarorlar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ularga o‘tkazilgan davlat organlari vakolatlari ijrosi ustidan nazorat amalga oshiriladi hamda ularning qonunga zid qarorlarining sud organlari tomonidan bekor qilinadi. Bunday nazoratga ehtiyoj O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tomonidan o‘tkazilgan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonuni monitoringi natijalaridan24 ham ko‘rish mumkin..
Mustaqillikka erishilishi bilan O‘zbekistonda mahalla institutiga mustahkam huquqiy poydevor yaratishning faol jarayoni boshlandi. Birinchi huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘ldi, uning 105-moddasida quyidagicha belgilab qo‘yilgan: "Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning masla-hatchilarini saylaydi".
Konstitutsiyaning ushbu qoidasi mahallaning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Shunday qilib, 1993 yil 2 sentyabr kuni "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun ilk marta qonunchilik darajasida mahalla faoliyatini tartibga soldi, ya’ni uning huquqiy maqomini belgilab berdi.
Fuqarolarning moddiy mustaqilligi va siyosiy-huquqiy ongi oshishiga sabab bo‘layotgan demokratik islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari rivojlanib borgani sari mahalla institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati tug‘ildi. Natijada 1999 yil 14 aprel kuni "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Unda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi bevosita mustahkamlab qo‘yildi, mahalla faoliyatining asosiy tamoyillari, uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga davlat kafolati belgilab berildi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirildi.
2004 yil 29 aprel kuni «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida"gi qonun mahalla faoliyatini demokratlashtirish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi. Ushbu qonunda, birinchidan, fuqarolar yig‘ini organlariga saylovning demokratik tamoyillari belgilab berildi va mahalla organlariga saylov tizimi barpo etildi, ikkinchidan, saylov jarayonining barcha bosqichlari batafsil tartibga solindi, uchinchidan, qonun darajasida mustahkam huquqiy kafolat yaratildi.
Mahalla o‘z faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha ham davlat ko‘magini ola boshladi. Shunday qilib, rais, mas’ul kotib, "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi rahbari va fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisidan iborat to‘rt nafar mas’ul shaxs ishi, shuningdek, mahallaning qo‘shimcha harajatlari davlat hokimiyatining mahalliy organlari byudjetidan moliyalashtirilmoqda.
Bugungi kunda aholining kundalik hayoti, atrof-muhit bilan bog`liq bo‘lgan ko‘pgina yo‘nalishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali hal etilmoqda. Ular aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, tegishli hududda qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, to‘ylar va boshqa marosimlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar beradi, atrof-muhitni muhofaza etadi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini o‘tkazadi, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiradi, guzarlar barpo etadi, kommunal to‘lovlarni to‘lanishiga ko‘maklashadi, kam ta’minlangan yoshlarning nikoh tuzishida va to‘y tadbirlarini o‘tkazishida moddiy yordam ko‘rsatadi, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini bankdan kredit olishiga kafil bo‘ladi va h.k25.
Darhaqiqat, olib borilgan islohotlar natijasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyat qamrovi kengaydi. Buni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar misolidan ham ko‘rish mumkin. 2013 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra fuqarolar yig‘inlaridagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha komissiyalar ro‘yxati quyidagilardir:

  • yarashtirish komissiyasi;

  • ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya;

  • ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya;

  • xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya;

  • voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya;

  • tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalari bo‘yicha komissiya;

  • ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya;

  • jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya.

Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalari ham tuzilishi mumkin26.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2013 yil 30 sentyabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida”, 2013 yil 7 oktyabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar bilan sohaga oid 15 ga yaqin nizomlar tasdiqlangan bo‘lib, ular mahallalarda ma’naviy muhit barqarorligini, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona-vatanga va milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirishga ko‘maklashish, fuqarolar yig‘inlaridagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilganligi bilan e’tiborlidir. Shu jumladan, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ta komissiyasi faoliyatiga oid tasdiqlangan namunaviy Nizomlarning amaliyotga tatbiq etilishi mahallalar ishiga keng jamoatchilikni jalb etishga katta turtki beradi.
Ayni paytda, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1992 yilda Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondining tashkil etilganligi va o‘tgan yillar mobaynida uning faoliyatini takomillashtirishga bo‘lgan e’tibor mahallalarda milliy qadriyatlarni e’zozlash va targ‘ib etish, madaniy-ma’rifiy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish, shuningdek, aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida keng ko‘lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlamoqda.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi faoliyatini o‘rganish, ularning ilg‘or tajribasini keng ommalashtirish maqsadida “Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari”, “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” kabi ko‘rik-tanlovlarning an’anaviy tarzda har yili o‘tkazilishi va unda qariyb barcha fuqarolar yig‘inlarining ishtiroki ta’minlanmoqda.
Shuningdek, mahalla yoshlari o‘rtasida sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Futbolimiz kelajagi”, “Mahallamiz pahlavonlari”, “Otam, onam va men — sportchilar oilasi” kabi sport musobaqalari muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Har yili mahallalar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, muqaddas qadamjolarni tartibga keltirish maqsadida umumxalq xayriya hasharlari an’anaviy tarzda tashkil etiladi.
Aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qonunga fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nog`ironlarni aniqlash, fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish, fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlash haqidagi me’yorlar kiritildi.
Qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berish bilan bir qatorda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kafolatlarini belgilovchi alohida modda kiritildi.
Mahallani xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga aylantirish borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga fuqarolar yig‘ini hududida xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashish, tegishli maslahat markazlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi. Xususan, fuqarolar yig‘inlari huzuridagi maslahat markazlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar yig‘ini hududida yashovchilar uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etib, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida ma’lumotlar beradi, fuqarolar yig‘ini hududida yashovchilarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashmoqda.
Qonunning asosiy maqsadi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash borasidagi fuqarolarning huquqlarini to‘laroq ta’minlashga qaratilgan tegishli huquqiy kafolatlarni yanada kengaytirishdan va bu bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 32-moddasida mustahkamlangan “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga etadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi”27– kabi me’yorlarni hayotga to‘liq joriy etishdan iborat.
Yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar saylov tizimini yanada demokratlashtirish orqali fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashga shart-sharoitlar yaratib saylovlarni samarali o‘tishiga va bularning natijasi sifatida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini eng munosiblarini saylab olishga xizmat qilmoqda.



Yüklə 193,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin