2. Jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar tadrijiy rivoji va huquqiy asoslari. Ma’lumki, istiqlol yillarida milliy qadriyatlar, madaniy an’analarni jahonning ilg‘or demokratik tamoyillari bilan boyitgan holda davlat-jamiyat hamkorligiga tatbiq etishning o‘zbek modeli tajribasi yaratildi. Bugun ko‘plab davlatlar davlat va jamiyat munosabatlarini tartibga solishning eng maqbul yo‘li sifatida qarayotgan bu amaliyot davlatimiz asosiy qonunlari shakllanishidayoq e’tiborga olindi.
Xususan, bosh qomusimizning 56 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi47” deb, uning huquqiy ob’ekti o‘z ifodasini topgan
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”48 kabi normalarning mustahkamlanganligi mamlakatimizda jamoat birlashmalarining shakllanishi va rivojlanishi davlat tomonidan to‘laqonli ta’minlanganligi hamda uning organlari bilan teng huquqda hamkorlik qilishini ko‘zda tutadi.
Yurtboshimiz “Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati rivojlantirish” Konsepsiyasi yuzasidan qilgan ma’ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish bir qator qonunlarni qabul qilish bilan bog`liqligini ta’kidlab o‘tdi. Unda, jumladan, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»qonunda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari munosabatlarida bir qator o‘zgarishlar vujudga keladi.