1. Ma’ruza: “O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyaSI



Yüklə 193,71 Kb.
səhifə14/34
tarix18.12.2022
ölçüsü193,71 Kb.
#76208
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
birinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining muhim davlat qarorlarini qabul qilishdagi o‘rni va ta’sirini ku`chaytirish;

  • ikkinchidan, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning farovonligini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishini yuksaltirish;

  • uchinchidan, NNTlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks choralarni amalga oshirish, NNTlar va boshqa fuqarolik institutlarini institutsional rivojlantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilganligini ta’kidlash mumkin.

    O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida ko‘ppartiyaviylikni shakllantirishga qaratilgan islohotlar jamiyatda demokratik taraqqiyotning kelgusidagi istiqbol rivojini belgilab berishda katta ahamiyat kasb etdi. Bu borada 1991 yilning 15 fevralida "O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi fuqarolik jamiyatini barpo etish g‘oyasining dastlabki huquqiy poydevori bo‘ldi. Qonunning ahamiyati shundaki, unda jamoat birlashmalarining davlatdan mustaqil faoliyat yuritadigan tuzilma ekanligi, ular faoliyatiga mansabdor shaxslarning aralashishi mumkin emasligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Aynan shu qonunda birinchi bor siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining mamlakat taqdiridagi mas’uliyati davlat tashkilotlariga tenglashtirildi.
    O‘zbekistonda Prezident saylovlari birinchi bor (1991 yil dekabr`) tashkiliy uyushqoqlik, siyosiy hamjihatlikda muqobillik asosida o‘tkazildi. Bu saylovlarning tarixiy va siyosiy ahamiyati shundan iboratki, u milliy zaminimizda ilk bor demokratiyaning asosiy talablaridan biri siyosiy hokimiyat ligitimligini ta’minladi. 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi biz tanlagan demokratik yo‘lning huquqiy asoslarini yaratib berdi. Konstitutsiyaning XIII bobida respublikada huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish va bunda ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirishning huquqiy asoslari o‘z ifodasini topdi. Jumladan, Konstitutsiyaning 60-moddasida "siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar" deb siyosiy partiyalarning vakolatlari belgilab berildi. Ayni paytda, 57-moddada "Konstitutsiyaviy tizimni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi, respublikaning suvereniteti , yaxlitligi va xavfsiz­ligiga, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, Shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, mil­liy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi" deb ularning mas’uliyati hamda javobgarligi ko‘rsatildi.
    Dastlabki islohotlar rivoji va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi bilan1991 yil 1 noyabrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga asos soladi. O‘zbekistonda ayrim mamlakatlardagi "demokratiya"dan farqli o‘laroq, o‘z fuqarolarini yangi demokratik jamiyat qurish yo‘liga safarbar qilishi mumkin bo‘lgan siyosiy tashkilot mohiyatan butunlay boshqa tuzilmaga aylandi.
    Bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurish borasi­dagi islohotlar, mulkchilik munosabatlarining chuqur­lashuvi jamiyatda bu jarayonlar ifodachisi va bunday manfaat­larni uyg‘unlashtiruvchi harakatga bo‘lgan ehtiyojni taqozo ega boshladi. Shu tariqa, 1994 yil 24 mayda "Vatan taraqqiyoti" partiyasi vujudga kelib, u o‘z dasturida asosan ishbilarmon, tadbir­korlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirib, mamla­katimiz imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarish va shu yo‘l bilan O‘zbekiston xalqining farovon turmushga erishmog‘ini ta’min­lash, erkin bozor munosabatlari asosida mamlakatni jahonning rivojlangan davlatlaridan biriga aylantirish kabi g‘oyalarni ilgari surdi. "Vatan taraqqiyoti" partiyasi 2000 yilga kelib o‘z maqsadi va vazifalari bilan yaqin bo‘lgan, 1998 yil 28 dekabrda tashkil topgan O‘zbekiston Fidokorlar Milliy Demokratik partiyasi bilan birlashdi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining rivojlanishida o‘ziga xos voqea bo‘ldi. Fidokorlar partiyasining vujudga kelishi jamiyatdagi siyosiy taraqqiyot natijasi bo‘lib, islohotchilik g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda jamiyatning shijoatkor, tadbirkor va yosh qatlam kuchlarini ifodalashga bo‘lgan intilish sifatida namoyon bo‘ldi.
    Odamlar hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangi turmush tarzi, ba’zan uning murakkab ijtimoiy munosabatlari vatan­parvarlik, bag‘rikenglik, yurt tinchligi, sotsial adolat, fikrlar xilma-xilligi kabi masalalarni tobora ustuvor vazifaga aylantirdi. Bu o‘zgarishlar O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining (1995 yil 17 fevralda) tashkil topishiga ijtimoiy sharoit yaratadi. Partiya nizomiga muvofiq mustaqillikni mustahkamlashning bosh masalasi sifatida insonning ozod bo‘lishi, uning imkoniyatlarini yo‘naltirish, fuqarolarning huquqlarini, erkinliklarini, burchlarini ta’min­lash, barcha millatlar va xalqlarni, jamoat tashkilotlarini birlashtiradigan etakchi kuch – huquqiy demokratik davlat g‘oyalarini ilgari surish uning bosh maqsadi etib belgilandi. Shu g‘oyalarga hamohang O‘zbekiston “Milliy tikla­nish” demokratik partiyasi 1995 yilning 3 iyunida tashkil topib, dasturiy maqsadlari millatning ma’naviy birligi, vatan – yagona oila, kuchli demokratik davlat, milliy qadriyatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya, zamon kishisi, milliy istiqbol kabi g‘oyalar partiya faoliyatining mazmun-mohiyatini tashkil etdi.
    O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish, demokra­tik islohotlarni chuqurlashtirish, ko‘ppartiyaviylik tizimini takomillashtirishda 1996 yilning 29-30 avgustida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning VI sessiyasi yangi bir davrni boshlab berdi, deyish mumkin. Birinchi Prezident Islom Karimovning "Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari to‘g‘risida"gi ma’ruzasi jamiyatga yangicha demokratik ruh bag‘ishladi. Ma’ruzada haqiqiy demokratiyaning zarur va qonuniy belgisi bo‘lgan tub ma’nodagi ko‘ppartiyaviylikni shakllantirish uchun jamiyat siyosiy tizimini yangilashning nazariy asoslari belgilab berildi.
    Mamlakatda bozor iqtisodining rivojlanishi, moliyaviy infrastruktura tizimining qaror topishi, ishlab chiqarishning takomillashuvi, xususiy mulkdorlar qatlamining o‘sishi natijasida jamiyatda yangi siyosiy qatlam vujudga keldi. Bu qatlam jamiyat rivojini modernizatsiya qilishga qodir bo‘lgan ishbilarmonlar va tadbirkorlar edi. Ular innovatsion g‘oyalarni umumlashtiradigan, o‘z maqsadlarini jamiyat manfaat­lari bilan uyg‘unlashtiradigan siyosiy birlashmaning vujudga kelishiga zamin yaratadi. Shunday qilib, 2003 yil 15 noyabrda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Lebiral Demokratik partiyasiga asos solinadi.
    Sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi siyosatining oqibatida atrof-muhitga bepisand munosabatda bo‘lish, tabiiy resurslardan vahshiyona foydalanish oqibatida o‘simlik va hayvonot dunyosining genofon­diga salbiy ta’siri, biologik xilma-xillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa tur chiqindilarning hosil bo‘lishi, cho‘llanish, er va suv resurslarining degradatsiyasi, orol dengizi haloqati kabi mintaqaviy va global miqyosda echilishi zarur bo‘lgan ekologik muammolar o‘z echimini kutib yotgan edi. Aynan shu kabi muammolarni hal etishga qaratilgan siyosiy kuch sifatida 2008 yilning 2 avgustida O‘zbekiston ekologik harakati tashkil etiladi. Ta’kidlash lozimki, tashkil topgan har bir siyosiy tashkilot va mazkur harakat davr va ijtimoiy sharoit taqozosi va jamiyat talablari asosida vujudga kelganligini kuzatamiz. Ya’ni, unda o‘zib ham, ortda qolib ketmaslik - bu evolyusion yo‘lning sharti.
    Mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlashda saylov instituti va uni huquqiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar alohida o‘rin tutadi. 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida", 1994 yil 5 mayda qabul qilingan "Viloyat, tuman, va shahar xalq deputatlari kengashiga saylovlar to‘g‘risida"gi va "Fuqarolarning saylov huquqi kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar negizida Oliy Majlisga demokratik va ko‘ppartiviylikka asoslangan ilk saylovlar 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazilishi o‘zbek parlamen­tarizmi tarixida yangi davrni ochib berdi.
    O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining qaror topishi va siyosiy partiyalar takomillashuvida 1996 yil 25 dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qonunlar asosida faoliyat yuritishlari uchun etakchi va ilg‘or mamlakatlar mezonlari talablari darajasidagi huquqiy asoslar kiritildi. Masalan, qonunning 12-moddasida siyosiy partiyalarning huquqlari aniq va ravshan ko‘rsatib berilgan. Ushbu qonun siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, partiyaga a’zolik, partiya faoliyatining kafolatlari, uning ustavini ro‘yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doim barcha huquqiy maqomlarining mujassamlashgani O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror toptirishda muhim o‘rin tutdi.
    O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining tadrijiy rivoji shundan dalolat bermoqdaki, mustaqillik yillarida mamlakatda demokratik saylovlarning huquqiy asoslari yaratildi va saylovlar to‘g‘risidagi qonunlar hayotda o‘z ifodasini topmoqda. Shu bilan birga, saylov kompaniyalari davri siyosiy partiyalar uchun siyosiy kengliklar sifatida fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatlari youksalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
    O‘zbekistonda hokimiyat bo‘linishi tamoyillariga amal qilgan holda 2002 yil 27 yanvarida o‘tkazilgan referendumga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ikki palatali parlament tizimiga o‘tkazildi. Bunday o‘zgarish to‘g‘risidagi qaror mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yangi sahifani ochib berdi. Uning natijalariga binoan Oliy Majlisning VIII sessiyasida «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu hujjatlar asosida «O‘zbe­kiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlar Oliy Majlis palatalarining maqomini, ularni shakllantirish tartibini, vakolatlarini, o‘zaro hamda boshqa hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini aniqlab berdi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida hoki­miyatlar o‘rtasidagi muvozanatning tashkil etilishi ta’minlandi. Qonun chiqaruvchi vakillarning nafaqat mas’uliyati, balki professional darajasi oshdi. Hududiy manfaatlar va ularning aniq himoyachilari vujudga keldi. Hokimiyatning monopol va ma’muriy usulidan o‘zaro teng hamkorlik mexanizmlari yaratildi. Ijro hokimiyati ustidan deputat nazorati qonunga muvofiq o‘rnatildi. Senator va deputatni chaqirib olish, ayni paytda, uning maqomi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi.
    2006 yil 9 noyabrda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bu yo‘lda tashlangan dastlabki qadamlarning tabora kengayishiga sharoit yaratdi. Unga muvofiq Xalq deputatlari viloyat, shahar kengashlaridagi siyosiy partiyalarning deputatlik guruhlari bilan maslahatlashib, viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari Prezident tomonidan xalq deputatlari Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Bunda hokim faoliyatini nazorat qilish va qoniqarsiz deb topilgan hollarda vazifasidan ozod qilish bo‘yicha tavsiya kiritish huquqlari beriladi. Mazkur konsepsiya konstitutsion qonunning uzviy davomi, uni rivojlantiruvchi keyingi bosqich sifatida takomillashib kelayotganligini kuzatamiz. Bu o‘z o‘rnida O‘zbekistonda davlat hokimiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalarning bevosita ishtirokining oshishiga olib keldi.
    Yurtboshimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida davlatimizning yaqin va uzoq istiqboliga mo‘ljallangan evolyu­sion rivojlanishning mantiqiy davomi bo‘lib, bu yangi bir davrni boshlab berdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun­chilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etilishi demokratik islohotlar yo‘lidagi harakatlarimizning izchil­ligini yana bir bora tasdiqlaydi. Bunda siyosiy partiya­larning hokimiyat uchun kurashish va ularni shakllantirish borasidagi faoliyatlari uchun jamiyatda real siyosiy maydonning huquqiy asoslari yaratiladi. Ayni paytda, siyosiy partiyalar o‘z dasturiy vazifalarini amalga oshirishda partiyalararo raqobat muhiti­ning yanada ko`chayishiga, sog‘lom siyosiy muholifatlarning vujud­ga kelishiga hamda demokratik islohotlarni yanada chuqur­lati­rishga xizmat qiladi.
    Mazkur Konsepsiyaning 5-bo‘limi fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga bag‘ishlandi.
    Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi”17.



    1. Yüklə 193,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin